Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
jipslashtirishga alohida e’tibor berar edi. U o‘z davrining eng zo‘r mafkurasi — diniy 
mafkura ekanligini yaxshi bilardi. Shuning uchun hozir o‘zi erishayotgan 
muvaffaqiyatlarni ham dinga va ilohiy kuchlarga bog‘lab gapira boshladi: 
— Bizning Samarqanddagi dushmanlarimiz yetti boshliq ajdarhoday zo‘r edi. Bu ajdarho 
ne-ne qo‘shinlarni komiga tortib yutib yuborgan. Ammo bizning imonimiz pok, niyatimiz 
xolis. Ollo taolo shu ajdarhoni inidan tortib chiqarib, bizning huzurimizga olib keldi. 
«Nima qilsang qil!» deb qo‘limizga berdi. Xudoning qudrati bilan Samarqanddek 
shaharning qopqalari bizga jangsiz ochildi! 
Samarqand urushsiz taslim bo‘layotganligi, uning podshohi va diniy rahbarlari o‘z 
oyoqlari bilan Shayboniyxon huzuriga kirib kelganligi naqadar ulkan bir zafar ekanini 
barcha a’yonlar go‘yo endi astoydil his qildilar. Bu zafarning xudo tomonidan berilganligi 
esa Shayboniyxonni ularning ko‘ziga xudoning nazari tushgan bir avliyo qilib ko‘rsatar 
edi. Shayboniyxon nafasi o‘tkir valiy bo‘lmasa, bu qadar murakkab, bu qadar qiyin ishni 
shunchalik donolik va ustalik bilan amalga oshirolarmidi? 
Mulla Abdurahim o‘rnidan sakrab turib: 
— Imomi zamonimiz ming yil umr ko‘rsinlar! — deb olqish aytdi. 
Boshqalar ham oyoqqa qalqdilar. Ustma-ust olqish yangradi: 
— Iskandari soniyga ofarin! 
— Hazrati valiyga ming rahmat! 
— Xalifai rahmon dunyo turguncha tursinlar! 
Hamma a’yonlar o‘rinlaridan turganlaridan keyin Sulton Ali mirzo bilan Xo‘ja Yahyo ham 
joylaridan ko‘tarildilar. Ammo ular tirik murdadek oyoqda zo‘rg‘a turishar edi. Agar hozir 
Shayboniyxon mana bu olqish aytayotganlarga bir og‘iz buyursa, ular Mirzo bilan Xo‘jani 
tilka-pora qilib tashlashlari aniq edi. 
Xonning ishorasi bilan olqishlar tindi, hamma joyiga qaytib o‘tirdi. 
— Manavi xo‘ja bilan mirzog‘a, — dedi Shayboniyxon, — ming azob berib o‘ldirsak 
haqqimiz bor. Biroq insofu imon qanchalik bo‘lishini bularga yana bir ko‘rsatib qo‘yaylik. 
Mayli, qonlaridan kechaylik, jonlari omon qolsin! 
Boyatdan beri o‘limni bo‘yinlariga olib, jonlaridan umid uzib o‘tirgan Mirzo bilan Xo‘ja 
endi birdan egilib, xonga minnatdorchilik bildirdilar. Xo‘ja Yahyoning ko‘ngli yumshab, 
ko‘ziga hatto yosh keldi: 
— Xudo umringizni bersin, xon hazratlari!.. 
— Biroq, — dedi xon ovozini ko‘tarib, — janob Xo‘ja Yahyo molu dunyoga hirs qo‘yib, 
tavfiqni unutgan. Imonlarini poklash uchun Makkai mukarramaga safar qilsinlar. Xo‘jaga 
ertalabgacha muhlat beramiz. Kerakli narsalarini yig‘ishtirib, ikki o‘g‘illari bilan birga 
hajga jo‘nasinlar. Ko‘pakbiy! 
— Labbay, xon hazratlari! 
— Xo‘ja Yahyoni o‘g‘illari bilan erta ertalab Samar-qanddan chiqarib qo‘yishni sizga 
topshirdik! 
— Bosh ustiga, xon hazratlari! 
— Mana bu yosh Mirzo, — deb Shayboniyxon Sulton Ali mirzoga qarab davom etdi, — 
bizga o‘g‘il tutingisi kelibdi. Mayli, dindan qaytganni yana din yo‘liga solish — savob ish. 
Shahzoda Temurxon uni o‘z odamlari qatoriga olsinlar. 
Otasiga yaqin o‘tirgan yigirma yoshli xushbichim Temurxon semiz Mirzoga nafratli bir 
nazar tashladi-yu, ammo xonga ta’zim qilib, buyruqni bajarajagini aytdi. 
— Yaxshi bo‘lsa oshini yer, — qo‘shib qo‘ydi Shayboniyxon, — yomon bo‘lsa boshini! 
Sulton Ali mirzo vaqtincha tirik qolayotganini ko‘p odam shu so‘zlardan sezdi. Endi pastki 
qavatda o‘tirgan Zuhra begimning taqdirini hal qilish kerak edi. 
Shayboniyxon bir vaqtlar Zuhra begimni juda go‘zal deb eshitib, «o‘zimga g‘unchachi* 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish