Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Маркам Лндижоний.

 Махмуд Газнавий.  «Мулокот»,  1992, 3^1 сонлар, 36-37-бетлар.




192

VATAN  TARIXI

Sabuqtakin  k o ‘p  o ‘tmay  Kobul  daryosi  havzasidagi  yerlami,  keyin 

esa  Xurosonning  katta  qismini  qo‘lga  kiritadi  va  997-yilda  vafot 

etadi.

Sabuqtakin  vafotidan  so‘ng  hokimiyat  tepasiga  Sabuqtakinning 



katta  o ‘g ‘li  Mahmud  kelishi  kerak  edi.  Ammo  ota  taxt  vorisligini 

kichik  o ‘g ‘li  Ismoilga  bashorat  qilgandi.  Ismoil  taxtni  7  oy 

boshqaradi,  xolos.  Tabiatan  betadbir,  kaltafahm,  takabbur  va  lan- 

davur  taxt  vorisi  viloyat  hokimlarining  isyon-u  xurujlariga  bardosh 

bera  olmadi.  Bundan  foydalangan  Mahmud  katta  qo‘shin  bilan 

G ‘aznaga  bostirib  kirdi  va  taxtni  egalladi.  U  tarixda  Mahmud 

G ‘aznaviy  nomi  bilan  shuhrat  topdi  va  gaznaviylar  sulolasiga  asos 

soldi.  Sobiq  sho‘rolar  davrida  Mahmud  G ‘aznaviy  faoliyati  tarixda 

faqat  qora  bo‘yoqlarda  yoritildi,  uni  bosqinchi,  jallod  va  sahroyi 

sifatida  baholadilar.  Holbuki  «Siyosatnoma»,  «Chahor  maqola»  (XII 

asr)  «Jome  ul-hikoyot»,  «Lubob-ul-albob»  (XIII  asr),  «Miftoxul- 

adl»  (XVI  asr)  va boshqa  asarlarda,  to ‘plam va  solnomalarda.  tarixiy 

kitoblar  tarkibiga  kiritilgan  hikoyatlarda  Sulton  Mahmud  G ‘aznaviy 

adolatli,  fuqaroparvar,  tadbirkor,  sermulohazali va kelajakni  oldindan 

ko‘ra biladigan har qanday murakkab  muammolami aql bilan odilona 

hal  etishga intiladigan  shoh  sifatida tasvirlanadi.

Mahmud  nihoyatda  ustalik  va  mohirlik  bilan  davlat  siyosati  olib 

boradi.  999-yilda  Nasr  Qaraxoniy  Buxoroni  egallagach,  Mahmud 

Bag‘dod  xalifasi  Qodir  (991-103 l)dan  «Ie  min  ad  daula  va  omin  al 

milla»,  y a’ni  «hokimiyatning  o ‘ng  qo‘li  va  dindorlik  jamoasining 

ishonchli  vakili»  u  bilan  birgalikda  Xurosonni  idora  etishga  vakolat 

ham  oldi.  Mahmud  bu  unvonga  javoban  xalifa  Qodiming  nomini 

xutbaga  qo‘shib jom e  masjidida  o ‘qittira  boshladi.  Bu  Mahmudning 

mustaqil  siyosat yo‘liga  o ‘tganligigina b o iib   qolmasdan,  balki  uning 

obro‘-e’tibori  oshganligiga ham bir nishona edi.

1001-yilda 

Mahmud 

qoraxoniylar  bilan 

o ‘z 

davlatining 



chegaralarini  aniqlash  maqsadida  qoraxoniylar  hukmdori  Nasr 

bilan  muzokaralar  olib  bordi  va  shartnoma  tuzdi.  Asosiy  chegara 

ch izig i  qilib  Amudaryo  belgilandi.  1005-yilda  so‘nggi  somoniy 

Ismoil  Muntasir  qatl  etilgach,  ilgarigi  somoniylar  davlati  o ‘mida 

ikkita  mustaqil  davlat  paydo  b o id i:  bittasi  —   Qashg‘ardan 

Amudaryogacha  cho‘zilgan  sharqiy  Turkistonning  bir  qismini, 

Yettisuv,  Shosh,  Farg‘ona  va  qadimgi  Sug‘d  hududlarini  ham  o ‘z 

ichiga  olgan  qoraxoniylar  davlati,  ikkinchisi  —   shimoliy  Hindiston 

chegarasidan  to  Kaspiy  dengizining  janubiy  qirg‘oqlarigacha 

cho‘zilgan  hozirgi  A fg‘oniston  va  shimoli-sharqiy  Eron  viloyatlarini




VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

193


ham  o ‘z  ichiga  olgan  g ’aznaviylar  davlati.  Ammo  qoraxoniylar  bir 

necha bor o ‘rtadagi  sulh  shartnomasini  buzdilar.  Mahmud  G ‘aznaviy 

Hindistonda  bo‘lganligidan  foydalanib  1006  va  1008-yilda  ular 

Xurosonga  ikki  marta  yurish  qildilar.  Bu  yurishlar  davomida 

qoraxoniylar  qo‘shini  Balx  Tus  va  Nishopur  shaharlarini  bosib  oldi. 

1008-yildagi  Balx jangida  Mahmud  G ‘aznaviy  qoraxoniylar  ustidan 

uzil-kesil  g ‘alaba  qozondi  va  Xurosonning  hammasini,  Chag‘oniyon 

va  Xuttalon  viloyatlarini  batamom  egalladi.  Bu  jangda  Mahmud 

qo‘shini tarkibida  500 fil bor edi.

Sulton  Mahmud  G ‘aznaviy  o ‘z  hukmronligi  (998-1030)  davrida 

yashin  tezligida  harakat  qiladigan  o ‘z  davrining  qudratli  qo‘shiniga 

tayandi.  Islom  dinini  o ‘ziga g ‘oyaviy bayroq qilib  oldi,  islom y o ‘lida 

va  himoyasida  g ‘azot  urushlari  olib  bordi.  Harbiy  xizmatchilaming 

hammasi  davlat  hisobidan  yetarli  miqdorda  maosh  bilan  ta’min- 

langandi.  Taniqli  olim  Hamidjon  Homidiyning  yozishicha,  «Sulton 

Mahmud  davlat  idora  hay’atida  ham,  viloyat  hokimlari  devonida-yu, 

qo‘shinlar  sarkardalari  orasida  ham  qattiq  intizom  orqasidan  jiddiy 

nazorat  o ‘matgan  bo ‘lib,  mahalliy  hokimlaming  ichki  va  tashqi 

ahvolidan  m a’lumot  yetkazib  turuvchi  maxsus  mahkama  tashkil 

etgandi.  Uning qo‘shinida bir necha yuz jangovar fillar,  qo‘rg ‘onlami 

qurshab  olganda  tosh,  neft  quyilgan  idishlar,  otadigan  manjaniqlar, 

daryolami  kechib  o ‘tish  uchun  suzuvchi  sollar  b o ig a n   ekan.  Sulton 

lashkarining  asosiy  qismini  harbiy  hunarlar  o ‘rgatilgan  qullar tashkil 

qilgani  manbalarda  qayd  etilgan.  Xullas,  Sulton  Mahmud  eng 

zamonaviy  qurollar  bilan  ta ’minlangan,  32  harbiy  hunar  o ‘rgatilgan, 

yuksak  jangovar  ruhdagi  yuz  minglab  suvoriy  va  piyoda  lashkarga 

ega edi»1.

Metindek  intizom,  qattiqoilik  va  talabchanlik  siyosatiga 

asoslangan  Mahmud  G ‘aznaviyning  harbiy  yurishlariga  uncha- 

muncha  kuch  bas  kela  olmasdi.  U  Hindistonga  17  marta  yurish 

qilib,  Panjob,  Kashmir  va  boshqa  viloyatlami  egallab,  behisob 

boyliklami  q o ig a   kiritdi.  Mahmud  G ‘aznaviyning  lashkarlari 

bosib  olingan  shaharlardagi  oltin  haykallami,  ibodatxonalardagi 

qimmatbaho  buyumlami,  minglab  erkak-ayol  asirlami  olib  ketar 

edilar.  M aium otlarga  ko‘ra  1019-yilda  Mahmud  o ‘z  yurishlarining 

birida  Kanauja  shahridan  20  million  dirham,  57  ming  qul  va  350  ta 

fil  keltirgan.  Keltirilgan  asirlar  sotilmagan  ham,  oidirilm agan  ham, 

balki ulami dini  islomga kiritib,  yangi qo‘shinlar tuzganlar.

1 «Узбекистон овози»,  1993, 26 октябрь.



194

VATAN  TARIXI

Mahmud  G ‘aznaviy  401-(milodiy  1010)  yili  G ‘urlarga  qarshi 

yurish  boshlagan  va  faqat  405-(1015)  yilda  G ‘ur viloyatini  batamom 

egallashga muvaffaq bo igan.

Harbiy  yurishlarda  Mahmud  G ‘aznaviy  erishgan  g'alabalar 

va  q o ig a   kiritilgan  behisob  boyliklar  g ‘aznaviylar  davlatining 

obro‘-e’tiborini  tobora  oshirib  bordi.  Hatto  qoraxoniylar  xoni  ham 

Mahmud  bilan  hisoblashardi.  0 ‘z  navbatida  Mahmud  ham  harbiy 

yurishlarda  xotirjam  b o iish   uchun  qoraxoniylar  hukmdorlari  bilan 

yaxshi  muomala  qilar  va  kelishardi.  Mahmud  G ‘aznaviy  Samarqand 

va  Buxoroda  o ‘tirgan  iloqxon  Alitakin  bilan  Qashg‘arda  o ‘tirgan 

tom g‘achxon  Qodir  o ‘rtasidagi  ziddiyatdan  ustalik  bilan  foydala- 

nishga  harakat  qildi  va  xonlar  xoni  Qodir  yordamida  qo‘shnisi 

Alitakinni kuchsizlantirmoqchi b o id i.  1025-yilda Mahmud G 'aznaviy 

bilan tom g‘achxon Qodir  Samarqand yonida shaxsan uchrashdilar.

XI 

asrda  yashagan  fors  tarixchisi  Gardiziy  «Zayn  al  axbor» 



kitobida  ta ’sirchan  bir  voqeani  hikoya  qiladi.  Har  ikki  podshoh 

uchrashuv  cho gida  bir-birlariga  o ‘zaro  mulozamatlardan  so‘ng  qim- 

matbaho  javohir  toshlami  sovg‘a  qiladilar.  Mahmud  G ‘aznaviy  ana 

shu  birinchi  uchrashuvdayoq  Qodirxonning  siyosiy  diplomatiyada 

savodsizligi,  sodda,  qovushmagan  va  odam  sifatida  qo‘polligini 

ko ‘rgach,  y a’ni  o ‘zining  muomalasi,  mehmondo‘stligi,  hashamati, 

boyligi  va  zeb-ziynatlari  bilan  lol  qoldirmoqchi  b o id i,  u  Qodirxon 

uchun  oltinlar  bilan  bezatilgan  katta  kimxob  chodir  tayyorlattirib, 

uning  ichki  va  tashqi  tomonlarini  hayratomuz  bir  tarzda  yasattirdi, 

har xil  taomlar va qimmatbaho  sovg‘alar tayyorlashga buyurdi.

Mehmon  uchun tayyorlangan  chodir haqiqatan  kutilganidan ham 

ortiqcha  salobat  va  go‘zallik  bilan  bezatildi.  Qarorgohning  birinchi 

xonasida  ovqat  yeyilar,  ikkinchi  xonada  esa  xursandchilik  va  ishrat 

qilinar  edi.  Mahmud  tayyorlagan  turli-tuman  sovg‘alar  Qodirxonni 

lol  qoldirdi:  xilma-xil javohirlar,  oltin,  kumush qadahlar,  tilla yuganli 

ajoyib  otlar,  urg‘ochi  fillar,  guldor  chodirlar,  bebaho  gilamlar...  0 ‘z 

qarorgohiga qaytib kelgach Qodirxon bu bebaho sovg‘alami ko‘rgach, 

Mahmud  G ‘aznaviydek  saxiy  va  qudratli  podshoh  oldida  uyalib 

qolmaslik uchun o ‘z q o iio stid a g i barcha boyliklami to‘plashga buyruq 

beradi.  Qodirxon  juda  ko‘p  miqdorda  pul,  oltinlar  bilan  bezatilgan 

egar-jabduq  va  yuganli  dul-dul  otlar,  oltin  belboqli  turk  g ‘ulomlari, 

suvsar,  oqsuvsar va qo‘ra tulki  mo'ynasi  va boshqa boyliklami  yig‘ib 

M ahmud  G ‘aznaviyga  yuboradi.  Bu  Mahmud  G ‘aznaviyning  katta 

diplomatik g ‘alabasi edi.

Bu  uchrashuvda juda  katta  siyosiy  masalalar  muhokama  qilindi.



VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

195


Movarounnahmi  Alitakindan  qaytarib  olish  va  uni  Qodirxonning 

o‘g ‘li  Yigantakinga  berishga  o ‘zaro  kelishadilar.  Bu  kelishuvdan 

xabar  topgan  Alitakin  Movarounnahmi  vaqtincha  tashlab  Zarafshon 

daryosining  o ‘ng  qirg‘og‘idagi  Nurota  tumani  hududlarida  ko‘ch- 

manchi  hayot  kechirib  yurgan  saljuqiy  turkmanlar  orasida  jon 

saqlashga  majbur  b o id i.  Bu  hududlarda  Saljuqning  nabiralari 

Isroil,  T o‘g‘rul  va  Dovudlar  egalik  qilar  edilar.  Mahmud  G ‘aznaviy 

qo‘shinlari  bilan  saljuqiylar  o ‘rtasida jang  bo‘lib,  Isroil  asir  olinadi. 

U  garovga  olinib,  asir  sifatida  hind  qal’alaridan  biriga  yuboriladi  va 

shu yerda vafot etadi.

Mahmud  G ‘aznaviy  Alitakinni  batamom  tor-mor  keltirishni 

aslida  yurakdan  istamas  edi.  Uning  maqsadi  Alitakinni  biroz  kuch- 

sizlantirishdan  iborat  edi,  xolos.  Mahmud  G ‘aznaviy  uchun  Alitakin 

o ‘miga  Qodirxon  o ‘g ‘lining  taxtga  o ‘tirishi  m a’qul  emas  edi. 

Chunki  Movarounnahr  taxtiga  Yigantakinning  kelishi  Qodirxonning 

bevosita Mahmud  G ‘aznaviy bilan yuzma-yuz  boiish ig a  olib  kelardi 

va  oqibatda  ular  o ‘rtasida  umsh  xavfi  kuchayar  edi.  Biz  ilgariroq 

Xorazm  somoniylar  hukmronligi  davrida  ham  yarim  mustamlaka 

sifatida  o ‘z  mustaqilligini  saqlab  qolganligini  ta ’kidlagan  edik. 

Qoraxoniylar  va  Mahmud  G ‘aznaviy  davlatlari  qaror  topgandan 

keyin  ham  Xorazm  bir  chetda  hech  bir  davlat  tarkibiga  kirmagan 

holda qolaverdi.

Xorazm  geografik  jihatdan  juda  qulay  mintaqada  joylashganli- 

gidan  tashqari,  nihoyatda  boy  o ik a   edi.  X  asming  ikkinchi  yarmida 

Xorazm  ikkiga  ajralgan  edi.  Shimoliy  Xorazm  —   poytaxti  Urganch 

b o iib ,  bu  yerda  amir  hukmronlik  qilsa, janubiy  Xorazm  —  poytaxti 

Qiyot b o iib , unda shoh hukmronligi o ‘matilgan  edi.

996-yili  Shimoliy  Xorazm  hukmdori  M a’mun  ibn  Muhammad 

(995-997)  bu  mamlakatni  bir  butun  davlatga  birlashtirdi.  Xorazm­

shoh  unvonini  qabul  qilib,  Urganchni  poytaxt  deb  belgiladi.  U 

o ‘zining butun diqqat-e’tiborini Xorazmning mustaqilligini ta ’minlash 

va harbiy qudratini oshirishga qaratdi.  Bu jarayon M a’munning o ‘g ‘li 

Ali ibn M a’mun (997-999) davrida ham davom etdi. Ali ibn M a’mun 

vafot  etgach,  taxtga  uning  ukasi  M a’mun  ibn  M a’mun  (999-1017) 

o ‘tirdi  va  otasi  hamda  akasi  yurgizgan  siyosatni  yanada  rivojlantirdi. 

Albatta  Mahmud  G ‘aznaviy  Xorazm  mamlakatiga  befarq  qaramadi. 

U iloji boricha Xorazmni egallashga, hech b o im asa uni o ‘ziga qaram 

yoki  vassal  mamlakatga  aylantirishga  harakat  qildi.  Ammo  Mahmud 

bu  ishlami  nihoyatda ustalik va  tinch  y o i   bilan  amalga  oshira bordi. 

U  o ‘z  singillarini  Xorazmshoh  Ali  ibn  M a’mun  va  uning  ukasi




196

VATAN  TARIXI

M a’mun  ibn  M a’munlarga  turmushga  berdi  va  Xorazm  bilan  quda 

bo‘lib  oldi.

Ammo voqealaming bu tarzda rivojlanib borishi B ag‘dod xalifasi 

Qodimi  tashvishga  solayotgan  edi.  U  Xorazmning  ham,  Mahmud 

G ‘znaviyning  ham  kuchayishini  istamas  edi.  Shu  bois  Qodir  ikki 

o ‘rtada nifoq chiqarishga harakat qildi va m a’lum darajada maqsadiga 

erishdi.  Qodir  Xorazmshoh  M a’mun  ibn  M a’munga  o ‘z  elchisi 

orqali  faxriy  kiyim  va  «Ayn  Ad  Daula  va  Zayn  A1  Milla»,  y a’ni 

«davlat  ko‘zi  va  dindorlar  jamoasining  k o ‘rki»  unvoni  diplomini 

topshirdi.  Albatta,  bu  voqea  xalifa  Qodiming  rejasiga  ko‘ra  Mah­

mud  G ‘aznaviy  gazablanishiga  sabab  bo‘lishi  kerak  edi.  Xuddi 

shunday bo‘ldi  ham.  1014-yilda  Mahmud G ‘aznaviy Xorazmdagi  o ‘z 

elchisi  orqali  Mahmud  G ‘aznaviy  nomini  jum a  namozida  xutbaga 

qo‘shib  o ‘qitishni  Xorazmshohdan  talab  qildi.  Xorazmshoh  og‘ir 

ahvolga tushadi.  Shu bois  u ikkiyoqlama  siyosat  olib  boradi.  Dastlab 

Niso  va  Farovada  Sulton  Mahmud  nomiga  xutba  o ‘qildi.  Qiyot  va 

Urganchda  bunday  ishni  amalga  oshirishga  Xorazmshoh  ju r’at  qila 

olmadi,  qo‘rqdi.  Bunday  ikkiyoqlama  siyosat  mamalakatni  ham 

Xorazmshohning  o ‘zini  ham  saqlab  qololmadi.  Birinchi  navbatda  bu 

siyosatdan Xorazmdagi ayrim harbiy doiralar norozi bo‘ldilar. Beruniy 

b o ‘lib  o‘tgan  voqealarga  shaxsan  guvohlik  beradi.  Uning  bergan 

m a’lumotlariga  ko‘ra  «Xorazmning  eng  kuchli  qo‘shini  Xazoraspda 

urushga  tayyor  turgandi.  Bu  qo‘shinga  bosh  hojib  Alptakin  Buxoriy 

boshliq  edi.  U  «Biz  Mahmudga  b o ‘ysunmaymiz!»  deb  Xazoraspdan 

Xorazm  poytaxti  Gurganjga  qarab  qo‘shin  surdi.  Y o‘l-yo‘lakay, 

yarash  bitimiga  imzo  chekkan  va  Xorazmshohga  shu  masalada  ijo- 

biy  maslahat  bergan  a ’yonlarni  tutib  oidirishdi.  Poytaxtni  qamal 

qilib,  oxiri  shaharga bostirib  kirishdi.  Xorazmshoh o ‘z k o ‘shkida edi, 

isyonchilar  uning  ko‘shkini  yoqib  yuborib,  o ‘zini  topib  oidirishdi. 

Bu  paytda  Xorazmshoh  o ‘ttiz  ikki  yoshda  edi,  deb  eslaydi  Beruniy. 

Alptakin  Xorazmshohni  y o ‘q,  qilgach,  shohing  jiyani  b o ig an ,  o ‘n 

sakkiz  yoshli  Muhammad  ibn  Ali  ibn  M a’munni  topib  kelib  taxtga 

o ‘tqazdi.  Davlat  ishlari  Alptakin  bilan  vazir  Ahmad  T o‘g ‘on  q o iig a  

o ‘tdi.  «Hali  dunyo  ko‘rmagan yigitchani  bir burchakka o ‘tqazib,  o ‘z- 

lari xohlagancha odamlami  oidirib ,  mol-mulklari  va boyliklarini tor­

tib  olib,  saltanatni  vayron  qila  boshladilar,  —   deb  yozadi  Beruni.—  

Kim kimga  yoqmasa  ulami  Alptakin  yordamida  kuch  bilan  y o ‘q  qila 

boshladilar. T o‘rt oy davomida ulaming osmoni tiniq b o iib  turdi. Ular 

o ‘z  q o ila ri  bilan  saltanat  uyini  shu  qadar  vayron  qildilarki,  kofirlar 

mamlakatida ham musulmonlarga bunday yomonlik qilinmagan edi».




VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda  m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

197



Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish