Hujjatchilik tarixi
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining
adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan
avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi
«hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga
ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiyiqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar
ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida
o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda
ko‘plab hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma,
qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng
tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish,
tasdiqlash va h.k. Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli
Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, ZahiriddinBoburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli
shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-
iyunda Peterburgga - Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va
boshqalarni eslab o‘tish mumkin. O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy
obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning
qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi.
O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida
munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
Hujjat – rasmiy uslub-da yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat standart talablariga ja-vob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni aniqlik,
ix-chamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ja-vob berishi kerak.
Hujjatlar matniga qo`yiladigan eng muhim talablardan yana biri – xolislik. Bu
talablarga javob bermay-digan hujjat chinakam hujjat bo`la olmaydi, bun-day hujjat
ish yuritish jara-yoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi
davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan
turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib
turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi
qonunlashtrilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei past edi.
Ma’lumki, tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib
boruvchilar “munshiy” (arabcha) deyilgan.
Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy
sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min
etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar
ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq
gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan
ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar
qo‘llanishi mumkin: ) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra
. . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . .
lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun
tashakkur e’lon qilinsin”; 5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib
yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k.
1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi:
Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuzi-ladigan va shu korxona
ichida foyda-laniladigan hujjatlardir. Bularga xo-dimning shaxsiy vara-qasi, majlis
bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish
mumkin:.
1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni
eslatamiz”;2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “. . . qaroriga
muvofiq ravishda . . .”3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod
kafolat beradi” va h.k.
O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillashaborgani sari, bunday qoliplashgan
birikmalar ham ko`payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni
tuzish va rasmiylashtirishishi ham bir qadar yengillashadi. Anashu qoliplashgan
birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi”
deydilar.
Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tash-kilot va ayrim shaxslardan keladigan
hujjatlardir. Bularga taklifnoma, ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolatxati,
tavsiyanoma va boshqalar kiradi.
Hujjat turlari va xususiyatlari
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi.
Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni
bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu
an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
2.Mazmuniga ko‘ra sodda vamurakkab hujjatlar farqlanadi:Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bulargaariza, e’lon,
tilxat, kafolatxativa boshqalar kiradi.
3.Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qolipli hujjatlar
farqlanadi.
Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun
bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat,
axborot xatlari va boshqalar kiradi.
Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga
yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki
«to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi
ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat
safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.
Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, birbiriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z
ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va
boshqalar kiradi.
Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga
shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.
4.Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:
Shaxsiy hujjat– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat
faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga
tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.
Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor
shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar
kiradi.javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.
Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat
tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa
tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |