Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


O'LKADA DEMOKRATIK VA MILLIY OZODLIK HARAKATLARINING AVJ OLISHI



Download 1,88 Mb.
bet95/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

2. O'LKADA DEMOKRATIK VA MILLIY OZODLIK HARAKATLARINING AVJ OLISHI
Turkiston xalqlari chor Rossiyasi mustamlakachilik istib-dodi va zulmiga qarshi o'z erki, ozodligi va mustaqilligi uchun doimo faol kurash olib borganlar. Bu kurash 1905-1907-yillar-dagi rus burjua-demokratik inqilobi ta'sirida va xususan 1914-yilda boshlanib ketgan jahon urushining xalqqa keltirgan ofatlari, zulm-sitamlari tufayli yanada avj oldi. Birinchi rus inqilobining ta'sirida Turkiston o'lkasining Samarqand, Toshkent, Qizil Arvot, Chorjo'y, Ashxobod, Andijon, Qo'qon kabi shaharlarida ishchilarning chiqishlari, ommaviy ish tashlashlari va mitinglar bo'ldi. Namangan, Andijon, Farg'ona, O'sh uyezdlarining bir qator tumanlari va qishloqlarida ham dehqonlarning g'alayon va harakatlari kuzatilgan.

1911-1913-yilda Farg'ona viloyati axborotlarida beril-gan ma'lumotlarga qaraganda «Idora tartibotlariga va jamoa osoyishtaligiga qarshi kurashlar» davomida 1911-yilda 833, 1913-yilda esa 1220 «jinoiy ish» ko'rilgan. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi, 1913-yilda esa 5394 kishi «jinoiy javobgarlik»ka tortilgan. Bu keltirilgan raqamlar mahalliy xalq o'rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash muttasil o'sib borganligini ko'rsatadi.

Bu davrda xalq ommasining kurash jarayoni shu darajada faollashdiki, hatto chor hukumatining Turkiston o'lkasidagi ishonchli tayanch bo'lgan qo'shinlari o'rtasida ham beqarorlik va norozilik to'lqinlari kuchayib bordi. 1912-yil yozida Turkiston sapyorlarining ko'targan qo'zg'oloni bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bu qo'zg'olon shafqatsizlik bilan bostiriladi. Qo'zg'olon qatnashchilaridan 14 kishi dorga osiladi. 18 kishi umrbod, 62 kishi

15 yildan surgun qilindi va 288 kishi turli muddatlarda qamoq jazosiga hukm etiladi.

1910-1914-yillarda Turkiston o'lkasida milliy o'zlikni anglash jarayoni kuchaya boshladi. Mustamlaka ma'muriyati idoralari 1911-yilda Farg'ona viloyatida «idora tartiblariga va jamoat osoyishtaligiga qarshi kurashdan guvohlik beruvchi 833 ta, 1913-yilda 1220 ta «jinoiy ish» qayd etganlar. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi 1913-yilda esa 5494 kishi javobgarlikka tortilgan. Bu raqamlar mahalliy xalq o'rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash, muttasil o'sib borganligini ko'rsatadi.

1914-1916-yillarda chor ma'murlarining jahon uru shi baho -nasida milliy mustamlakachilik zulmi va istibdodini kuchay-tirganliklari munosabati bilan Turkiston xalqlari yanada faolroq kurashga tortilganlar. 1914-yilning kuzida Sulyukta ko'mir konlari ishchilari, Yettisuv temiryo'llari xodimlari va Andijon pax-ta zavodi ishchilari 1916-yilda Toshkent va Qizil Arvot temiryo'l paravoz ta'mirlash korxonalari xizmatchilarining ish tashlash harakatlari Turkistonda kuchli ommaviy larzalar yaqinlashib kelayotganligidan darak berardi.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish