Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
begimning ko‘zlaridan ham o‘pib: 
— Buyuring, — dedi, — neki istasangiz men bajo keltiray! 
Mohim begim uyalib shivirladi: 
— Gulbadanga javob beraylik... 
Bobur yana savdarboshini chaqirdi va Gulbadanga Hindistondan keltirilgan to‘tiqushlarni 
hadya qilishni buyurdi. 
Chiroyli oltin qafaslarga solingan to‘tiqushlarning kamalakday tovlangan patlari 
Gulbadanning e’tiborini o‘ziga tortdi. To‘tiqushlar so‘zlashni bilar edi, kattarog‘i shang‘i 
tovush bilan: 
— Assalom, begim! — dedi. 
Gulbadan bundan zavq qilib bolalarcha soddalik bilan: 
— Assalom, to‘ti! — dedi. 
Shunda hammalari beixtiyor kulib yubordilar. Gulbadan dadasining oldiga chopib keldi, 
bu ajoyib sovg‘asi uchun uning qo‘lini o‘pdi. Bu orada ichkaridan chiqqan Robiya qizchani 
sekin qo‘lidan oldi-da, to‘tiqush solingan qafas bilan birga zinapoyadan pastga olib 
tushib ketdi. 
Bobur va Mohim begim ikkovlari ichkari xonaga yo‘naldilar. Katta tanobiy uyning 
to‘ridagi shahnishinga eroniy gilamlar va zarbof ko‘rpachalar to‘shalgan edi. Bobur 
Mohim begimning xipcha belidan quchib, o‘sha tomonga boshlab borar ekan: 
— Hali ham kelinchaklik paytlaringizdagidek sarv-qomatsiz, Mohim, — dedi. 
— Chunki siz men uchun hamon yigirma yoshlik yigitsiz! 
Mohim begim shunday deb, ichki uyning ochiq eshigidan ko‘rinib turgan shohona 
to‘shaklariga olovli bir nigoh tashlab oldi. Bugungi ehtirosli tun, ikkovlari xuddi alanga 
tillaridek goh butun borliqlari birlashib, goh yana ajrashib, so‘ng qaytadan olov mavjida 
birlashib, ikki tan bir vujudga aylangan paytlari xayoliga titroq solib o‘tdi. O‘sha 
daqiqalarda Mohim erining qulog‘iga: «Siz mening ko‘z ochib ko‘rgan yagona yorimsiz, 
sochingizdan-tirnog‘ingizgacha butun borlig‘ingiz menga jonimdan ham aziz, endi sizni 
boshqa hech kimga bermasmen!» deb shivirlagan edi. Boburning hozir uni o‘pib: «Men 
shoh bo‘lsam ham sizning ulug‘ qalbingiz o‘trusida qulmen!» degani Mohimning o‘sha 
tungi so‘zlariga javobdek eshitildi. Bu so‘zlar va o‘pichlar Mohim begimning borlig‘ini 
shunday yayratib yubordiki, yoshi o‘ttiz yettiga borgan bo‘lsa ham hozir yigirma yoshli 
juvondek husni jamoli ochilib, ko‘zlaridan o‘t chaqnab, sho‘x ohangda so‘radi: 
— Men hozir neki tilasam bajo keltirurmisiz? 
Bobur Mohimning yangi bir ko‘shk qurib berishini yoki katta xarajatlar uchun xazinadan 
qo‘shimcha oltin so‘rashini kutgan edi. Uning bunaqa istaklarini so‘zsiz bajargisi kelib 
turgan Bobur: 
— Sizdan molu jonni ayamasmen, buyuring! — dedi. 
Mohim bir lahza taraddudlanib turdi-yu, past va jiddiy tovush bilan dedi: 
— Sizdan molu jon emas, farzandimiz Humoyunni... Kobulga qaytarishingizni iltimos 
qilmoqchimen. 
Bobur ham endi jiddiylashib: 
— Nechuk? — dedi. — Butunlay Kobulga qaytsinmi? 
— Ha, sizdan o‘tinamen! 
— Mohim, Humoyun yonimizda bo‘lishiga men ham tashnamen. Biroq shimoliy 
chegaralarimizni Humoyundek ishonchli odam qo‘riqlab turmasa, shayboniyzodalarni 
o‘zingiz bilursiz... 
— Bilganim uchun tunu kun xavotirdamen. Ikki yildan beri Humoyun Badaxshonda. Men 
uni shunchalik sog‘inamenki, turgan xonalariga kirsam, o‘qilgan kitoblarini varaqlasam, 
ko‘zimga yosh kelur. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish