1 MacanhCKuii В. Pocckh. rioniroe reorpacJDmecicoe omicaHMe Haniero oTe4ecTBa. СПб., 1913, 423 стр.
Bu o'lkaning geografik joylashgan o'rni bilan bog'liq bo'lib, Usmonli turklarning O'rta yer dengiz portlarini yopib qo'yganligi (XV asrdan) va «Buyuk ipak yo'li»ning barham topganligi tufayli sodir bo'ldi. O'rta Osiyo hududi aholisi o'z ishlab chiqarish qobig'iga o'zi o'ralib qoldi, jahon fani va texno-logiyasi yutuqlaridan bahramand bo'la olmadi. Mahalliy aholi tor va oddiy kustarchilikdan iborat hunarmandchilik va kosib-chilik bilan o'zining talab-ehtiyojlarini qondirishdan nariga o'ta olmadi: bo'yoqchilik, to'qimachilik ko'nchilik, sham, sovun, yog' tayyorlash, tegirmonchilik kabi sohalargina birmuncha ri-voj topdi. Hunarmandlar ozgina, arzimagan daromaddan ham qanoat hosil qilar edilar. Ularda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan yollanma ishchilar ham, qo'shimcha qiymat ham yo'q edi.
XVIII-XIX asrlarda Turkiston hududida jun, paxta va ipakdan to'qilgan matolar keng ishlab chiqariladi. Ayni zamonda mis o'ymakorligi bilan bog'liq hunarmandchilik, kulol va sopol buyumlar, musiqa asboblari, bolalar o'yinchoqlari, bezaklar va shuning singari buyumlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor beriladi.
1 Qarang: A3aMaT Зиё. y36eK дaвлaтчмлмгм TapMxM. Т., «IHapK», 2001, 278-279-6eTnap.
Xullas, XIX asr boshlariga kelib O'rta Osiyo xalqlari o'z boshlaridan juda katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy og'ir damlarni kechirayotgan edilar. Bu davrda har qanday jamiyat borlig'i va taraqqiyotini belgilab beruvchi davlatchilik asoslari nihoyatda zaif holatni kechirayotgandi. Natijada millat va davlat qaramlik ahvoliga tushib qolayotgan edi. XVIII asrga kelib o'zbek davlatchiligida bo'linish, tarqoqlik holati yuzaga kelayotgandi. Millat va jamiyat boshqaruviga da'vogar hokimiyat uch yerda -Buxoro, Xiva, Qo'qonda alohida-alohida mujassamlashgandi. Ta'bir joiz bo'lsa, mamlakatda uch hokimiyatchilik g'olib kelgan edi. Davlatchilikdagi bunday bo'linish, uch hokimiyat-chilikning yuzaga kelishi oxir-oqibatda davlatning kuchsizlanishi va yemirilishiga, boshqa omillar bilan qo'shilib chor Rossiya-si bosqiniga dosh bera olmay qaramlikka yuz tuban bo'lishiga olib keladi.1 Bunday og'ir vaziyatdan faqat yuksak darajadagi onglilik va o'lka xalqlarining yagona va mustahkam birligi orqali chiqish mumkin edi. Afsuski bunday birlik va ahillik o'lkada yo'q edi. Bunday beboshlik xonlar, amirlar va beklar o'rtasidagi o'zaro dushmanlik va urushdan shimolda Pyotr I boshchi li gi dagi yovuz niyatli qo'shnilar foydalanib qolish uchun qulay fursatni poylab turgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |