Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


XVI ASR - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QORAQALPOQLAR 2



Download 1,88 Mb.
bet42/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

5. XVI ASR - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QORAQALPOQLAR 2
«Qoraqalpog'iston ASSR tarixi ocherklari» («Ocherki Isto-rii Karakalpakskoy ASSR», Izd-vo «Nauka» Uzbekskoy SSR, Toshkent, 1964) kitobida berilgan ma'lumotlarga qaraganda qoraqalpoqlarning alohida bir xalq bo'lganligi haqidagi yozma manbalar XVI asrning oxirlariga to'g'ri keladi (125-bet). 1598-yilda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan Sig'noq shah-ridagi Ziyovuddin maqbarasiga berilgan darxon yorlig'ida qoraqalpoqlar to'g'risida dastlabki ma'lumotlar bitilgan. Unda yozilishisha qoraqalpoqlar Sirdaryo yaqinida Sig'noq shahri va uning atrofidagi hududlarda yashaganlar, yarim o'troq holda hayot kechirib kelganlar. Bu manbada qoraqalpoqlar qozoqlar bilan birga «aymoqlar»ga kiritiladi.


1 Абдулла Крдирий. YTKaH кушир. Т., 1974. 301-6eT.

2 Mazkur masala bo'yicha ko'pdan-ko'p ma'lumotlar «История Y36e-KMcraHa». Tom III. (XVI - терь^я rronobmia XIX BeKa. Т., «

Qoraqalpoqlar tarixi bo'yicha ilmiy ish olib borgan ko'pgina olimlarning fikrlariga ko'ra qoraqalpoqlarning avlod-ajdodlari Orol dengizi atroflarida yashaganlar va ular shu yerda xalq sifatida shakllanganlar. Ular O'rta Osiyoning turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlarining tarkibiy qismiga kiradilar. Grek-yunon mualliflarining ma'lumotlariga ko'ra qoraqalpoqlarning eng qadimgi avlod-ajdodlari massagetlar hamda pecheneglardan oldin o'tgan appasioqlar bo'lgan deb taxmin qilinadi va ular botqoqlik yerlarda va orollarda yashaganlar. Keyinchalik ular og'uzlar va pecheneglar bilan yaqin aloqada bo'lganlar.

P.P.Ivanovning tarixchi Abulg'ozi Bayhaqiy bergan ma'lumotlarni tahlil qilib chiqargan xulosalariga ko'ra «qalpoq» degan etnik tushuncha XI asrdayoq Xorazmga chegaradosh tumanlarda bo'lgan.

Pecheneglar qabilalari X-XI asrlarda bo'linib ketadi: bir qismi (turkiy guruh) Orol bo'yida qoldi, bir qismi esa g'arbga Janubiy Rus yerlari tomon surilib borad. Ular Dnepr daryosining irmog'i - Ros daryosi bo'ylarida joylashadilar.

Rus yilnomalarida «Chorno'y klobuki» («qora kuloq», «qora qalpoq») nomi bilan ataluvchi bu xalqning ruscha etnik ma'nosi «qora qalpoq» so'ziga to'g'ri keladi. XIX asrning bi-rinchi yarmidagi mashhur sharqshunos olim Dosson «Mo'g'ullar tarixi» kitobida bunday yozadi: «Ular (mo'g'ullar) ruslar va qoraqalpoqlar mamlakatini bosib oldilar». Ularga janubiy rus chegara hududlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Bu etnik guruh Kiyev Rusiyasining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.

Orolbo'yi atroflarida qolgan pecheneglarni XII asrda Irtish daryosi atroflaridan kelgan qipchoq qabilalari zabt etganlar. Ana shu tariqa ular qipchoqlar tarkibiga kirib aralash-quralash bo'lib ketganlar, ularning tillarini qabul qilganlar. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish etnegenizi XV asrda no'g'oylar ittifoqi tarkibida tugallangan. Ularning bir qismi no'g'aylar bilan birga yoyiq (O'rol) va Volga daryolari havzasida yashab kun kechir-ganlar. Buni tarixiy manbalar, xalq og'zaki ijodi durdo nalari va qoraqalpoqlar madaniyatidagi ba'zi bir elementlar isbotlaydi. Hatto qoraqalpoq tilining no'g'aylar va qozoqlar tiliga yaqinligi ham fikrimizga yorqin dalil-asos bo'la oladi.

Biz yuqoriroqda qoraqalpoqlarning yarim ko'chmanchi ha-yot kechirganliklarini ta'kidlagan edik. Ular ana shu turmush tarzidan kelib chiqqan holda chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan ham mashg'ul bo'lganlar. XVI asrda va XVII asrning boshlarida qoraqalpoqlar Buxoro xonligi tarkibiga kirgan Sirdaryoning quyi oqimlarini, taxminan, Turkiston bilan hozirgi Marka qishlog'i va Qoratov o'rtalaridagi yerlarni egallab olganlar. Shu bois ular xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaganlar. Jumladan, yozma manbalarda qayd etilishicha 1611-yilda Buxoro xoni Imomqulixon o'z askarlari bilan Sirdaryo, Turkiston shahri va Qoratov tog'lari etaklarigacha kirib borgan va Buxoroga qarshi bosh ko'targan qozoqlar, qoraqalpoqlar va qalmiqlarni bostirgan, ko'p mol va o'ljalar hamda asirlar olib qaytgan.

Qoraqalpoqlar XVI-XVII asrlarda Xorazm xonligi bilan ham o'zaro aloqada bo'lganlar, savdo-sotiq qilganlar. Tarixchi Abulg'ozi Bahodirxonning ma'lumotlariga ko'ra Xorazm taxti uchun kurashda akasi Asfandiyor (1627-1643)dan yengilgan Ha-bash Sulton Sirdaryo bo'ylari - qoraqalpoqlar huzuriga borgan. Qoraqalpoqlar bilan mang'it o'zbeklari yaqin qo'shni va aloqada bo'lganlar. Mang'itlar Habash Sultonni Xiva xoniga ushlab berganlar va u qatl etilgan.

XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida Sirdaryo bo'ylarida yashagan qoraqalpoqlar qozoq xonlariga bo'ysunganlar. Bu davrda qoraqalpoqlar boshqa hududlarda ham yashaganligi manbalardan ma'lum. Jumladan, XVII asrning 70-yillarida qoraqalpoqlar boshqirdlar qo'zg'olonida qatnashganlar va ular bilan yaqin do'stlik aloqasida bo'lganlar. Ayni zamonda boshqirdlar ham qoraqalpoqlar yerlariga ko'chib kelib birga yashaganlar. Qoraqalpoqlar ko'p hollarda qozoqlar, boshqirdlar bilan birgalikda Sibir yerlariga hujumlar uyushtirib borganlar.

Qoraqalpoqlar XVIII asrda Rossiya bilan ma'lum darajada aloqada bo'lganlar. 1720-yillarda Jungarlar bosqini xavfi bilan qozoqlarning Kichik juz xoni Abulxayr Rossiyaga fuqarolik so'rab murojaat qiladi. 1731-yilda qozoqlarning Kichik juz hududlari Rossiya tomonidan egallangandan so'ng Kichik juzga qaram bo'lgan quyi qoraqalpoqlar ham chor ma'murlari hukmronligiga o'tib ketadi. Bu voqea 1743-yilda rus podshosi Yelizaveta Petrovna hukmronligi davrida bo'ladi.

Rossiya hukmronligini qаbul qi^n qorаqаlpoqlаr soliqlаrni endi Аbulxаyrxongа to'lаmаydigаn bo'ldilаr. Nаtijаdа o'rtаdа dushmanlik kuchаydi. Аbulxаyr kutilmаgаndа qorаqаlpoqlаr yashaydigаn qishloq vа ovullаrgа hujum qilib u^rning chor-va mollаri vа boyliklаrini olib ketа boshlаdi. Qorаqаlpoqlаr Jаnubiy g'аrb tomongа - Xiva xonligi d^gam^n tomon boshpаnа izlаshgа mаjbur bo'ldilаr. 1750-yillаrdа Sirdаryo hаvzаlаri аtrofidа hammаsi bo'lib 6 minggа yaqin oilа qolgаn edi. Qorаqаlpoqlаrning yangi o'rnаshgаn mаkoni Yangidаryo hаvzаsi deb аtаlib XVIII аsr vа XIX аsrning boshlаridа bu hudud qorаqаlpoqlаr mulki hisoblаngаn.

Qorаqаlpoqlаr yangi o'zlаshtirilgаn joydа tez ko'nikib-o'troqlаshib oldilаr. Dehqonchilik mаdаniyatini yo'lgа qo'ydilаr, irrigаtsiya vа meliorаtsiya ishlаrini olib border, qo'rg'on vа qаl'аlаr qurdirdilаr.

Qorаqаlpoqlаr bilаn Xiva xonligi o'rtаsidа ham doimiy surаtdа ziddiyat kuch^y^ bordi, bir necha mаrtа qo'shinlаr to'qnаshuvi yuz berdi. Fаqаt 1811^Ыа Xiva xonligi Muhammаd Rahimxon dаvridа qorаqаlpoqlаr ustidаn uzil-kesil o'z hukmron­ligini o'rnаtadi.

Xiva xonligi hukmronligi dаvridа ham mehnаtsevаr qorаqаlpoq xalqi xo^lik vа ijtimoiy foydаli mehnаt bilаn shug'ullаnаdi, doimiy surаtdа boyter, zodаgonlаrning qаttiq zulmi vа ekspluаtаtsiyasi ostidа yashadi. Zulm vа аdolаtsizlikkа qarshi kurashdi.

Аholining аsosiy ishlаb chiqаrish tаrmog'i dehqonchilik bo'lsа-dа chorvachilik sohаsi ham агюИ ehtiyoji uchun g'oyatdа zаrur soha bo'lgаn.

Qorаqаlpoqlаrning xo'jаlik hayotidа bаliq ovlаsh kаttа o'rin tu^n. Chunki ko'plаb bаliq iste'mol qilish qorаqаlpoqlаrdа qаdim-qаdimdаn muhim rusum hisoblаngаn.

Hunarmаndchilik kаm tаrаqqiy etgаn. Hatto XIX аsrning ikkinchi yarmidа ham bu yerdа fаqаt oilа ehtiyoji uchun zаrur bo'lgаn buyumlаr ishlаb chiqаrilgаn, xolos. Аrzimаgаn bа'zi bir tovаrlаrginа bozorgа olib chiqilgаn. Hunarmаndchilik buyumlаridаn аlаchа, gilаm, аrаvа, qаyiq, pаxtа ipidаn аshyolаr vа bosh^^r ishlаb chiqаrilgаn.

Qoraqalpoqlar diyorining markazi Chimboy XIX asr o'rtalarida katta savdo va madaniyat markaziga aylangan edi. Shahar jug'rofiy jihatdan juda qulay joyda joylashgan bo'lib, u quruqlik yo'llari va Amudaryo orqali Xiva xonligi, Rossiya mulklari bilan aloqa bog'lashga imkon berar edi.

Qoraqalpoqlarda patriarxal-urug'chilik qoldiqlari kuchli edi. Bu ijtimoiy-xo'jalik, davlat ishlarida o'z ta'sir kuchini ko'rsatadi. Ijtimoiy hayotda tengsizlik kuchaydi, o'zaro ziddiyatlar va kurashlar avj oladi. Masalan, 1871-1872-yilgi ma'lumotlarga qaraganda, 15 ming tanobga qadar yerga egalik qilgan mulkdor -lar bilan bir qatorda, 1-2 tanobdan oshmagan yerli oddiy oilalar ham bor edi. Bunday adolatsiz holni chorva xo'jaliklarida ham ko'rish mumkin edi. Umuman chorva moliga ega bo'lmagan oilalar bilan bir qatorda ba'zi boylar 1000 boshgacha shoh-li qoramollar va 1500 ga qadar qo'ylarga egalik qilganlar. Boy xo'jayinlar va hokimlar Xiva xonlarining katta ishonchiga ega bo'lib, oddiy xalq oldida ularning aytgani aytgan, degani degan edi.

Qoraqalpoqlar jamoasida ruhoniylar katta hurmat va alo-hida o'ringa ega bo'lgan. Ular qozi-sudyalar sifatida katta mansablarni egallab olgan edilar. Ruhoniylar asosan katta yer va mulk egalaridan iborat bo'lardi. Ularning asosiy vazifasi Islom dini g'oyalari asosida xonlikning hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat edi.

Qoraqalpoq xalqi Xiva xonligi xazinasiga to'lanadigan zakot solig'idan tashqari yana juda ko'plab to'lovlar berishga majbur edi. Undan tashqari aholi ariqlarni, kanallarni tozalash va bosh-qa irrigatsiya qurilishiga tekin ishlab berishga safarbar qilinardi.

Majburiy harbiy xizmat ham Qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi oldidagi asosiy va bosh burchlaridan biri bo'lgan. Ma-bodo urush bo'lib qolgundek bo'lsa, qoraqalpoqlar 1000 tadan 2000 kishiga qadar navkarlar berishlari lozim edi. Bu askarlarni boqish va ta'minlash xalqning gardaniga tushgan og'ir yuk edi. XIX asrning o'rtalarida bu xarajat taxminan 100-140 ming tillo tangaga teng bo'lgan.

Og'ir, dahshatli zulm va ekspluatatsiya qoraqalpoq xalqining Xiva xonlariga qarshi bir necha bor qo'zg'olonlar ko'tarishlariga sabab bo'ldi. Ana shunday qo'zg'olonlardan biri 1827-1828-yilda

Oq Yoqish tumani atrofida ko'tarildi. Qo'zg'olonga Oydo'st-biy boshchilik qiladi. Xiva xoni Olloqulixon qo'zg'olonni bos-tirish uchun jazo otryadini yuboradi. Oydo'stbiy sotqinlik qilib qo'zg'olon ko'targan xalqni mol-mulki, bola-chaqa, oilasi bilan Qo'qon xonligiga olib ketmoqchi va u yerda obro' topmoqchi bo'ldi. Ammo xalq unga ergashmadi. Olloqulixon yuborgan qo'shin Oydo'stbiyga Chirchiq rovot degan joyda quvib yetdi va unga ergashgan kuchlarni shafqatsizlarcha bostiradi. Oydo'stning o'zi esa Xivaga keltirilib qatl etiladi. Qoraqalpoq xalqining bunga qaraganda ham kuchli qo'zg'oloni XIX asrning o'rtalarida Xiva xoni Muhammad Amin davri (1845-1855)da bo'ladi. Xonlik-ning qo'shni davlatlar bilan to'xtovsiz davom etgan urushlari xalq ommasini xonavayron qiladi va tinka-madorini qurita-di. Bunga javoban dastlab turkmanlar, so'ngra qoraqalpoqlar, o'zbeklar va qozoqlar bosh ko'taradilar. Qo'zg'olon butun Xiva xonligiga tarqaladi. Bu ommaviy qo'zg'olonning boshida qoraqalpoq biylaridan Alago'z laqabli Yornazar degan shaxs turardi. U tabiatan o'ylovsiz va haddan tashqari ichi qora shaxs bo'lib Xiva xonligiga qarshi bo'lgan biylarni o'z tomoniga og'dirib uyushtira oladi. Qo'zg'olonchilar Xiva xonligidan ajralib qozoqlar bilan qo'shilishga qaror qiladilar. Ammo xonga sodiq bo'lgan qoraqalpoqlarning oqsoqollari boshchiligidagi kuchlar Yornazarga qarshi kurashga otlanadilar. Ularga yasovulboshi Muhammad Niyoz boshchiligidagi o'zbek qo'shinlari ham kelib qo'shildilar. Yornazar Qozoqdaryo yonida o'zi qurgan qal'ada qarshilik ko'rsatishni davom ettiradi. Muhammad Niyoz qal'ani qamal qiladi. Qo'zg'olonchilarning o'zlari Muhammad Niyoz bilan til biriktirib Yornazarni otib o'ldiradilar. Qo'zg'olon qattiq-qo'llik bilan bostiriladi.Qo'zg'olonchilarning bir qismi Buxoro yerlari tomon, yana bir qismi esa Sirdaryo yo'nalishi bo'ylab ruslar himoyasiga o'zlarini uradilar.

1858-1859-yillarda ham Qo'ng'irotda katta qo'zg'olon ko'tariladi. Bu qo'zg'olon ham Xiva xonligi tomonidan shafqat-sizlik bilan bostiriladi.

Xullas xonlar, amir-u sultonlar va biylarning nodonlarcha va siyosiy ko'rlarcha davlat va xalqni boshqarishlari el va yurt boshiga bitmas-tuganmas vayronalik va kulfatlar keltiradi. Xalq hukmdorlarga qarshi, zulm va zo'ravonlikka qarshi otlanadi.

Hokimlar va to'ralarning o'z xalqiga nisbatan tutgan siyosati va qarama-qarshi turishi mamlakatni inqirozga olib keladi. Bundan Vatan dushmanlari ham foydalandilar.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish