Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT



Download 1,88 Mb.
bet17/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

7. SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT
Shayboniylаr vа Ashtarxoniylаr sulolаlаri hukmronligi dаvridа Movarounnahrdа fаn vа mаdаniyat rivoj topdi. Shaybo­niyxon hayotligi chog'idа yozilgаn turli mаnbаlаrdа, shu qаtordа Muhammаd Solihning chig'аtoy-turkiy tilidаgi «Shaybo-niynomа», Fаzullox bin Ro'zbexonning forschа «Mehmonnomаyi Buxoro», Binoiyning forschа «Shayboniynomа», Sаyid Hаsаn Xojаning forscha «Muzаkkiri аhbob» аsаrlаridа Shayboniyxon dаvridа fаn vа m аdаniyat rivojlаngаnligi, Shayboniyxon esа fаn vа mаdаniyatgа homiylik qilgаni, o'zi ham o'qimishli, o'tkir, bаdiiy vа ijodiy did egаsi bo'lgаnligi ^'^ай^ь Shayboniylаrning de-yarli barchasi o'qimishli shaxslаr bo'lgаn. Shayboniyxon, Ubay-dullaxon, Rustаm Sulton, Abdulazizxon, Juvonmаrd Sulton kаbilаr turkiy vа forsiy she'r bitgаnlаr. Shayboniyxon Buxoro vа Sаmаrqаndni temuriylаrdаn so'ng fаn, mаdаniyat vа sаn'аt mаrkаzlаri sifаtidа rivojlаntirdi. Hirot vа boshqa joylаrdаgi olimlаr, sаn'аtkorlаr, аdib-shoirlаr Buxoro, Sаmаrqаndgа olib keltirildilаr. Shayboniyxon аsosаn urushlаr bilаn o'tgаn 59 yillik umri dаvomidа yuqori sаviyali bаdiiy аsаrlаr yozib, meros qilib qoldirgаn. Аmmo uning ijod du^o^^n o'z onа zаmin Turkis-ton tuprog'idаn uzoq-uzoq yurtlаrgа sochilib ketgan. Shayboniy­xon tomonidаn 1508^Ыа chig'аtoy turkiy tilidа yozilgаn. «Bаxr ul-xudo» («Hаqiqiy yo'lning dengizi») diniy qаsidаsining yagonа qo'lyozmа nusxаsi Londondаgi «British Muzeyi» kutubxonаsidа sаqlаnаdi.


1 Янги Туркисгон. McTaH6yn, 1927, 1-coh, 21-25-6eTnap.



Shayboniyxonning yago^ she'rlаr to'plаmi bo'lgаn «De-von»i esа Turkiyaning Istаnbul shahridagi To'pqopi Sаroyi kutubxonаsidа sаqlаnаdi. Bu аsаr haqidagi birinchi mа'lumotni tarixchi olim Zаki Vаlidiy To'g'on 1927^Ыа «Yangi Turkiston» jurnаlining 1-sonidа bosi^n «Shayboniyxonning she'rlаri»1 mаqolаsidа bergаn. M^llifiing bergаn mа'lumotlаrigа qаrа-gаndа Shayboniyxon Shohbаxt, Shаyboq, Shаybek. Sheboniy, Shohibek noml аri (taxallus)dа ijod qi^n devoni 191 vаrаqdаn iborаt.

Shayboniyxon Sakkokiy, Atoiy, Navoiy an'anasidagi klassik chig'atoy-turkiy she'riyatini davom ettirdi. Uning ijodiyotiga xos bo'lgan xususiyat shundaki, Shayboniyxon o'z asarlarida ona di-yori Turkistonga mehr-muhabbatni jo'shib kuyladi. Turkistonning Buxoro, Samarqand, Urganch, Yassi (Turkiston) kabi shaharlari nomlarini o'z she'rlarida biror kimsa Shayboniyxonchalik ko'p ishlatgan emas. Buni biz shoirning quyidagi satrlarida yaqqol ko'ramiz:



Jcmnciti mavo degan bog'i Samarqand emish, Kavsari a'lo degan obi Samarqand emish. Har nechokim o'tsalar Xuld'l tog'i toshini, O'xshar anga dunyoda tog'i Samarqand emish. Jilvai huru qusur har nechokim qilsalar, Nargisi mastonalari bori Samarqand emish. Bilki ato qiladiHaq har yonda Jo'ybor, To'rt orig'i har taraf ori Samarqand emish. Har taraf bargzor bog'lari erdi behisht. Necha desam vasfini koni Samarqand emish, Suyidur obi hayot, yeli turur jonfizo. Nuch dori izlasang qori Samarqand emish, O'la yozib Balxda badyilidan istab. Tegma Shayboniyga sen, shohi Samarqand emish.

Shayboniyxon Samarqandni o'z asarlarida jannat makon deb kuylasa, Buxoroni Ka'ba saviyasida ulug'lab:



Bir xayolim bor ko'ngulkimpir vafiy aylayin, Ul Buxoro shahrida Ka bo tavofin aylayin.

Shayboniyxon boshqa yurtlar, shaharlarda yurgan kezlarda ham Samarqand, Buxoro, Turkistonni sog'inadi. Karmon, Shod-mon, Qoqlik Darg'on kabi qadimiy ariqlarning zilol suvlarini qo'msaydi. U Movarounnahrdek go'zal yurtni bizga Xudoning o'zi qimmatbaho sovg'a sifatida had'ya qilgan deb aytgan.


1 Xuld - sakkiz jannatdan birining nomi.

Shayboniyxonning fanga, ma'rifat va madaniyatga bo'lgan ijobiy qarashlari albatta uning vorislariga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shu boisdan ham Shayboniylardan bo'lgan Ubaydul-laxon, Abdulatif, Abdulaziz va Abdullaxonlar ilm-ma'rifat va madaniyatga xayrixoh hukmdorlar sifatida o'tganlar. Ubaydulla-xon - Shayboniyxonning jiyani, Buxoro hokimi Mahmud Sulton-ning o'g'lidir. U 1533-1539-yillarda Buxoro hukmdori bo'lgan. Ubaydullaxon jasur va dovyurak lashkarboshi, qattiqqo'l hukm-dor va ijodkor adabiyotshunos edi. U Shayboniyxondan so'ng kuchli va tartibli davlatga asos soldi, olti marta Xurosonga lash-kar tortib bordi, Eron qo'shinlariga bir necha bor qaqshatqich zarbalar berdi. Xorazmni o'ziga bo'ysundiradi.

Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton «Ubaydi», «Ubaydullo», «Qul Ubaydiy» taxalluslarida she'rlar ijod qilgan. U fors, arab tillarini yaxshi bilgan, bu tillarda ham she'rlar yozgan. Ubaydul-laxon «G'ayratnoma», «Shafqatnoma», «Kitob us-salot» kabi masnaviy yo'lida pandnoma-risolalar bitgan. U o'z asarlarida Yassaviy dunyoqarashi g'oyalarini asosiy yo'nalish qilib olgan. Ubaydiyning o'zbek, fors va arab tilidagi she'rlaridan iborat uch devoni bir muqova ishiga joylashtirilgan. Bu uch tildagi devonning yagona qo'lyozma nusxasi 1583-ylda Mir Husayn al Husayniy tomonidan ko'chirilgan bo'lib, kitob «Kulliyot» deb atalgan. Bu qimmatli qo'lyozma asar O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharq-shunoslik institutining qo'lyozmalar fondida saqlanadi.

Shoirning boy adabiy merosi hali maxsus o'rganilmagan. Ubaydiy o'zining o'zbek tilidagi g'azal va ruboiylari, qit'a va tuyuqlari bilan hech shubhasiz, she'riyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. U o'zining g'azaliyotida an'anaviy mavzular-ishq-muhabbat, vafodorlik va do'stlik ayol go'zalligi va ochiq sadoqati kabilarni tarannum etadi. Shoir she'rlaridagi ifodaning o'ziga xosligi yuksak axloqiy fazilat va go'zal nafis dunyoviylik-ning o'zaro uyg'unligidir. O'zbek she'riyatida ishqiy she'rlar ko'p bo'lsada Ubaydiy satrlari ularning birortasiga o'xshamaydi.

Shoir Ubaydiy ijodi hali ochilmagan qo'riq. Bu boy xazinani chuqur va atroflicha o'rganib, uni xalqimizning ma'naviy boyligiga olib kirish mamlakatimiz adabiyotchilarining vatanparvarlik burchidir.

Shayboniylar sulolasi hukmdorlari orasida Abdullaxon alohi-da ajralib turadi. U kuchli va markazlashgan feodal davlat barpo etdi, fan va madaniyatning rivojlanishiga homiylik qiladi. Buxo-ro poeziyasi antologiyasining muallifi Hasan Hirosiyning bergan ma'lumotlariga qaraganda XVI asrning ikkinchi yarmida Buxo­ro xonligida fan va adabiyot bilan 250 dan ortiq namoyondalar shug'ullangan.

Ashtarxoniylardan bo'lgan Subxonqulixon saroyida 1692-yilda Muhammad Bodi as-Samarqandiy tomonidan Buxoro poezi-yasining antologiyasi tuzilgan. Bu antologiyada o'sha d avr adabiy arboblaridan 150 tasi to'g'risida tarjimayi hol ma'lumotlari beril-gan. Subxonqulixonning o'zi ham ilm-ma'rifatli hukmdor edi. U ko'proq tibbiyotga qiziqardi. Subxonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona (dori-sh-shifo) qurdirdi. Unda bemorlar davolanar va tibbiyot fani o'rganilar edi. Subxonqulixon yaxshigina shoir ham bo'lgan. «Nishoniy» taxallusi bilan she'rlar yozgan. Subxonqu-lixon kattagina shaxsiy kutubxonaga ega bo'lgan va unda juda ko'plab noyob kitoblar saqlangan. O'zbekiston Respublikasi FAning Sharqshunoslik institutida uning kutubxonasida mavjud bo'lgan noyob kitoblardan ba'zi birlari va Subxonqulixonning shaxsan o'z qalamiga mansub manba'lar, yoki uning haqida yozilgan asarlar saqlanadi.

Ma'rifatparvar xonlar saroyida to'plangan olimlar, shoir va yozuvchilar ilm-fanning turli yo'nalishlari bo'yicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shdilar.

XV asr oxiri va XVIII asrlar davomida tarix ilmi bobida juda katta monumental asarlar yaratiladi. Muhammad Haydar yoki Mirzo Haydarning «Tarixi Rashidiy», Ma'sud ibn Usmon Ko'histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy», Muhammad Solih-ning «Tavorihi guzida Nusratnoma», Kamoliddin Binoiy-ning «Shayboniynoma», Fazlullox ibn Ro'zbexonning «Meh-monnamayi Buxoro», Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharofnomayi Shohiy» yoki «Abdullanoma», Mirmuhammad Amin Buxoriy-ning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tari-xi Muqimxoniy» asari va boshqalar shular jumlasidandir.

Aniq va tabiiy fanlar taraqqiyoti ruhoniylar va din pesh -vo lari tomonidan ma'lum darajada cheklab qo'yilgan edi va bu fanlar bo'yicha qilingan ilmiy kashfiyotlar xudoga, olloh iroda-siga shak keltiradi deb hisoblangan. Mana shunday bir sharoitda Mutribiy dunyo xaritasini chizgan. Bu xarita Amin Ahmad Roziyning 1693-yilda tuzgan «Xaft iqlim» («Yetti iqlim») deb nomlаngаn Jug'rofiy-biologiyagа oid lug'аtigа ilovа qilingаn. 1541-yildа Muhammаd Husаyn ibn а! Mironi аs-Sаmаrqаndiy tibbiyot vа formаkologiyagа oid ilmiy аsаr yozib, шк1а dori-vor o'simliklаri, dori tayyorlash vа uni saqlash sirlаrini bаtаf-sil ko'rsаtib bergаn. U ko'z tаbibi shoh Аli ibn Sulаymon Nаvro'z Ahmadxon huzuridа ishlаgаn. «Tаbiblik dаsturulаmаli» riso-lаsini yozgаn.

Bu dаvrdа musiqа ilmi, hattotlik miniаtyurа sаn'аti sohasida ham bir qаtor yangiliklаr yarаtildi. Jumlаdаn XVI аsrdа Buxoro-da yashab o'tgаn Najmiddin Kаvkаbiy (1531-yilda vafot etgan) musiqа ilmigа oid «Risolai musiki» bir аsаr yozadi. Musiqa haqi-dagi «Zamzama-yi vaxdad» nomli asar Boqiyayi Namniy qalami-ga mansub edi. U har xil janrdagi 12 maqom tizimining mashhur bilimdoni bo'lgan.

Sulton АН Mаshhаdiy, Mir АН Xiraviy, Mahmud ibn Is'hoq аsh Chiqobiy vа boshqalаr husnixаt bobidа tengsiz vа mohir bo'lgаnlаr. 1586-1587-yillаrdа Dаrvish Muhammаd ibn Do'stmuhammаd Buxoriy «Xattolik sаn'аti» nаzаriyasigа oid аsаr yozgаn.

Shu dаvrdа «Fаthnomа», «Tarixi Аbulxаyrxoniy», «Shayboniynomа» vа Аlisher Nаvoiyning аsаrlаrigа yuqori bаdiiy did vа bo'yoqlаrdа miniаtyurаlаr vа surаtlаr solingаn. Rаssomchilik sohasida Jаloliddin Yusuf, sаroy rаssomi Keldi Muhammаd vа boshqalаr bаrаkаli ijod qilgаnlаr.

Shayboniylаr vа Ashtarxoniylаr dаvlаtlаri turkiy vа fors-tojik xalqlаrining qurаmа ittifoqidаn tashkil topgаn edi. Shu boisdаn turmushdа ham, аdаbiyotdа ham o'zbek vа tojik tillаri keng qo'ltenib kelingаn. Bu hududlarda yashovchi xalqter ikki tildа bemаlol o^ro muloqotdа bo'lgаnlаr, qudа-аndаchilik qilgаnlаr. Аn'аnаgа ko'rа esа fаndа, аdаbiyotdа vа mаktаbdа tojik vа аrаb til^rming nufuzi sаqlаnаr, idorа ishlаridа tojik tilini qo'llаnish dаvom etаrdi. Temuriylаr dаvridаn e'tiborаn tojik tili biten bir qаtordа o'z аsаrlаrini turk-o'zbek иН!а yozаdigаn olimlаr, shoir vа yozuvchilаr ko'pаyaverdi.

XV аsrning oxiri XVIII аsrlаrdа Movаrounnаhr o'zining bаdiiy ijod bobidаgi tarixiy аn'аnаlаrini dаvom ettirdi. Bu dаvrdа bаdiiy ijodning turli jаnr vа yo'nаlishlаridа ijod qi^n ko'plаb shoir vа yozuvchilаr yetishib chiqdilаr. Ulаr o'z ijod durdonalari bilan jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shdilar.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish