Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


M akka  nusxasi,  Dam ashq  nusxasi,  Basra  nusxasi,  Kufa  nusxasi



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

M akka  nusxasi,  Dam ashq  nusxasi,  Basra  nusxasi,  Kufa  nusxasi 

va  M adina  um um iy  nusxasi,  M adina  Xos  nusxasi.  So‘nggi 

oltinchi  nusxa  H azrati  U sm onning  shaxsan  o ‘zlariga  tegishli 

bo‘lgan  nusxadir'.

Q ur’oni  Karim  kitobi  dunyodagi  barcha  xalqlaming  diqqat- 

e ’tiborini  o ‘ziga  qaratib  kelmoqda.  Darhaqiqat,  U  1698-yilda 

lotin  tiliga,  1770-1828-yillar  orasida  sakkiz  marta  fransuz  tiliga,

1734-1826-yillarda  o ‘n  marta  ingliz  tiliga,  1946-yilda  nemis  tiliga, 

1716  1986-yillarda  yetti  marta  rus  tiliga  tarjima  qilingan.  0 ‘zbek 

xalqining  qariyb  1300  yilga  yaqin  tarixi  islom  dini  va  madaniyati 

bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lsa-da,  sobiq  sho‘ro  davrida  «Din  —   xalq 

uchun  afyundir»,  degan  markscha-lenincha  g ‘oya  asosida  islom  dini 

va muqaddas  Q ur’oni  Karim kitobini  ommadan uzoqda sir saqladilar. 

Faqat  Mustaqillik  sharofati  tufayli  xalq  Q ur’onning  «Usmon 

m us‘hafi»ni  1992-yilda o ‘z  ona  tilida  o ‘qish  imkoniyatiga  ega b o ‘ldi. 

Q ur’onning  «Usmon  m us’hafi»  bugungi  kunda  Movarounnahr 

musulmonlari  diniy  boshqarmasida  —   Toshkentda  saqlanadi. 

X o‘sh,  0 ‘zbekistonga  bu  nusxa  qanday  kelib  qolgan?  Bu  muammo 

to ‘g ‘risidagi  rivoyatlar ham har xil.  Yusufxon Shokirovning yuqorida 

tilga  olingan  risolasida bu  haqda batafsil  m a‘lumot berilgan.  Birinchi



Юсуфхон Шокиров.

  Ислом шариати асослари. -  Т., «Мехнат»  1992,  17-бет.



140

VATAN  TARIXI

rivoyat:  Misr  podshosi  Zohir  Ruknuddin  Baybars  al-Bundukdoriy 

As-Solihiy  saroy  xoni  Barakotxon  bilan  do‘stlashib  qoladilar,  ular 

bir-birlariga  sovg‘alar  yuborib  turadilar.  Zohir  Baybars  ana  shunday 

sovg‘alaraing  birida  Chingizxon  avlodidan  birinchi  b o ‘lib  islomni 

qabul  qilgan  do‘stiga  Usmon  m us’hafini  jo ‘natadi.  1395-yilda 

Sohibqiron  Amir  Temur  T o‘xtamishxonni  tor-mor  keltirgach  Saroy 

Berkadan boshqa o ija la r qatorida M us’hafi  Usmon Q ur’oni  Karimini 

ham  Samarqandga  olib  keladi.  Ikkinchi  rivoyat:  Bu  «Talfik  ul-axbor 

fi  Tarixi  Qozon  va  Bulg‘or»  («Qozon  va  Bulg‘or  haqida  haqiqiy 

xabarlar)  kitobining  muallifi  Shayx  Muhammad  Murod  ibn  Abdul­

loh  Ar-Ramziyga  tegishlidir.  U  M us’hafi  Usmon  Q ur’oni  Karimi 

0 ‘rta  Osiyoga  qanday  kelib  qolganligi  haqida  quyidagilami  yozadi: 

«Samarqanddan  Peterburgga  olib  ketilgan  va  hozirda  imperator 

kutubxonasida  saqlanib  turgan M us’hafi  Usmon deb tanilgan Q ur’oni 

Karim  saroyda  saqlanib,  uni  zabt  qilgan  Amir  Temur  olib  ketgan 

nusxa  shu  b o ‘lishi  kerak.  Bu  haqiqatga  yaqin  taxmindur.  Buni  inkor 

qiluvchilaraing  hech  bir  qat’iy  dalillari  y o ‘qdur»  (28-bet).  Uchinchi 

rivoyat:  Bu  rivoyat  «Golos»  gazetasining  1870-yil  243-sonida 

bosilgan.  Unda hikoya  qilinishicha  salkam 400  yil  avval  Baxovuddin 

Naqshbandiy  diniy  jamoasining  piri  X o‘ja  Ahrorning  muridlaridan 

biri  hajdan  qaytayotib  Rumda,  y a ’ni  Konstantinopolda  to ‘xtaydi. 

Bu  vaqtda  Rum  hukmdori  og‘ir  dardga  chalingan  edi.  X o‘ja  Ahror 

muridi uni bu og‘ir darddan forig1 etadi.  Hukmdor agar shifo topsam, 

u  nimani  talab  qilsa,  shuni  so‘zsiz  bajaraman,  deb  ont  ichgan  ekan. 

Murid esa Q ur’oni  Karimni berishni  so‘rabdi.  Noiloj  qolgan hukmdor 

vaziri  va  boshqa  yaqin  a ’yonlari  bilan  maslahatlashib,  Q ur’oni 

Karimni  muridga  berishga  majbur  bo‘libdi.  Murid  bu  noyob  asami 

darhol  Turkistonda  istiqomat  qilayotgan  piriga  yuboribdi.  Q ur’oni 

Karim  ana  shu  tariqa X o‘ja  Ahror masjididan joy  olgan  ekan.  Taniqli 

tarixchi  olim  Hamid  Ziyoyev  bu  m a’lumotni  «...afsonaga  o ‘xshaydi, 

chunki  Qur’onning  asl  nusxasini  qandaydir  muridga  berilishiga 

ishonish  qiyin,  uni  faqat  zo‘ravonlik  bilangina  qo‘lga  kiritish 

mumkin  edi»1,  deydi.  Hamid Ziyoyev  shu  munosabat bilan  to‘rtinchi 

rivoyatga  qo‘shilganligini  bildiradi.  T o‘rtinchi  rivoyat:  Bu  rivoyatga 

k o ‘ra  Q ur’oni  Karimni  Sohibqiron  Amir  Temur  Turkiya  sultoni 

saroyidan  keltirgan.  U  Sulton  Boyazid  ustidan  g ‘alaba  qozongach, 

uninig  kutubxonasida  saqlanayotgan  Q ur’oni  Karimni  o ‘z  davlati-

1 «Шарк Юлдузи».  1991,  1-сон,  130-бет




V bob.  Arab xalifaligi davrida  Movarounnahr va Xuroson

141


ning  poytaxti  Samarqandga  olib  kelgan.  Bu  nusxa  Temuriylar 

saltanati  ag‘darilgandan  keyin  —  Xo‘ja  Ahror  masjidiga  berilgan 

bo‘lishi  mumkin.  Beshinchi  rivoyat:  Asli  toshkentlik,  biroq  ko‘p 

vaqtlar Iroqda  istiqomat  qilgan  imom  Abu Bakr  Qaffol  Ash  Shoshiy 

o‘z vataniga qaytishga qaror qiladilar va Bag‘dod shahridan Mus’hafi 

Usmon  Qur’oni  Karimni  o‘zlari  bilan  birga  olib  keladilar.  Xullas, 

boshqa  rivoyatlar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Nima  bo‘lganda  ham 

muqaddas  Qur’oni  Karim  kitobi  1869-yilga  qadar  Samarqanddagi 

Xo‘ja  Ahror  masjidida  saqlangan.  Samarqand  shahrini  egallagan 

general  fon  Kaufman  buyrug‘iga  asosan  kufa  yozuvidagi  Qur’oni 

Karimni  q o ig a  tushirish  harakati  boshlanadi.  1869-yil  24-oktabrda 

fon  Kaufman  imzosi  bilan  bu  muqaddas  kitob  Samarqanddan 

Peterburgga  olib  ketiladi.  1917-yil  oktabr  to‘ntarishiga  qadar 

Mus’hafi  Usmon  Peterburgda  saqlangan.  Ko‘p  vaqt  o‘tmasdan 

Butun Rossiya musulmonlar jamiyatining raisi  Usmon Turkumbayev 

muqaddas  kitobni  o‘z  egalariga  qaytarishni  so‘rab  RSFSR  xalq 

komissarlari  sovetiga  murojaat  qiladi.  RSFSR  XKS  1917-yil 

9 (22)-dekabrda muqaddas  «Usmon  Qur’onini  musulmonlar syezdiga 

qaytarib berish to‘rg‘isida»gi hujjatni tasdiqlaydi»1.

Mus’hafi  Usmon  Qur’oni  shu  yili  katta  tantana  bilan  Ufa 

shahriga  keltiriladi.  Lekin  bu  bilan  Turkiston  musulmonlari 

tinchimadilar. Toshkent, Ufa va Moskva o‘rtasidagi bir qancha o ‘zaro 

bordi-keldi  va  yozishmalardan  so‘ng  markaziy  hukumatning  1923- 

yil  25-iyundagi  qarori  bilan  Qur’on  kitobi  o‘zining  haqiqiy  vorislari 

bo‘lgan Turkiston musulmonlariga beriladi.

Usmon  Qur’onini  Ufadan  Toshkentga  olib  kelish  uchun 

Toshkent  shahar  va  Sirdaryo  viloyati  islom  jamiyati  tomonidan 

jamiyat raislari  shayx  Muhammadxo‘ja  boshchiligida o‘bro‘li  hay’at 

tuziladi.  Bu  hay’atga  Zahirutdin  A’lam  va  0 ‘zbekiston  hukumati 

vakili Qosimxo‘jayevlar kiradi.

1924-yil  18-avgust  kuni  Tatariston,  Boshqirdiston  va  Turkiston 

ulamolaridan  tashkil  topgan  sharafli  soqchilar  kuzatuvida  maxsus 

poyezd  Mus’hafi  Usmonni  Ufadan  Toshkentga  olib  keladi.  U  bir 

qancha  vaqt  Toshkentdagi  masjidlardan  birida  saqlanadi,  so‘ngra 

xavfsizlik maqsadlarini ko‘zlab  0 ‘zbekiston  xalqlari  tarixi  muzeyiga 

topshiriladi.  1989-yil  14-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan umumiy 

Musulmonlar to‘rtinchi qurultoyida 0 ‘zbekiston hukumatining qarori

1 Декрет Советской власти. Том  1. Москва,  1957. №  136. стр.  195.




142

VATAN  TARIXI

bilan  Mus’hafi  Usmon  musulmonlar  ixtiyoriga  qaytarib  berilganligi 

e’lon  qilindi.  Hozirda  bu  muqaddas  Mus’hafi  Usmon  Qur’oni 

Movarounnahr  musulmonlari  Diniy  idorasi  qoshidagi  «Mo‘yi 

Muborak» kutubxonasida saqlanmoqda.

Muqaddas  Qur’oni  Karim  kitobi  114  suradan iborat:  har bir sura 

oyatlarga  bo‘lingan.  Suralaming  har  biri  nomlangan.  Qur’oni  Karim 

o‘ttiz juz,  ya’ni  qismga  bo‘linadi.  Buni,  odatda,  o‘ttiz  pora  deydilar. 

Qur’oni  Karim  hidoya  kitobi  bo‘lib,  ilm-ma’rifatni  ulugiaydi. 

Darvoqe,  unda  750  marta  «ilm»  so‘zi  takrorlanadi.  Islom  olamida 

barcha  fanlaming  taraqqiyoti  Qur’on  bilan  bog‘lab  o‘rganiladi. 

Qur’on  nafaqat  falsafiy,  huquqiy  yozma  yodgorlik  bo‘lib  qolmay, 

balki  unda  axloq-odob,  ota-ona  va  qarindosh-urug‘larga  hurmat, 

halollik,  poklik,  to‘grilik,  yetim-yesir,  kambag‘al,  miskinlarga 

muruvvat,  birovning  haqini  yemaslik,  omonatga  xiyonat  qilmaslik, 

do‘stlik,  birodarlik  kabi  juda  ko‘p  g‘oyalar  o‘zining  mujassam 

ifodasini  topgan.  Qur’on  poraxo‘rlik,  o‘g‘rilik,  ichkilikbozlik,  zino 

(fohishalik),  yolg‘onchilik,  g ‘iybat,  nohaq  qon  to‘kish  kabi  juda 

ko‘plab illatlami  nihoyatda qattiq qoralaydi.

Vatanimiz  hududida  islomning  tarixi  va  musulmon  dunyosining 

juda  ko‘p  qirrali  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonini  tushunishda  Qur’oni 

Karimning o‘mi beqiyosdir.  0 ‘z vaqtida Qur’on 0 ‘rta Osiyoda feodal 

tarqoqlikka  qarshi  kurashda,  markazlashgan  feodal  davlatlaming 

vujudga  kelishida  so‘zsiz  ijobiy  o‘rin  tutgan.  Bugungi  kunda  ham 

xalqimizning  o ‘zini  anglashida,  milliy  o‘tmish  qadriyatlarimizni 

tiklanishida  va  0 ‘zbekistonning  davlat  mustaqilligini  mustah- 

kamlashda  Qur’oni  Karimning  ahamiyati  nihoyatda  kattadir. 

Xususan  Qur’on  yosh  avlodning  axloqiy-g‘oyaviy  dunyoqarashini 

shakllantirishda  va  oiliyjanob  insoniy  fazilatlar  ruhida  tarbiyalashda 

bebaho o ‘rin tutadi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish