Шониёзов К. К;анг давлати ва канглилар. - Т.: «Фан», 1990, 21-22-бетлар.
I l l bob. O 'rta Osiyodagi qadimgi davlatlar
73
Miloddan aw algi 102-yilda Xitoy qo‘shinlari Farg‘onaga
ikkinchi marotaba yurish qiladilar. Bu yurishda qurol-aslaha va oziq-
ovqat bilan yaxshilab ta’minlangan 60 minglik qo‘shin ishtirok etadi.
Oziq-ovqat, qurol-aslaha va boshqalar 100 ming ho‘kizga, 30 ming
otgava 10 ming eshakka yuklangan.
Xitoy qo‘shinining Davanga ikkinchi marta yurishidan maqsad,
bu viloyatning markaziy shahri b o ‘lgan Guyshanni (Kosonni)
zabt etish, so‘ngra boshqa shahar va qishloqlami egallab, g ‘arbga
Sug‘diyonaga yo‘l ochish edi. Bosqinchilaming Guyshanga yaqin
lashib kelayotganligidan xabar topgan guyshanliklar qang‘arlar-
ga chopar yuborib, ulami voqeadan xabardor qiladilar va ulardan
yordam so‘raydilar.
Guyshanliklar Xitoy qo‘shini bilan to ‘qnashadilar va yengilib,
chekinadilar. Ular qo‘rg‘onga (Guyshanga) kirib, uni mudofaa
qiladilar. Xitoy qo‘shini qo‘rg ‘onni qamal qiladi. Ular qo‘rg ‘onni
osonlik bilan ololmasliklariga ko‘zlari yetgandan keyin shahami
suv bilan ta ’minlaydigan to ‘g ‘onni buzadilar. Natijada qamaldagilar
suvsizlikdan qiynaladilar, shunga qaramay umsh qirq kun davom
etadi. Xitoy qo‘shinlari tashqi devomi buzib, shaharga kiradilar,
shahar amaldorlaridan bir nechasini asir oladilar. Qamal paytida
qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan guyshanlik sarkardalami
va shahar himoyasini boshqarib turgan Davan podshosi Muguanni
qatl etadilar. Xitoy qo‘shinlari qamal qilish bilan bir vaqtda yaqin
oradagi qishloqlami va chorvador aholini ham talar edilar. Chorasiz
qolgan Guyshan oqsoqollari yig‘ilib, maslahat qiladilar. Ulaming
fikricha, Davan podshosi Muguan tomonidan birinchi yurish davrida
Xitoy elchisining o ‘ldirilishi va Davan otlarini bosqinchilarga
bermasdan yashirib qo‘yilishi Xitoy qo‘shinlarining ikkinchi marta
bostirib kelishiga sabab bo‘lgan. Endi «Davan arg‘umoqlari ularga
taqdim etilsa, xitoyliklar umshni to ‘xtatishlari mumkin», deydilar.
Agar xitoyliklar bosqinchilik umshini to ‘xtatishmasa, o ‘lguncha
kurashishni asosiy maqsad qilib qo‘yadilar. Xitoy qo‘mondonligi
bilan
muzokara
olib
borish
uchun
Guyshanning
obro‘li
oqsoqollaridan birini elchi qilib yuboradilar. Elchi Xitoy sarkardasi
Li Guanli huzuriga borib, oqsoqollar yig‘inida bo‘lgan gaplami unga
aytib «...arg‘umoqlardan tashqari farg‘onaliklar Xitoy qo‘shinini
yetarli darajada oziq-ovqat bilan ham ta ’minlaydi. Agar bu shartlar
qabul qilinmasa, davanliklar barcha arg‘umoqlami o ‘ldiradilar, shu
orada qang‘uylardan kutilayotgan yordamchi kuch ham yetib keladi»,
74
VA TA N T A R IX I
deb Xitoy armiyasining qurshovda qolganligini bildiradi. Ayni shu
vaqtda qang‘uylaming shaharga yaqinlashib kelayotganligidan xabar
topgan Xitoy qo‘mondonligi tezlikda harbiy maslahat chaqiradi Li
Guan-li Guyshan elchisining qo‘ygan shartlarini m a iu m qiladi va
qurshovni davom ettirish foydasiz, deb topadi. Xitoy qo‘shinlari
shahami qamal qilishni to ‘xtatib, orqaga chekinadilar.
Shunday qilib, xitoyliklaming Farg‘onaga qilgan navbatdagi
yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Bu yurish Xan imperatorligi
saroyiga juda qimmatga tushadi. Harbiy yurishga otlanganda
(miloddan aw alg i 102-y.) 60 ming jangchi qatnashgan bo‘lsa,
orqaga (miloddan aw alg i 101-y.) 10 ming kishi, 30 ming otdan faqat
mintaga yaqini qaytgan edi. Xitoyliklaming Davanga o ‘z ta ’sirini
o ‘tkazish rejasi barbod bo‘ladi. Farg‘onaliklar, xususan, ulaming
markaziy shahri Guishan aholisi o ‘z ona yerlarini qattiq turib himoya
qiladilar. Ulaming bu kurashlari Farg‘ona bilan do‘stona aloqada
b o iib kelgan qang‘arlar uchun ham ayni muddao edi.
Q ang‘arlar Q ashg'ar va Yorkent viloyatlariga ham harbiy
madad yuborib turganlar. Miloddan aw alg i 65-yili Yorkentda Xitoy
m a’murlariga qarshi qo‘zg ‘olon ko‘tarilib, bu yerdagi Xitoy elchisini
va ulaming tarafdori b o ig a n hokimni oidiradilar. Bu qo‘zg ‘olonni
tashkil etishda qang‘arlaming hissasi bor, albatta. Shuni ham aytib
o ‘tish kerakki, Qashg‘ar, Yorkent va Farg‘onaning Xitoy ta ’sirida
b o iish i qang‘arlarga ham katta xavf solar edi. Shuning uchun ham
Qang‘ hukmdorlari qo‘shni xalqlarga harbiy kuch bilan yordam
berib, bosqinchi 1 ami o ‘z chegaralariga yaqinlashtirmaslikka ha
rakat qiladilar. Xitoy tarixchisi Sima Syan q an giilar haqida yozgan
m aium otlarida «ular urf-odatlari bo‘yicha yuechjilarga o ‘xshab
ketadi», deydi. Xitoyda — G ‘arbiy o ikaning shu davrdagi noibi
Go-Shun imperator saroyiga yuborgan m aium otlarida qang‘arlarga
ishonmaslikni
hamda ulaming
xitoyliklarga nisbatan
qo‘pol
munosabatda b o iib kelayotganliklarini ta’kidlaydi. «Qang‘uylar
iftixori zo‘r, qo‘pol xalq, bizning elchilarimiz oldida tiz cho'kib,
qulluq qilishga unamaydilar, biz tomonimizdan yuborilgan elchilami
usun elchilaridan ham pastga o ‘tkazadilar. Ulaming (usunlami —
R.Sh. Sh.K.) knyaz va oqsoqollariga taomni bizning oqsoqollarimizga
qaraganda oldinroq beradilar. Ular (qang‘uylar — R.Sh. Sh.K.) har
xil y o ila r bilan o ‘zlarini yuqori qo‘yib, qo‘shni mamlakatlar oldida
bizning obro‘yimizni tushirishga, urinadilar. Q ang‘uylaming bu
xildagi qilmishlaridan uning (Qang‘uy xoqoni— R.Sh. Sh.K.) o ‘glini
I l l bob. O 'rta Osiyodagi qadim gi davlatlar
75
Xitoy imperatori huzuriga yuborishdan maqsadini tushunib olish
qiyin emas. Q ang‘uy xoqoni m ug‘ombirlik yo‘li bilan savdoni yo‘lga
qo‘ymoqchi b o ia d i. Go-Shun imperator nomiga yuborgan xatida
Qang‘uy (qang‘) xoqonining o ‘g ‘lini qaytarib yuborishini hamda
bundan keyin Xitoy elchilarini Q ang‘ga yubormaslikni va shu y o i
bilan Xan xonadonini (shu davrda hukm surayotgan Xitoy imperatori
sulolasini) qang‘arlar bilan aloqa qilishni xohlamasliklarini qati’y
qilib bildirishni uqtiradi.
Milodiy I asrning 80-yillari Xitoy qo‘shinlari Q ang‘ va Far-
g ‘ona yerlarini zabt e’tish niyatida navbatdagi harbiy yurishni
boshlaydilar. Bu o ikalam ing davlat boshliqlari madad so‘rab
qang‘arlarga murojaat qiladi. Q ang‘ kuchlari zudlik bilan y o ig a
chiqib, bosqinchilami Qashg‘ar yerida kutib, ular o ‘rtasida qattiq
jang b o iad i. Xitoy qo‘shinlariga G ‘arbiy o ik an in g noibi Ban-Chao
qo‘mondonlik qilar edi. Qang‘arlar Xitoy qo‘shinlarini qurshab
olib, ularga katta talafot yetkazib, Xitoy qo‘mondonini sarosimaga
solib qo‘yadi. U Kushon podshosiga murojaat qilib, ulardan qang‘uy
kuchlarining Qashg‘ardan olib ketilishini iltimos qiladi. Chunki bu
yillarda qang‘arlar kushonlaming ta’sirida b o ig an. Bundan tashqari,
Kushon podshosi Qang‘ xoqonining qiziga uylangan edi. Ban-Chao
kushonlaming qang‘arlarga b o ig a n ta ’siridan foydalanmoqchi b o iib ,
ularga murojaat qiladi. Q ang‘arlar Kushon podshosining iltimosi
bilan harbiy kuchlarini Qashg‘ardan olib chiqadilar. Shu bilan Ban-
Chao qo‘shinlari tor-mor keltirilishdan qutulib qoladilar.
Shunday qilib, qang‘arlar o ‘sha davrda Xitoyda hukmronlik
qilayotgan Xan imperiyasining bosqinchilik siyosatiga qarshi
chiqib, ulami o ‘z chegarasiga, hatto unga yaqin b o ig a n Farg‘ona va
Qashg‘ar yerlariga keltirmaslikka harakat qilar edi.
I asrda qang‘arlar Buxoro va Xorazmni egallaydi. Ammo bu
viloyatlar tezda Q ang‘ davlati ta’siridan chiqib, Kushon salta-
nati tarkibiga o ‘tadi. G ‘arbda esa qang‘arlar Parfiyaning kuchsiz-
langanligidan foydalanib, Alan yerlarini e ’gallaydi.
Q ang‘ davlatining iqtisodiy hayoti masalasida Xitoy tarixchisi
Sima-Syan (miloddan aw alg i II asr) uning ko‘chmanchi mamlakat
boiganligini yozadi. Ammo milodning boshlarida to ‘ng‘ich Xan
sulolasining tarixda qang‘uylaming o ‘troq xalq ekanligiga ishora
qilinadi. Q ang‘uylarda qoramol va
Do'stlaringiz bilan baham: |