Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
Istab jahonni, muncha qilib yor topmadim! 
— Mardona so‘zlar! — dedi Behzod Boburga qarab.— Siz ming marta haqsiz! Odam 
o‘ziga ham ishonmog‘i kerak! 
— Minnatdormen, mavlono. 
Shoir Sulton Muhammadga ikkinchi she’rning matlai yoqqan edi. 
— Eshiting, janoblar: 
Sendek menga bir yori jafokor topilmas, 
Mendek senga bir zori vafodor topilmas. 
Mavlono Fazliddin og‘ir tin oldi: 
— Hozirgina so‘zlashgan dardimizni aytmishlar! 
Bobur maqtovlardan xiyol o‘ng‘aysizlanib: 
— Janoblar, — dedi, — men sizlardek san’atkorlar bilan uchrashib, suhbatlashganim 
uchun tangriga shukr qilamen. Faqirning qog‘ozni qoralab yozgan satrlarim mavlono 
Mashhadiyning tengsiz san’atlari tufayli sizlarga shunchalik manzur bo‘ldi. Joiz bo‘lsa, 
g‘azallardan xotira uchun mavlonolarga bir nusxadan bermoqchimen. 
— Ayni muddao! — dedi Xondamir quvonib. 
Bobur g‘azallaridan ataylab uch-to‘rt nusxadan ko‘chirtirgan edi. Xondamirga, Behzodga, 
Sulton Muhammadga o‘zlari yoqtirgan g‘azallardan bir nusxadan berdi. Ular shoir va 
xattotning hurmatlari uchun g‘azal bitilgan zarvaraqlarni olib, non kabi ko‘zlariga surtib 
qabul qildilar. Bobur so‘nggi g‘azaldan bir nusxasini mavlono Fazliddinga uzatib: 
— Mavlono, biz siz bilan faqat vatandosh emasmiz, hamdardu hasratdoshmiz, — dedi. 
Mavlono Fazliddin g‘azalni olib ko‘ziga surtdi-yu: 
— Men aminmen, Hirotda bitilgan ushbu g‘azal tez kunda Samarqandu Andijonga ham 
yetib borur, — dedi.— Xudo amirzodam bilan bizni ham vatanga sog‘-salomat qaytgulik 
qilsin! 
— Aytganingiz kelsin, mavlono! 
Bobur Qosimbekni chaqirtirdi va Sulton Ali Mash-hadiyga g‘azallarni san’atkorona 
ko‘chirganligi uchun oltin tugmalik kimxob to‘n kiydirdi. 
So‘ng u mavlonolarni hovliga kuzatib chiqdi. Hammalari xayrlashayotganlarida 
me’morga qarab: 
— Balki kelgusi yilda Kobulga borursiz, mavlono? — dedi. — Rost, katta me’morlik 
obidalari qurishga hali imkonimiz yo‘q. Kobul hozir Hirotga nisbatan chekka bir viloyat. 
Ulug‘ san’atkorlarga makon bo‘larlik saroyimiz yo‘q. Lekin xudodan umidimiz borki, 
kelgusida tole bizga ham kulib boqqay, biz ham ulug‘ san’atkorlarga makon beradigan 
kunlarga yetgaymiz! 
— Taklifingizni bajonidil qabul qilurmen! — dedi mavlono Fazliddin. 
— Amirzodam, — dedi Xondamir. — Alisher Navoiyning dargohlarida qilgan pokiza 
niyatingiz ilohim ro‘yobga chiqsin! Ilohim hazrat Alisherning ruhlari hamisha sizga 
madadkor bo‘lsin! 
Bu tilakka hammalari sidqidildan qo‘shilib, yuzlariga fotiha tortdilar. 
______________ 
* R e v u r a n g — shumlik, o‘z ishiga puxtalik.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish