Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
283
ayirish yo‘q. Barcha ustalar avvalo xudoning, undan so‘ngra bizning himoyamizda 
bo‘lurlar! 
Koroniy ta’zim bilan: 
— Farmoni oliyga jonimiz fido! — dedi-da, otini burib, Agra tomonga yo‘l oldi. 
Boshqa bek va mulozimlar tobora kuchayib borayotgan issiqdan betoqat bo‘lib, daryoda 
langar tashlab turgan kemalarga qarab-qarab qo‘yishardi. Ular qurilishni ko‘rib 
bo‘lganlaridan keyin podshoh bilan birga shu kemalarga chiqib dam olishlari 
mumkinligini bilishardi. Shuning uchun qurilishga oid gaplar tugashini sabrsizlik bilan 
kutishmoqda edi. 
Lekin Bobur me’mordan bo‘lajak qasr bilan daryo oralig‘iga tushadigan marmar 
hammomning gumbazi va ichi qanday bo‘lishini so‘radi. 
— Ichi xuddi Samarqanddagi Ulug‘bek mirzo hammomidek sangfarsh qilinur, — dedi 
mavlono Fazliddin.— Lekin gumbazi mirzo hammomining gumbazidan xiyla ulug‘ bo‘lur. 
Devorlari qizil toshdan ishlanur... Marmarning bir xosiyati shuki, yozda muzdek salqinlik 
berur. 
— Bo‘lmasa, marmar imoratlarni tezroq quringki, biz bu jaziramada kuyib kul bo‘lmaylik! 
— dedi issiqdan bo‘g‘riqqan Kalonbek. 
— Marmar imoratlar tezroq bitsin desangiz, otdan tushib hashar qilishing, janob bek! — 
deb tegishdi mavlono. 
Bobur uning javobidan mamnun bo‘lib kuldi-da: 
— Qalay, mavlono, issiq o‘zingizni ko‘p qiynamadimi? — dedi. 
— Qiynasa ham chidaymiz-da. Mana shunday katta obidalarni Andijonda quramen deb, 
qurolmadim. Hirotda quramen deb, qurolmadim. Chizgan tarhlarim o‘ttiz yil sarg‘ayib 
yotdi. Qarangki, butun umr qilgan orzularim uzoq Agraga kelganimda ro‘yobga 
chiqadigan bo‘lib turibdir. Taqdiru nasibam shuni taqozo qilsa, issig‘i ko‘zimga 
ko‘rinurmi? Hindistoniy ustalar salqin tutadigan meva sharbatlariyu yengil taomlar 
yeyishar ekan. Men ham shunga o‘rgandim. Ertalab salqinda turib bir paxra* ishlaymen. 
Kun qiziganda bir paxra yotib dam olgaymen. Issiqning tafti pasaygach, yana bir paxra 
ishlagaymiz. 
— Biz bo‘lsak, ertayu kech sergo‘sht taomlar, qaziyu kaboblar yeyurmiz, — dedi Bobur 
Xo‘ja Kalonga qarab.— Yana bu yetmagandek, olovli maylar ichurmiz. 
Xo‘ja Kalon ot ustida oftobning tig‘ida turib shunday terlagan ediki, yuzi va 
peshonasidan sirqigan ter tomchilari mosh-guruch soqolidan oqib ko‘kragiga tommoqda 
edi. 
Boburning o‘zi ham har nafas olganda ichiga havo emas, olov kirayotganday bo‘lardi. U 
me’mor bilan gapini tugatgach, otini daryodagi kemalar tomonga burdi-yu, yeldirib 
ketdi. 
Otlar tez yurganda qarshidan shabada esganday bo‘lar va nafas olish yengillashar edi. 
Shuning uchun Boburning ketidan boshqalar ham otlarini tez hayday boshladilar. Shu 
tarzda daryo sohiliga yaqinlashar ekanlar, Xo‘ja Kalonning navkari mingan badaxshoniy 
qora ot surinib yiqilib tushdi. Badaxshonlik navkar oyog‘ini otning tagidan tortib oldi-da, 
yuganni silkitib, otini turg‘izmoqchi bo‘ldi. Og‘zidan qon aralash ko‘pik kelayotgan ot bir-
ikki talpinib ko‘rdi, lekin o‘rnidan turolmadi. 
— Buni ham oftob urdi! — dedi Xo‘ja Kalon alam bilan. — Koshki bu mamlakatda ot 
topish oson bo‘lsa! 
— Janobi bek, bir ot uchun muncha iztirob chekmang, men buyuray, navkarlaringiz 
bizning taviladan bir ot olsin, — dedi Bobur. 
— G‘oyat minnatdormen, hazratim! — dedi Xo‘ja Kalonbek. — Lekin gap faqat otda 
emas. Men bu o‘limda o‘z istiqbolimni ko‘rib iztirob chekmoqdamen! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish