Bobolarimiz deydilar (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)



Download 23.2 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi23.2 Kb.
Bobolarimiz deydilar...(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg'ulotning maqsadi:O'quvchilarni ajdodlarimiz an'analarini hurmat qilish,e zozlash ruhida tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg'ularini singdirish.
Tarbiyaviy mashg'ulotning jihozi: rasmlar,plakat , A. Navoiy va Mirzo Bobur bobolarimiz rasmlari tasvirlari, kitoblar.
Tarbiyaviy mashg'ulotning borish:
I. Tashkiliy qism.
O'quvchilarning mashg'ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.O'quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish. 
II. O’tgan mavzuda o’quvchilar qanchalik o’zlashtirishga ega bo’lganliklarini aniqlash uchun savol –javob o’tkazish: Sinf ikki guruhga ajratiladi. ( Savollarga qaysi qator ko’p javob beradi? Aniqlab borish va g’olib guruhni aniqlash ) 
-Tarbiya nima? Bunda guruhlarga savollarga javob yozish vazifasi beriladi. 
( mehr – oqibat, hurmat, ahillik, oliyjanoblik, odob- axloq, to’g’riso’zlik, rostgo’ylik, oqko’ngillik, ... ) 



- Buxoriy bobomiz haqida so’rash
- Qaroqchilar boshlig’i nega tavba qildi?
III. Asosiy qism: Yangi mavzu: Bobolarimiz deydilar...(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

1-guruh: nomi:-“Alishe Navoiy”
2-guruh: nomi:- “Zahiriddin Muhammad Bobur”
O'qituvchi: - Mana, guruhlar bilan tanishib oldik. Endi ajdodlarimiz hayot yo'li va ularning qoldirgan merosi haqida bilganlaringizni aytib o'zaro bellashasiz.
1-guruh.
1- o'quvchi:
Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r.
Temur tig' i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher. (A.O)
2- o'quvchi:
-Buyuk bobomiz Alisher Navoiy chindan ham insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirgan shaxslardan biri, so'z mulkining sultoni.
3- o'quvchi:
Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug'ilganlar.
4- o'quvchi:
Yoshligidan kitobga mehr qo'ygan. Alisher odobli,zehni o'tkir, ko'plarning diqqat - e'tiborida bo'lgan.
5- o'quvchi:
Bobomiz bizga ko'plab g'azallar,dostonlar,ruboiylar va hikmatlarni meros qilib qoldirganlar.
2-guruh:
6- o'quvchi:
Siz-zobit,dastini cho'zgan dunyoga,
Siz- shoir, mangu bir alanga yoqqan.
Nainki bandalar,Sizning siymoga 
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.(A.O)
II guruh bobomiz Mirzo Bobur haqida o’z fikrlarini aytishdilar:
7- o'quvchi:
-Vatanining asl farzandi,adolatli shoh siymosi bo'lmish Mirzo Bobur 1483-yil 14- fevral kuni Andijon shahrida tavallud topganlar.

8- o'quvchi:
Ham shoh,ham shoir bobomizning yurt sog'inchida bitgan ruboiylar-u g'azallari Vatanni sevish, uni e'zozlashga undaydi.
9- o'quvchi:
Zahriddin Muhammad Bobur o'z davrida xalq manfaatini o'yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi.
10- o'quvchi:
Buyuk shoir o'z asarlari orqali odamlarni kamtarin, ko'rkam fazilatlar egasi bo'lishga da'vat etdi. O'quvchilar fikri umumlashtiriladi.
Bobolarimizdan meros bo'lib qolgan qanday hikmatli so'z, ruboiylar bilasiz?

1- guruh:
-Aytar so'zni ayt,aytmas so'zdan qayt.
-Vafosizda hayo yo'q,hayosizda vafo yo'q.
-Yigitlik chog'I yiqqil ilmu hunami,
Qarilik chog'I sarf qilgin oni.
2 - guruh:
-Har kimki,vafo qilsa-vafo topqusidur!
Har kimkijafo qilsa-jafo topqusidir!
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonloq hargiz,
Har kimki, yomon bo'lsa-jazo topqusidur!
III. Yakimiy qism. O’quvchilarning fikrlari to’ldirildi va o’qituvchi qo’shimcha ma’lumotlar asosida o’quvchilarning bilimlarini mustahkamladi.
Alisher Navoiy - Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug'ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o'tkazgan. Navoiyning otasi G'iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo'lgan. She'r zavqi va iste'dodi erta uyg'ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning "Mantiqut-tayr" asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste'dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e'tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta'lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo'lgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda 1483 yil 14- fevralda tug'ilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg'ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Zahiriddin Muhamad Bobur Farg'ona viloyati poytaxti Andijon shahrida ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo xonadonida dunyoga keldi. Umarshayx Amir Temurga evara - to'rtinchi (Abusaid Mirzo-Sulton Muhammad Mirzo-Mironshoh-Amir Temur) avlod edi. Onasi Qutlug'nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o'zbeklashgan mo'g'ul urug'idan bo'lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgandir. Otasining bevaqt vafotidan so'ng Bobur 12 yoshida taxtga chiqadi. 1497-yilda Bobur Samarqandni egallaydi. Biroq, Bobur o'z yaqinlarining xiyonati tufayli Samarqandni yuz kun deganda tashlab chiqib ketadi.
Mustahkamlash uchun savol – javob o’tkazish:
- Alisher Navoiy haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Alisher Navoiy aytgan hikmatli so’zlaridan yoddan ayting.
- Bobur Mirzo haqida nimalni bilib oldingiz?
- “ Boburnoma ” kitobida nimalar haqida yozilgan ekan? 
O'quvchilarni rag'batlantirish.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa