Топонимы К аш кадарьинской области. А КД. Т., 1963, стр. 8.
VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
329
Kepakxon Qarshida o ‘zining hukmronligi davrida davlatni idora
qilish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida m a’muriy va pul
islohotlarini o ‘tkazadi. U davlatni viloyatlarga, y a’ni m o‘g ‘ulcha
«tumanlar»ga b o ia d i, mahalliy hokim va beklarga moslashtirib idora
uslubida olib boradi.
Kepakxon mamlakatda ichki savdo-sotiqni tartibga solish,
xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarini yaxshilash maqsadida
ikki xil pul birligini y o ig a qo‘yadi. Yirik kumush tangalar — dinor,
mayda kumush tangalar — dirham, deb yuritilgan va ulaming har
ikkalasiga ham bir xil nom — «kepaki» berilgan edi. Bu pul birligi,
hatto temuriylar davrida ham aholi o ‘rtasida muomalada b oigan.
Chig‘atoy ulusi hukmdorlari davrida yerga egalik qilishning
turt xili mavjud edi: birinchisi mulki devon deb atalib, bu
davlatga qarashli yerlar edi; ikkinchisi mulki inju — xon noiblari
va ulaming avlod-ajdodlariga qarashli yerlar. Uchinchisi mulki
vaqf — masjid, madrasa, xonaqo, mozor va maqbaralarga qarashli
yerlar. T o‘rtinchisi— xususiy mulk yerlari. Yerlar va mulklaming
kattagina qismi harbiy zodagonlarga, xon oldida alohida xizmatlari
b o ig a n shaxslarga «iqto‘» va «suyurg‘ol» yer-mulklari tarzida
b o iib berilgan. Ular «iqto‘dorlar» va «suyurg‘ol egalari» deb
atalib, har qanday soliq, oliq va toiovlardan ozod qilinganlar. Yirik
yer egalarining mulklarida qaram b o iib qolgan mayda dehqonlar
«kadivarlar» deb yuritilgan va ular o ‘z xo‘jayinlariga qarashli b o ig a n
yerlarga hosilning 1/3 evaziga koranda b o iib ishlab berar edilar.
XIV
asming 40-yillaridan e ’tiboran Qarshi shahri m o‘g ‘ul
xonlaridan b o ig a n Qozonxonning poytaxtiga aylanadi. U Kesh —
Samarqand hududlari oralig id a «Zanjir saroy» nomi bilan m a iu m
b o ig a n saroy barpo qiladi. 1347-yilda Qozonxon mahalliy turk
zodagonlari tomonidan qattiq m ag‘buliyatga uchraydi va Qozog‘on
tomonidan oidiriladi. Ana shu tariqa Chig‘atoy sulolasi hukmronligi
barham topadi.
1269-yilda Chig‘atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv — Farg‘onaning
sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat M o‘g ‘ulistonga va
G ‘arbiy ulus, y a’ni Movarounnahrga b o iin ib ketgan edi. «Xo
razmning sharqiy qismi ham G ‘arbiy ulusga qaragan»1. 1348-yildan
boshlab Movarounnahr, y a’ni Chig‘atoy ulusi yerlariga hukmronlik
qilish m o‘g ‘ullardan b o ig a n T o‘g i u g ‘ Temurga, 1363-yilda uning
vafotidan so‘ng esa o ‘g ‘li Ilyos X o‘ja ixtiyoriga o ‘tadi.
1
Ахмедов Б.
Тарихдан сабокдар. - Т.: «Укитувчи», 1994.
330
V A TA N T A R IX I
1340-1370-yillar mobaynida Movarounnahrda fitna, tarqoqlik
va o ‘zboshimchalik shu darajada kuchayadiki, m o‘g ‘ullar mahalliy
hukmdorlar ustidan umuman nazoratni eplay olmaydilar, har bir
viloyat, tuman va shahar amalda o ‘ziga-o‘zi bek, o ‘ziga-o‘zi xon edi.
Jumladan, Chig‘atoy ulusining g ‘arbiy qismida, asosan turk-m o‘g ‘ul
qabila boshliqlari hukmron b o iib , ular markaziy qoonga b o ‘ysunmas
edilar. Bu hoi ulug‘ xonlaming viloyatlar ustiga lashkar tortishiga
sabab b o iard i. Kesh va uning viloyatida Hoji Barlos, X o‘jand
viloyatida Boyazid Jaloir, Balx viloyatida 1358-yilda ovda o ‘ldirilgan
turk amiri Qozog‘onning nabirasi amir Husayn, Xuttalonda
Kayxusrav hukmron edi. Xullas, XIV asming 50-yillari oxirlarida
Movarounnahrda hukm surgan tarqoqlik va beboshliklardan xalq
ommasi to ‘yib ado b o ‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: