Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

ANDIJON, XO‘JAND 
UVOL BO‘LGAN ORZULAR 
1 
Tun qorong‘isi ustiga osmonni quyuq bulut qopladi-yu, qal’a ichini zulmat bosib ketdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Andijon ko‘chalari tahlikali bir sukutga cho‘mgan. Jimjit kechada ark darvozasining 
g‘iyqillab ochilgani uzoqlarga eshitildi. Darvozaxonadan tushgan xira yorug‘da arkdan 
chiqib kelayotgan bir to‘p qurolli otliqlar ko‘rindi. Oldinda erkakcha to‘n va bo‘rk kiygan, 
beliga kamar bog‘lab, xanjar osgan Xonzoda begim. Uning navkarlari orasida kelayotgan 
mavlono Fazliddin ham to‘nining ustidan harbiycha kamar bog‘lab, beliga qilich taqib 
olgan. 
Samarqanddan qaytgan chopar Boburning hayot bilan o‘lim orasida behush bo‘lib 
yotganini aytib bergandan keyin qal’a himoyachilarining bir qismi fitnachilar tomonga 
qochib o‘tib ketdi. Qo‘rg‘on devorlarining har bir gazini qo‘riqlab turishga odam 
yetishmay qoldi. Qorong‘i tunda dushmanning devorga narvon qo‘yib, oshib tushish 
xavfi kuchaydi. O‘n olti yoshida sho‘xlik bilan yigitcha kiyinib, chavgon o‘ynab yurgan 
Xonzoda begim endi chinakamiga qurollanib, hayot-mamotlari qil ustida turgan qal’a 
himoyachilariga ko‘makka boryapti. 
Quyuq qorong‘ilikda otlarning taqalari ko‘cha toshlariga urilib uchqun chiqaradi. Havodan 
yomg‘ir hidi keladi, mayin shabada esadi. Mavlono Fazliddin bahor kirganini, qal’a 
ichidagi bog‘chalarda o‘rik va bodom gullaganini esladi va atrofiga sinchiklab qaradi, 
ammo bironta oqargan narsa ko‘ziga chalinmadi. Tun butun borliqqa qop-qora parda 
tortib qo‘ygan edi. 
Mavlono Fazliddin mana shu shaharda qurmoqchi bo‘lgan madrasa va saroy tarhini 
Xonzoda begimga ko‘rsatib, uning maqtovini eshitgan yorug‘ kunlarini esladi-yu, 
yuragini armon g‘ijimlab o‘tdi. Bobur Samarqandni olgani haqida xabar kelgandan keyin 
mavlono Fazliddin orzusi endi amalga oshishiga astoydil ishongan edi. Xonzoda begim 
ham uni bir necha marta o‘z huzuriga chaqirib, bo‘lajak qurilishlarga qayerdan o‘rin 
tanlash va tayyorgarlik ishlarini qanday boshlash haqida uzoq-uzoq gaplashgan edi. 
Arkdan chiqqan otliqlar qorong‘ida tusmol bilan qal’aning Mirzo darvozasi tomonga borar 
ekanlar, mavlono Fazliddin oldinda xomush ketayotgan Xonzoda begimning o‘sha 
suhbatlar paytidagi ma’sum va shod qiyofasini eslay boshladi. 
Odatda Xonzoda begim uni kanizlari bilan istiqomat qiladigan olti xonalik sirkor uyning 
tashqi bo‘lmasida qabul qilar edi. Begim erkaklar bilan gaplashganda maxsus ishlangan 
ipak pardaning ortida o‘ltiradi. Loyihaning ba’zi joylarini so‘z bilan izohlash mushkul 
bo‘lib qolsa, Xonzoda begim oradagi pardani ochib: 
— Qani, gumbaz bilan minoralar orasida nelar bo‘lur? — deb so‘raydi. 
Ular ikkovi ikki tomondan qog‘oz ustiga engashganlarida goh nafaslari bir-birlarinikiga 
qo‘shilib ketganday bo‘ladi. Mavlono Fazliddin O‘shda, qoyatosh ustida bi-rinchi marta 
boshdan kechirgan ajoyib tuyg‘u yana borlig‘ini mast qiladi. U ishdan boshqa narsa 
haqida gap ochishga qo‘rqadi, atroflarida yuradigan kanizlarga hayajonini sezdirmaslikka 
tirishadi. Qutlug‘ Nigor xonim duch kelib qolsa, egilib ta’zim qilish bilan ko‘zini undan 
yashiradi. Biroq so‘nggi marta uchrashganlarida Xonzoda begimning o‘zi to‘satdan: 
— Mavlono, nechun shu yoshgacha uylanmagansiz?— deb so‘rab qoldi. 
Qiz asilzodalarga xos bir nazokat bilan o‘zini erkin tutib kulimsirayotgan bo‘lsa ham, 
ko‘zining hayodan yaltillab ketganini mavlono Fazliddin payqadi. Mavlono siri ochilib 
qolishidan qo‘rqib, hazil bilan qutulmoqchi bo‘ldi: 
— Begim, faqir dunyodan toq o‘tmoqchimen. 
— Menga o‘xshabmi? 
— Yo‘q, begimning toq o‘tishlariga aqlim bovar qilmaydir. 
— Ne sababdan? 
— Axir siz... bu dunyoda... ne-ne shahzodalar, asilzodalar bor. 
— Bo‘lsa bordir. Ammo mavlono o‘zlari bilgan shahzodayu asilzodalarning qaysi biriga... 
meni munosib ko‘rurlar? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish