Чингиз Помучим), унинг угиляари
ва саркардаяарининг юришлзри
j Чингизхон
'224
йилгача згаллаган ерлар
^
Чингизхон
во
ри
с
лари ним
г
юришлари
~ •
Кейинги юришяарнииг йуналишлари
:..............j Мугул исгилочиларининг Xifi аер
i----»
иккинчи ярмида эгаллагзн ерлари
_______ Ку тни давлагларнимг чег ара лари
_____Руснииг О т и е Урдага тебе булгаи худудк
Му гул пар вайрон килган шакарлар
Мугулларга карши чикишпар-
• нинг знг мухим учоклари
X Асосий жанглар булгпн жойлар
Кис *артм а л ар:
Кз.
Казани
Кр. ■■■■ Краков
Пр. ~ Переяславль
Тв. • Тверь
Хм. — Хмельник
600
Ракам лар билан курса гияган:
f - Tea тон Орден*:
2 - Мукавдас Рим и><*перияси
3 - Чехия
4 — Лотин империрси
5 ■■■■ Ни кея империи си
6
Киликия
1200 км
Barchinlikent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlami bosib olishni
topshiradi. Uncha katta boim agan 5 ming kishilik qo‘shinga
01oqno‘yon va Suketu Cherbi ismli sarkardalar qo‘mondon etib
tayinlanadi. Ulaming vazifasi Sirdaryoning o‘rta sohili b o‘ylab,
uning yuqori oqimida joylashgan Binokat va X o‘jand shaharlarini
egallashdan iborat edi. Chingizxonning o ‘zi kichik o ‘g i i Tuluxon
bilan birgalikda Movarounnahming katta qismini Muhammadning
boshqa yerlaridan kesib qo‘yish va qamal qilingan shaharlarga
yordam yuborilishiga to ‘sqinlik qilish maqsadida Buxoroga yurish
boshlaydi.
Xorazmshoh Muhammadning kuchlari Chingizxonnikidan bir
necha barobar ortiq va qudratliroq edi. Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt
ulus tarixi»da yozilishicha, Muhammad sulton lashkarlarining soni
400 mingdan kam boim agan. Biroq bu kuchlar tarqoq va b o iib
yuborilgan edi. 0 ‘tror qal’asi himoyasi uchun katta kuch ajratilgan.
Inalxon boshchiligida shaharda bor b o ig a n 20 ming suvoriyga yana
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o'g'ullar bosqini davrida
303
qo‘shimcha 10 ming qo‘shin yuboriladi, qamal arafasida 0 ‘trorga
yuborilgan bu qo‘shinga Qoracha Hojib qo‘mondonlik qiladi.
Juvayniyning m a’lumotlariga qaraganda, bundan tashqari yana sulton
Muhammad «Lashkari Birun» deb atalgan 50 ming kishilik askar
jo ‘natgan. Demak, faqat 0 ‘tror shahrining o ‘zida salkam 100 ming
kishilik qo‘shin m o‘g ‘ullarga qarshi mudofaa janglari olib borgan.
0 ‘tror shahri himoyachilari m o‘g ‘ullarga qarshi qahramonlarcha
jang qiladilar. Ammo yuqori mansab va lavozimlami egallab turgan
hokimto‘ralaming sotqinligi, xiyonati va dushman tomonga o ‘tishlari
oqibatida olti oylik mudofaadan so‘ng shahar dushmanga taslim
b o ia d i. M o‘g ‘ullar tomoniga sotqinlarcha o ‘tib ketganlar orasida
Badriddin Amid, Safiy Akra’ Hojib singari shahar hokimiyatining
vakillari b oigan. Ular bir vaqtlar Xorazmshoh Muhammad tomoni
dan qatl etilgan 0 ‘tror shahar qozisining avlodlari boiganlar. Shahar
qamali paytida 0 ‘trorga yordam berish uchun yuborilgan Qoracha
Hojib ham o‘z askarlari bilan dushman tomonga o ‘tib ketadi. Ammo
ota an’analari ruhida tarbiyalangan chingiziyzodalar ko‘mamaklik
qilib o ‘z podshohi va valine’matiga sotqinlik va xiyonat qilganlaming
barchasini boshini tanasidan judo qiladilar. Mirmuhsin «X o‘jand
qal’asi» asarida qiziq bir voqeaning badiiy talqinini beradi: «Bular
nima yeydi!» deb so‘rabdi Chingizxon 0 ‘tromi o ‘rab olgan kunlari
bir asirdan. «Bular yerdan o ‘sib chiqqan giyoh-u mevalarni...» debdi
u. Chingizxon o‘ylab turib: «Mol yerdan o ‘sib chiqqan o‘tni yeydi, o ‘t
yeydigan molni biz yeymiz. Bular o ‘t yesa, mol ekan! Bulami moldek
so‘yib tashlay beringlar, debdi u, odamlariga»1.
0 ‘tror shahri mudofaasida, ayniqsa, Inalxon alohida jasorat
ko‘rsatgan. U shu yo‘l bilan m ash’um urushning boshlanishiga asosiy
sababchi sifatida o ‘z aybini m a iu m bir m a’noda oqlashga harakat
qilgan edi. Chingizxonning topshirig‘i bilan 0 ‘tror shahar hokimi
Inalxonni tiriklayin q o ig a olishga m o‘g ‘ullar bor kuchlarini sarf
etadilar va uni asirga oladilar. Chunki Chingizxonning Inalxon bilan
alohida hisob-kitobi bor edi. Tarixchi an-Nasaviyning yozishicha:
«...Chingizxon asir olingan 0 ‘tror hokimi Inalxonni o ‘z huzuriga
keltirishga amr etadi. U kumushni eritib, uning qulog‘i va ko‘ziga
quyishni buyuradi. U shunday jazo bilan qiynalib o ‘ldi»2. Haqiqatan
ham Inalxon Samarqandga olib borilib qiynab oidiriladi. 0 ‘tromi
egalagan m o‘gullar shahami talab vayron qiladilar.
1 Мирмухсин. Хужанд цалъаси. 147-бет.
2 0 ‘shamanba. 156-бет.
304
VA TA N T A R IX I
Xorazmshoh Muhammad davlatining markazlaridan biri b o ig a n
Buxoro shahri tomon y o i olgan Chingizxon va Tuluxonlar suvsiz
c h o in i qisqa muddatda bosib o ‘tadi va Zamuq Hyp (Nurota)
qal’alarini jangsiz egallaydi.
1220-yilning fevral oyida m o‘g ‘ullar Buxoroni qamal qilishni
boshlaydilar. XIII asr boshlarida yashab o ‘tgan bir fors muarrixi
shahar himoyachilarining sonini 12 ming kishidan oshmas edi, deb
yozgan. Juvayniy esa 20 ming degan m aium otni beradi. Mirzo
Ulugbekning «To‘rt ulus tarixi»da biz: «...30 ming kishini Buxoro
mudofaasi uchun tayinladi», degan jum lalami o ‘qiymiz. Shahardagi
bu kuchlarga Inanchxon 0 ‘g ‘il Hojib, Ixtiyoriddin Q o‘shlu, Hamid
Pura Qoraxitoylar boshchilik qiladi. Ulaming safini m o‘g ‘ullardan
qochib kelgan uyg‘ur Gurxon (K o‘kxon) ham toidiradi. Buxoro ahli
m o‘g ‘ullaming 0 ‘tror va boshqa shaharlardagi amalga oshirgan qonli
qirginbarotlaridan xabardor boisalar-da, ular o ‘z ona shaharlarini
himoya qilish imkoniyatiga ega emas edilar. Shahar o ‘z holiga
tashlab qo‘yilgan edi. Mudofaachilar orasida birlik, ahillik y o ‘q
edi. Shaharda qo‘rquv va beboshlik dahshati hukm surardi, har kim
faqat o ‘z taqdirini o ‘ylardi, odamlarda bir-birlariga ishonch y o ‘q
edi. Buxorolik boobro‘ va e ’tiborli sarkardalardan biri Inanchxon
0 ‘g ‘il Hojib oliy darajadagi Buxoro mhoniylari o ‘rtasida sotqinlik
kayfiyati borligidan xabar topib, vaqtni q o id a n boy bermasdan
qamalning uchinchi kuni Buxoroni tark etib, Urganch tomon y o i
olishga oshiqadi. Shahar himoyachilaridan biri Hamid Pura jangda
halok b o iad i. Chorasiz qolgan Buxoro shahri aholisi Chingizxonga
taslim boiish dan boshqa chorani topa olmaydi. Shahar darvozasi
Buxoro qozisi Badriddin Qozixon va boshqa amaldorlaming
sotqinligi tufayli dushmanga ochib beriladi. Juvayniyning tavsifi
b o ‘yicha Rashididdin Buxoro shahriga Chingizxonning kirib kelishini
quyidagicha ta ’riflaydi: «Chingizxon ot ustida jome masjidiga kirib
keladi va shahaming nufuzli kishilarini huzuriga olib kelishni talab
qiladi. M o‘g ‘ullar shahar omborlarini ochib, g ‘allani olishdi. Q ur’on
ro ‘yxatlari bor sandiqlami otlari uchun yemxona qilishdi, sharob to ia
meshlarini masjid ichiga terib chiqishdi, xonandalar-u sozandalami
y ig ib , o ‘yin-kulgu buyurishdi»1. Xuddi shu manbada yozilishicha,
m o‘g ‘ullar o ‘z qo‘shiqlarini kuylashar, shayxlar-u ulamolar esa
otxonada otboqar o ‘mida turib, bosqinchilaming buymqlarini
bajarishar edi.
1 Узбекистан халклари тарихи. 1 -жилд. - Т.: Фан. 1992, 139-бет.
VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
305
1220-yil 16-fevralda m o‘g ‘ullar Buxoro shahrini egallagan
bo‘lsalar-da, shahar hali ularga batamom taslim b o ig a n emas edi.
U yg‘ur Gurxon boshchiligida 400 nafar buxorolik vatanparvarlar
shahar arkiga chiqib olib, yana 12 kun mobaynida tengsiz dushman
kuchlariga qarshi jang qiladilar. Faqat barcha vatanparvar jangchilar
kurashib jon berganlaridan so‘nggina m o‘g ‘ullar Buxoro arkini q o ig a
kirita oladilar. Vatanparvarlaming bu qilgan qarshiliklari evaziga
m o‘g ‘ullar buxoroliklardan 30 ming fuqaroning yo stigini quritadilar.
Aholining qolgan qismi qullarga aylantiriladi. Xorazmshohlar
davlatining markazlaridan, qadimiy sharq dunyosining diniy va
ma’rit'at o ‘choqlaridan biri, ikkinchi K a’ba nomi bilan jahonga
tanilgan Buxoro yer bilan yakson qilinadi, uning boyliklari talanadi.
Ilm-ma’rifat koshonalari, m a’naviyat boyliklari, topilgan qadimiy
kitoblar, qoiyozm a asarlaming kuli ko‘kka sovuriladi, otlar va
eshaklar oyoqlari ostiga tashlanadi. Din peshvolari, ulug‘ va m o‘tabar
zotlar, qozi-yu ulamolar masxara qilindi. M o‘g ‘ullar shahardagi
barcha boyliklar, oltin-u zar, zeb-u ziynatlami to ‘plab b oigach, bir
necha kun mobaynida o ‘z askarlariga shahami talashni topshiradilar.
Ular barcha bilgan nom a’qulchiliklarini qiladilar. So‘ng shaharga o ‘t
qo‘yiladi va Buxoro kultepaga aylantiriladi.
M o‘g ‘ullar Buxorodan juda ko‘p asirlami olib, qul qilib o ‘z
yurtlariga olib ketadilar va ulami xo‘rlab har xil qora ishlarda mehnat
qildiradilar. Jismoniy jihatdan so g io m va baquw at asirlar hamda
hunarmandlardan, keyinchalik Samarqand, Dobusiya va boshqa
shaharlami qamal qilish ch o g id a og‘ir va mashaqqattalab ishlarda
foydalaniladi.
Chingizxon Buxorodan so‘ng Dobusiya shahri aholisi qarshiligini
yengib Samarqandni qamal qiladi. Xorazmshoh Muhammad shahar
mudofaa devori qurish va atroflarini xandaqlar qazib, suvlar bilan
to id irish maqsadida aholiga o g ir va musibatli soliqlar soladi. Ammo
bu m ablagiam i sarf-harajatlar uchun ishlatishga ham ulgurmaydi.
Mirzo Ulugbekning m aium otlariga qaraganda, Samarqand mudofaasi
uchun 110 ming kishidan iborat kattagina qo‘shin qoldirilgan. Ular-
ning 60 minggi turk, 50 minggi tojiklar edi. Bulardan tashqari qo‘shin
tarkibida 20 ta fil ham b oigan. Samarqand shahrining noibi Turkon
xotunning ukasi Sulton Muhammadning tog‘asi To‘g ‘ayxon edi.
Turk qo‘shinlariga Alp Erxon, Shayxxon va Bolo (Bir boloz)-xonlar
boshchilik qilardi. Shahar mudofaachilari saflarida birlik, ahillik y o ‘q
edi. Ular ertangi kundagi g ‘alabaga shubha bilan qarar edilar. Biroq
306
V A TA N T A R IX I
dushmanga munosib suratda qarshilik k o ‘rsatishva hatto uning usti-
dan g ‘alaba qozonish uchun zarur b o ‘lgan imkoniyatlar bor edi. Bu,
aw alo, yetarli darajada qurollangan katta sonli qo‘shinning borligi,
shahaming uzoq muddatga yetadigan oziq-ovqat zaxiralari bilan
ta ’minlanganligi, shahardagi savdogarlar, hunarmandlar, kosiblaming
mavjudligi va ulaming imkoniyatlaridir. Albatta, o ‘z kuchiga ishon-
maydigan, yurtga, vatanga, elga xiyonat va sotqinlik qilishga tayyor
bo‘lgan amaldorlar, ayrim mhoniylar ham yo‘q emas edi.
Chingizxon Samarqandga 1220-yilning mart oyida yetib keladi.
U Samarqand uchun jang shiddatli va og‘ir bo‘lishini bilardi. Shu
boisdan Chingizxon o ‘zidagi bor qobiliyat va ayyorlikni ishga soladi.
Dastlab u otliqlar bilan yetib keladi. So‘ng piyodalar paydo b o ‘ladi.
Har o ‘nlikda bittadan bayroq bor edi. Q o‘shinlar shahardan ancha
olisroqda joylashadilar. Bu o ‘ziga xos hiyla edi. Maqsad Samarqand
himoyachilariga Chingizxon qo‘shini sonini ko‘p qilib k o ‘rsatishdan
iborat edi. Chingizxon shu yo‘l bilan Samarqand shahri aholisini
umidsizlikka tushirish va m a’naviy ustunlikka erishishni rejalagan
edi. U bu rejani amalga oshirdi ham. Chingizxon Samarqandni
markaziy
shaharlardan
tashqari
0 ‘tror,
Buxoro
va
boshqa
shaharlardagi asir olingan tutqunlami ham safarbar etadi. U shahami
qamal qilishga shaxsan o ‘zi rahbarlik qiladi. Dastlabki ikki kun
mobaynida m o‘g ‘ullar Samarqand atrofidagi qishloqlami egallab,
shahaming tashqi muhit bilan aloqasini batamom uzib tashlaydilar,
shahar atrofini k o ‘zdan kechirib mudofaa istehkomlarini o ‘rganadilar.
Uchinchi kundan boshlab Chingizxon asirlar va m o‘g ‘ul askarlariga
Samarqandga yaqinlashishga buyruq berdi. Shahar mudofaachilaridan
b a’zi bir qiziqqon kishilar askarlardan ko‘mak boim asa-da,
bunday asab o ‘yiniga chiday olmasdan shahardan tashqariga chiqib
jang qiladilar. M o‘g ‘ullar esa go‘yo chekingandek orqaga qochib
Samarqand himoyachilarining ko‘plarini pistirmaga tushiradilar va
o ‘n minglab vatanparvarlami qirib tashlaydilar. Bu hoi Samarqand
mudofaachilari saflarida qo‘rquv va sarosimalikni keltirib chiqaradi.
Xususan, To‘g ‘ayxon boshliq turk sarkardalari katta xatoga y o ‘l
qo‘yadilar. Ular m o‘g ‘ullar bizni o ‘z vatandosh, millatdoshlaridek
qabul qiladilar, degan xomxayolga borib, 30 minglik qo‘shini
bilan Chingizxon tomoniga o ‘tishni ixtiyor etadilar. Chingizxon
bu takliflami ayyorlik bilan jon-jon deb qabul etadi. Qamalning
beshinchi kuni shahar qozisi va shayxulislom boshchiligida
m o‘g ‘ullarga vakillar yuboriladi. 1220-yil 16-martda Samarqand
darvozalari m o‘g ‘ullarga ochib beriladi. Shaharda ommaviy qirg‘in
VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
307
boshlanadi. Qozi bilan muftiyga o ‘z odamlari bilan chetga chiqib
turishga ruxsat beriladi. Ulami qo‘riqlash uchun qorovullar qo‘yiladi.
So‘ng shahar talon-taroj qilindi. Oradan bir kun o ‘tgach, T o‘g ‘ayxon
va uning yigirmata sarkardasi boshchiligida 30 ming turk lashkarlari
tunda qirib tashlanadi, ulaming ot va boyliklari tortib o ‘linadi.
M o‘g ‘ullar Samarqandning bosh suv inshooti «Juyi arzis»
«Qo‘rg ‘oshin nova»)ni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz
qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha isteh-
komlami xonavayron qiladilar. Chingizxon Samarqand shahridan 30
mingga yaqin hunarmand va rassomlami asirlikka oladi va ulami
o ‘z farzandlari, xotinlari, qo‘shin boshliqlari, qarindosh-umg‘lari va
yaqin kishilariga xizmatkorlikka bo‘lib, hadya qilib beradi. Tarixiy
manbalarda yozilishicha, shahar qozisi va muftiysi samarqandliklardan
50 ming kishini 200 ming oltin tanga tovon to‘lash evaziga
Samarqandga qaytarib olib kelgan. Ana shu tariqa Xorazmshohar
davlatining yana bir poytaxti, Sharq olamining eng go‘zal, dunyoning
sayqal shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqand m o‘g ‘ullar bosqini
tufayli xonavayron bo‘ladi, uning kuli ko‘kka sovuriladi. 0 ‘sha
paytda Chingizxon xizmatida b o ‘lgan Xitoy mhoniysi Chan Chunning
so‘zlariga qaraganda, m o‘g ‘ullar bosqinidan so‘ng shaharda ilgarigi
aholining chorak qismigina qolgan, xolos.
Chingizxon
Samarqandda turib
Xorazmshoh
Muhammad
kichik bir qo‘shin bilan Jayhun daryosining narigi qirg‘og‘iga o ‘tib
ketganligini eshitadi. U vaqtni qo‘ldan boy bermasdan Jebe va
Subutoy boshchiligida 30 ming kishilik otliq askami uning orqasidan
jo ‘natadi.
Chingizxon Samarqandni qo‘lga kiritish uchun butun vujudi
bilan uni qamal qilib jang qilayotganda Xorazmshoh Muhammad
batamom umidsizlikka tushib, davlat va xalq manfaatlaridan umuman
uzoqlashib, faqat o ‘z jonini qanday qilib b o ‘lsa-da, saqlab qolishni
o ‘ylar edi. Mirzo Ulug‘bekning yozishicha, u Samarqand y o ‘lidan
Naxshob sari borayotib uchragan yerda aholi orasiga qo‘rquv va
vahima urug‘ini sepadi: «Chorangizni ko‘ring, najot yerlarini qo‘lga
kiriting». U, hatto shu darajaga borib yetadiki: «Bir kishini Xorazmga
j o ‘natib, onasi Turkon xotunga boshqa xotinlar va bolalar bilan
jamiyki xazina va zaxira-yu qimmatbaho matolami, nafis buyumlar
hamda javohirlam i olib Mozandaronga ketishi lozimligini aytadi»1.
Xorazmshoh Muhammad o ‘z vazirlari va lashkarboshilari bilan
1
Do'stlaringiz bilan baham: |