I B O B
XVI ASR VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O'RTA OSIYO XALQLARI
1. SHAYBONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
Buyuk Amir Temur tomonidan Oltin O'rdaga berilgan kuchli zarba bir vaqtlar qudratli bo'lgan davlatning zaiflashuvi va parchalanib ketishiga sabab bo'lgan asosiy omillardan biri-dir. Uning o'rniga Volganing o'rta va quyi oqimida Qozon va Ashtarxon hamda Turkiya hukmronligi ostidagi Qrim yarim orolida Qrim xonliklari vujudga keldi. O'z navbatida Amir Temur vafotidan so'ng uning avlodlari o'rtasida o'zaro urushlar Amir Temur asos solgan buyuk saltanatning par chalanib ketishiga sabab bo'ldi va shimoldan kelgan ko'chmanchi qabilalarning bu yerlarni osonlikcha egallab olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratdi.
Ma'lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tiyanshan tog' tizmalarining Shimoliy yon bag'irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar Dashti Qipchoq nomi bi-lan atalgan. Bu Dashti Qipchoq atamasini XI asrda Nosir Xis-rav qo'llagan. Dashti Qipchoq XI-XV asrlarga oid arab va fors manbalarida tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq man-balarida - qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq XIII asr boshlarida Chingizxon qo'shinlari to-monidan bosib olingach, tarixda Jo'ji ulusi nomi bilan atalgan Oltin O'rda davlati barpo etiladi. XIV asr boshlarida Jo'ji ulusi, ya'ni Oltin O'rda ikkiga bo'linib ketadi. XIV asrning 60-yillaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi «O'zbeklar mamlakati», aholi-si esa «o'zbeklar» deb atala boshlangan1.
1 Асцаров А. Y36eR xaлкининг 3THoreHe3M Ba этник TapMXM. — T.: «YmiBep-cMTeT», 2007, 266-6eT.
Ахмедов Б. Y36eK усули. — Т., 1992.
XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqda ko'chmanchi qаbilаlаr o'rtasidа olib borilgаn o^ro jаnglаrdа Аbulxаyrxon (1412-1468) boshchiligidаgi Shаyboniylаr nomi ostidа urug' tarix mаydonigа chiqadi. Аbulxаyrxon 1428-yildа xon etib sаylаnadi vа qirq yil (1428-1468) hukmronlik qildi. U Sirdаryoning quyi oqimidа Sig'noq, Oqqo'rgon, Аrko'k, O'zgаn kаbi shаhаrlаrni egаllаb oldi vа bu hududlаrdаn doimo Movаrounnаhrgа tаhdid solib turdi. Аbulxаyrxon vаfot etgаch (1468-y.) o'rniga taxtga o'tirgan o'g'li Haydarxon davrida Iboqxon, Jon^^ Gеrayxon, mang'it amirlaridan Yomqurchi va Muso Mirzolar Oltin O'rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib Haydarxonga qarshi kurash olib borib, g'alabaga erishganlar, Haydarxon esa qatl etilgan. Shunda shoh Budoqning o'g'illari Shаyboniyxon vа Mаhmud Sultonni yaqin ^shi^ri Аshtаrxon xoni Qosimning sаroyigа olib borib yashirgаnlаr. Bundаn xаbаr topgаn sultonlаr o'z qurollаrini Qosimgа qаrshi qаrаtgаnlаr. Аmmo shаhzodа Muhаmmаd Shаyboniy o'z ukаsi bilаn qаmаl qilingаn Аshtаrxondаn omon-eson chiqib Dаshti Qipchoqqа yetib kelgаn. U XV asrning 80-yillarida bobosi Abulxayrxon birlashtirgan Dashti Qipchoq yer-larini birlashtirish va hokimiyatni qaytadan tiklаsh uchun kurash olib boradi. Bu kurаshning dаstlаbki bosqichidа temuriylаr Shаyboniyxongа kаttа yordаm vа mаdаd bergаnlаr. Tarixiy mаnbаlаrdа Shаyboniyxon o'z ukаsi bilаn bir nechra mаrtа Mo-varounnahr hukmdorlari va noiblari -Turkiston vа O'trorni idora qilgаn noib Muhаmmаd Mazid Tаrxon, Sаmаrqаnd hokimi Аhmаd Mirzoter huzurlаrigа kelgаndа yaxshi kutib olgаnliklаri vа homiylik qilgаnliklаri ko'rsаtilаdi. Shаyboniyxon bir nechа vаqt Buxorodа hаm yashаgаn vа Dаshti Qipchoqqа borib kelib tu^n. Buxorodа bo'lgаnidа Shаyboniyxon mа'rifаtdаn sаboq olgаn, ilm vа she'riyatni sevib o'rgаngаn.
Sig'noq shаhri (Qizil O'rdаgа borаdigаn yo'ldаgi Turrmn-Аriq degаn sobiq pochtа bekаtigа 10 km yetmаsdаn, Sig'noq shаhrining xаrobаlаri hozir hаm mаvjud) Shаyboniyxongа j аngsiz tаslim bo'lgаn. Mаng'it hokimi Muso-Mirzoning yordаmi evаzigа Shаyboniy qozoqlаr xoni Burunduqxonni (1481-1511) tor-mor qi^i. Аmmo keyin o'zi qаttiq zаrbаgа uchrаb, Mаng'ishloq ya-rim oroligа qochаdi.
Sаmаrqand hokimi Аhmаd Mirzo mo'g'ullаrning tinimsiz qilib turgan hujumidan tinkasi qurib Shayboniyxonga yordam so'rab murojaat qiladi. Shu bahona bilan Shayboniyxon Movarounnahrga ikki bosqichda ya'ni 1488-1499-yillarda birinchi marta, 1499-1507-yillarda ikkinchi marta yurishlar qiladi va birin-ketin O'tror, Yassi (Turkiston), Buxoro, Samarqand hamda Farg'ona hududlarini egallab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |