Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
293
narigi xonada mast bo‘lib ashula aytishyapti, shamol aralash yomg‘ir yog‘yapti. 
Bahlul zaharni qozonga solmadi — bakovullarning aroqqa qaylani gazak qilish odatlari 
bor, yeb ko‘rishsa, zaharlanib, bildirib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun oshpaz 
zaharni Bobur ovqat yeydigan chinni laganga yupqa lochira non ustiga sepa boshladi. 
Birdan shamol tashqi eshikni qarsillatib yopti. Bahlulga kimdir kelayotganday tuyuldi-yu, 
zaharning qolganini qozon tagida yonib turgan olovga otdi. Keyin chinni lagandagi zahar 
sepilgan lochira ustiga tez-tez qaylani soldi. 
Oradan sal vaqt o‘tgach, savdar kirdi, quyon go‘shtidan qilingan qovurdoqni va qayla 
solingan chinni laganni Bobur ovqat yeb o‘tirgan xo‘rakxonaga olib chiqib ketdi. 
Ahmad choshnagir bu zaharni ta’midan bilib bo‘lmasligini, uning ta’siri asta-sekin 
bilinishini aytgan edi. Bahlul sir ochilguncha qo‘rg‘on darvozasidan chiqib ketish umidida 
edi. Ammo u oshxona eshigidan chiqayotganda shirakayf bakovullardan biriga duch 
keldi. 
— Qani, quyon go‘shtidan bizga ham qoldirdingmi? 
— Qayla bor, sohib. 
— Yo‘q, quyon qovurdog‘i kerak! 
— Qovurdoq oz edi, hammasini hazratga berib yubordim. Qayla yey qoling, gazakka 
yaxshi. 
— Yo‘q! Quyon ko‘p edi-ku! Nega bizga qoldirmading? 
— Hammasini qovurganim yo‘q edi... 
— Bo‘lmasa hozir bizga quyon go‘shtidan qovurib ber! Tez! 
Bakovulning yo‘g‘on gavdasi eshikni to‘sib turardi. 
Oshpaz orqaga qaytdi va sarosima harakatlar bilan yog‘ dog‘lab, quyon go‘shtini 
qovurishga tayyorlay boshladi. 
Yomg‘irli tun saroyni chulg‘ab olgan. Shu payt birdan xos navkarlar tabibga yugurib, 
bakovullar bir-birini chaqirib, oshxonaning ich-tashi to‘polon bo‘lib ketdi. Xilvatgohda 
o‘tirgan Tohir ham xo‘rakxonaga chopib keldi. 
Bobur ustma-ust qayt qilib, yuzi ko‘karib ketgan. U nafasi qaytib, tashqariga intildi, 
ammo ikki qadam qo‘yguncha bo‘lmay gandiraklab yiqila boshladi. Tohir chopib borib, 
uni qo‘ltig‘idan suyab oldi. Tabib Yusufiy Boburning narigi qo‘ltig‘iga kirdi. Jonsarak bo‘lib 
qolgan savdarlarga buyurdi. 
— Ichkariga joy qiling! 
— Ravonga! — dedi Bobur yutoqib. 
Uning ko‘ngli behud, boshi gir-gir aylanar, nuqul havo yetishmayotganday bo‘lar edi. 
Boburni ravonga suyab chiqarib yotqizdilar. Tabib yurakka quvvat beradigan doridan 
hidlatdi. 
— Sizga ne bo‘ldi, hazratim? Mayni ko‘p ichdingizmi? Yo ma’jun aralashdimi? 
— Ovqatda bir sir bor! — dedi Bobur va yana ko‘ngli aynib, chinni toz ustiga engashdi. 
— Oshpaz taftish qilinsin! 
Shu payt qayladan yegan yana ikki mulozim Boburga o‘xshab qayt qilayotgani ma’lum 
bo‘ldi. Bakovullar qayla pishirgan Bahlulni tutib, saroyning eng qattiqqo‘l tergovchisiga 
topshirdilar. Tergovchi uni turli qiynoqlarga solib so‘roq qilishga kirishdi. 
Bobur tuni bo‘yi o‘lim bilan olishib chiqdi. Har qayt qilganda yurak-bag‘ri uzilib, 
parchalanib chiqayotganday og‘rir, goho nafasi ichiga tushib ketar edi. Tabib uning 
tepasidan ketmay: 
— Shifo topasiz, bardam bo‘ling! — deb tasalli berar edi. 
Tohir ham tabibga qarashib, tuni bo‘yi mijja qoqmay chiqdi. U Boburning boshini tutar, 
ter bosgan yuzini, bo‘yinlarini yelpir edi. Boburning zahar azobidan to‘lg‘anayotganini 
ko‘rgan sari, o‘zi ham zahar ichganday qiynalar edi. Tong payti Bobur alahsiraganday 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish