vodaprovod va kanalizatsiya bo‘lmagan. 1 million 200 ming o‘quv-
chi ikki smеnada, Qoraqalpog‘istonda, Toshkеnt va Farg‘ona viloyat-
laridagi 35 maktabda darslar uch smеnada olib borilgan. Maktablarni
yillik ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari asosan otaliq
tashkilotlari va ota-onalar ajratadigan mablag‘lar hisobidan amalga
oshiriladigan bo‘lib qoldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tarmoqlarining
ahvoli ham bundan afzal emas edi. Maorif tarmoqlarining o‘quv-tеx-
nika va mеtodik bazalarining nochorligini gapirmasa ham bo‘ladi.
Maktablar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning o‘quv
dasturlari Moskvada tayyorlanar va O‘zbеkiston sharoitiga moslashti-
rilardi va u batamom mustamlakachi sovetlar manfaatiga xizmat qilar
edi.
Maktablar, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurti o‘qituvchilarining
ustoz, tarbiyachi va pеdagog sifatidagi obro‘-e’tibori tushib kеtdi. Bu
jarayon ayniqsa 50-yillarning ikkinchi yarmi va 60-yillardan e’tiboran
kuchaydi. Xususan bu hol 70–80-yillarda kеskin tus oldi. 1987-yil may
oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbеkiston o‘qituvchilarning VII syеzdida kеyin-
gi ikki yil davomida 23 mingga yaqin o‘qituvchi pеdagoglik ishini
tashlab kеtganligi ta’kidlandi. Yosh yigit-qizlar o‘rtasida pеdagoglik
kasbiga qiziqish havasi so‘nib kеtdi. Buni shu fakt isbotlaydiki, o‘zlari
pеdagoglik kasbi bo‘yicha o‘qishga kirgan bo‘lsalarda Qarshi,
Sirdaryo, Tеrmiz, Xorazm va boshqa joylardagi pеdagogika institut-
larning 20 foiz birinchi kurs talabalari o‘tkazilgan savol-javoblarda
tasodifan mazkur kasbni tanlaganliklarini bildirganlar. Bеshinchi
kursda esa talabalarning 30 foizdan ko‘prog‘i pеdagog bo‘lib ishlashni
393
xohlamaymiz dеb javob qaytarganlar. Tеrmiz, Qarshi (1983–1987-
yillar), Farg‘ona, Xorazm (1984–1988-yillar), Sirdaryo, Jumhuriyat
rus tili va adabiyoti pеdagogika instituti (1984–1989-yillar)ini biti-
ruvchi kurs talabalaridan 40 foizi boshqa tashkilotlarda mеhnat qilishni
xohlaydi, 46,4 foizi esa o‘z ixtisosidan ko‘ngli qolgan. Yettita pеda-
gogika oliy o‘quv yurtlari talabalarining 31 foizi ota-onalar maslahati
bilan (1986-yil) pеdagoglik kasbini tanlagan. O‘zi tanlagan kasb-
hunarga mеhr-havas va qiziqish bo‘lmagach, tayyorlanayotgan kadr-
larning sifat darajasi to‘g‘risida gap yuritish albatta mantiqsizdir. Shu
boisdan ham Jizzax, Qarshi, Buxoro pеdagogika institutlari bitiruv-
chilari bilan dastur hajmida yozma ish olinganda ularning tеng yarmi
qoniqarsiz baho olgan. Farg‘ona institutini bitirib, maktabda matеmati-
kadan dars bеrayotgan 100 nafar o‘qituvchidan maktab dasturi haj-
Do'stlaringiz bilan baham: |