Bob. Xalqaro auditorlik tasнkilotlari va kompaniyalari, ularning rivojlanish



Download 97,56 Kb.
bet2/5
Sana28.05.2022
Hajmi97,56 Kb.
#614256
1   2   3   4   5
Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari

Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi omadini asosiy omili nima bilan bog’liq ekanligini yaxshiroq tushunish uchun auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy kompaniyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik kompaniyalari ichida eng yiriklari quyidagilar:



Ular haqiqatan ham butun dunyoda obro’ qozongan monopolistlar bo’lib, sanab o’tilgan to’rtta firma jamlangan holda – xalqaro auditorlik-konsultatsion biznesning tan olingan va tajribali lideri hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan kompaniyalarning har biri turli mamlakatlarda ko’plab ofislarga ega bo’lib, ularning barchasi qasamyod qilgan buxgalterlar institutining a’zosi hisoblanadi. «Katta to’rtlik» yirik mijozlarning taxminan 90% iga xizmat ko’rsatadi. Bu firmalar yirik xalqaro loyihalarni bajarish imkoniga ega bo’lib, deyarli barcha turdagi konsultatsiya-auditorlik xizmatlarini ko’rsatadi. Agar o’z xodimlari etishmasa, boshqa firmalardan zarur mutaxassislari, shu jumladan, bunday loyihalarni bajarishda ishtirok etish uchun iqtisodiy-huquqiy xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo’lgan tadbirkorlar yoki u yoki bu mamlakatning hokimiyat xodimlari ham jalb qilinadi.Ammo ular ham G’arb mamlakatlarida butun auditorlik bozorini qamrab ololmaydi. Bunday yirik, jahon auditorlik faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydigan va transmilliy korporatsiyalar hisoblangan firmalardan tashqari, deyarli hamma mamlakatlarda o’rta firmalar hamda auditdan ajralib chiqqan autsayderlar mavjud. Bunday uncha katta bo’lmagan auditorlik firmalari davlat tomonidan qo’llab- quvvatlansa, ular yaxshi faoliyat ko’rsatadilar.
PricewaterhouseCoopers auditorlik kompaniyasi ikkita kompaniya - Price Waterhouse and Coopers & Lybrand birlashuvidan kelib chiqqan. 1849 yilda Samuel Prays Londonda o’z biznesini ochgan. 1854 yilda Uilyam Kuper Londonda kompaniyasi ishini yo’lga qo’ygan. Yillar davomida ular tomonidan tashkil qilingan firmalar o’z faoliyatini kengaytirib bordi. Va 1998 yilda Ushbu ikkala kompaniya birlashib, «PricewaterhouseCoopers» auditorlik kompaniyasi tashkil topdi. PricewaterhouseCoopers'ning 149 da davlatda 770 yaqin ofislari mavjud. Bosh ofisi AQShning New York shahrida joylashgan. «Prays Uoterxaus Kupers» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar:

  • umumiy audit;

  • bank auditi;

  • investitsiya muassasalari auditi;

  • konsalting va boshqalar.

1845 yilda 25 yoshli Uilyam Deloyt Londonda o’zining buxgalteriya firmasini ochgan. Georg Tush 1883 yilda Edinburg universitetini tugatib, buxgalter darajasiga erishgan. 1900 yilda u Jon Niven bilan birgalikda Nyu-Yorkda «Touch, Niven & Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
Nobuzo Tomatsu 1952 yilda 57 yoshida Londonda sertifikatlangan jamoatchi buxgalter maqomiga ega bo’lgan va xususiy korporatsiya ochgan. keyinchalik uchchala buxgalteriya kompaniyalari birlashib, «Deloitte and Touche Tohmatsu International» auditorlik kompaniyasining vujudga kelishiga asos bo’lgan. Deloyt Tush Tomasu kompaniyasi ilg'or auditorlik va konsalting kompaniyalar ichida MDX bozoriga birinchilardan bo'lib kirib keldi.2005-yilda Deloyt Tush Tomasu kompaniyasi qo'yidagi ofisalariga ega:Moskva, Sank-Peterburg va Yujno-Sahalinsk(Rossiya), Kiev(Ukraina), Minsk(Belarus), Tbilisi(Gruziya), Baku(Azorbayjon), Almata, Astana, Atirau(Qo'zog'iston), Bishkek(Qirg'iziston) va Toshkent(Oʻzbekiston).
«Deloitte va Touche» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar:

  • umumiy audit;

  • bank auditi;

  • konsalting va boshqalar.

A.S.Ernst va Artur Yang turli xil odamlardir. Yang 1863 yilda Shotlandiyada tug’ilgan va Glazgo Universitetini tugatgan. U 1906 yilda AQShning Chigako shahriga ko’chib borib, «Arthur Young & Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
A.S.Ernst 1881 yilda AQShning Klevelend shahrida tug’ilgan. 1903 yildan boshlab akasi Teodor bilan hamkorlikda buxgalteriya ishlari bilan shug’ullana boshlagan. Ernst akasi Teodor bilan birgalikda buxgalteriya firmasini ochib ish yuritgan. A.S.Ernst va Artur Yang hayotda bir-biri bilan uchrashmagan. Ikkalasi ham 1948 yilda vafot etgan. Ammo A.S.Ernst va Artur Yang ochgan buxgalteriya firmalari keyinchalik gurkirab rivojlangan va 1989 yilda ular birlashib, «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Kompaniya 2008-yilda BusinessWeek jurnalining "Karyerani boshlash uchun eng yaxshi joylar" yillik ro'yxatida 1-o'rinni egalladi.
2009 yilda kompaniya Fortune jurnalining 100 ta eng yaxshi ishlaydigan kompaniyalar ro'yxatida 44-o'rinni va Katta to'rtlikning birinchi o'rnini egalladi.
2012 yilda Great Place to Work® instituti (AQSh) EYni xalqaro kompaniyalar orasida eng yaxshi ish beruvchilar roʻyxatiga kiritdi (Dunyodagi eng yaxshi koʻp millatli ish joylari). Ushbu roʻyxat ikkinchi yildirki, mehnat sharoitlarini har yili oʻtkaziladigan eng yirik xalqaro oʻrganish natijalari asosida tuzilgan boʻlib, ushbu sohada yetakchi boʻlgan 25 ta xalqaro kompaniyani oʻz ichiga oladi.
2016 yilda EY Universum tomonidan dunyoning eng jozibador ish beruvchilari reytingida 3-oʻrinni egalladi.
2017-yilda EY Changellenge tomonidan yuqori salohiyatli talabalar uchun eng yaxshi “Katta toʻrtlik” ish beruvchisi sifatida eʼtirof etildi.
«Ernst va Yang» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar:

  • umumiy audit;

  • mulklar baholash va auditini o’tkazish;

  • sug’urta kompaniyalari auditi;

  • konsalting va boshqalar.

KPMG – auditorlik kompaniyasi asoschilari familiyasining bosh harflari qisqartmasidan olingan.
KPMG har yili Fortune jurnalining Amerika Qo'shma Shtatlaridagi eng yaxshi 100 ta ish beruvchi ro'yxatiga kiritiladi. 2014 yilgi reytingda u 63-o'rinni egallab, boshqa barcha yirik to'rtlik kompaniyalarini ortda qoldirdi. Har bir KPMG milliy ofisi Zug kantonida joylashgan Shveytsariya tashkiloti KPMG International kooperativining a'zosi bo'lgan mustaqil yuridik shaxsdir. 2003 yilda KPMG International o'zining huquqiy tuzilishini Shveytsariya assotsiatsiyasidan Shveytsariya qonunchiligi bo'yicha kooperativ jamiyatga o'zgartirdi. Kooperativ faqat o'ziga a'zo firmalarga yordam xizmatlarini ko'rsatadigan ushbu tuzilma boshqa professional xizmatlar tarmoqlariga o'xshaydi. O'z navbatida, a'zo firmalar oxirgi mijozga xizmat ko'rsatadilar. Maqsad har bir mustaqil a'zoning javobgarligini cheklashdir.
KPMG International quyidagi shaxslar tomonidan boshqariladi:

  • Uilyam (Bill) Tomas, KPMG International va Amerika raisi

  • Alan Bakl, KPMG International kompaniyasi vitse-prezidenti

  • Rolf Nonnenmaxer, Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Hindiston bo‘yicha rais

  • Hideyo Uchiyama, Osiyo va Okeaniya bo'yicha rais

Bill Tomas, KPMG Americas raisi bo'lib qolar ekan, 2017 yil oktyabr oyida Jahon raisligi lavozimini egalladi va hozirda Torontoda joylashgan.
«K» - Klinfeld. Pit Klinfeld Gollandiyada «Klynveld Kraayenhof & Co.» buxgalteriya firmasini ochgan va keyinchalik u Niderlandiyada KPMG nomi bilan ish boshlashida asos bo’lgan.
«P» - Pit. Uilyam Barklay Pit 1870 yilda Londonda «William Barclay Peat &
Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
«M» - Marvik. Djeyms Marvik Rodjer Mitchell bilan birgalikda 1897 yilda Nyu-Yorkda «Marwick, Mitchel & Co» buxgalteriya firmasini ochgan.
«G» - Gerdeler. Raynxard Gerdeler ko’p yillar davomida KMGni vakili bo’lib ishlagan. U KPMGni birlashishiga asos solgan. 1987 yilda PMI va KMG bitta kompaniyaga – KPMGga birlashgan.
«KPMJ» auditorlik kompaniyasining asosiy audit yo’nalishlari quyidagilar:

  • umumiy audit;

  • bank auditi;

  • birjalar va investitsiya muassasalari auditi;

  • sug’urta kompaniyalari auditi;

  • konsalting va boshqalar.

Auditorlik kompaniyalari aslida qanday ehtiyojlarni qondirishi va biznesdagi omadini asosiy omili nima bilan bog’liq ekanligini yaxshiroq tushunish uchun auditning rivojlanish tarixiga nazar tashlash lozim.
Audit, o’zining zamonaviy biznesdagi ma’no va mohiyatida qariyb yuz yildan ko’proq vaqt mobaynida mavjuddir. Auditning yuzaga kelishi kapitalizmning rivojlanishi, yirik kapitalning paydo bo’lishi va aktsionerlik jamiyatlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq. Aynan shu davrda korxonalarni boshqaruvchilari va egalarining manfaatlarini ajralishi ro’y berdi. Shuning bilan hisob yuritilishining to’g’riligini tekshiruvchi va bu xaqida kompaniya egalariga hisobot beruvchi mustaqil hakamga bo’lgan zarurat tug’ildi. Shu tarzda auditorlarning asosiy vazifasi korxonadagi moliyaviy hisob yuritilishining to’g’riligini tasdiqlash orqali mulkdor manfaat-larini himoya qilish bo’lib qoldi. Ammo auditorlar hisobning to’g’ri yuritilishini tekshirish to’g’risidagi bevosita hisobotdan tashqari ushbu hisobotga muayyan nomoddiy aktivni, aniqroq qilib aytganda, o’z mavqeini qo’shadi. Hozirgi kunda yuzlab auditorlik kompaniyalari auditorlik tekshiruvini o’tkazish metodikasiga ega, lekin umumtan olingan etakchilar bor-yo’g’i to’rtta. Ushbu kompaniyalar «Katta to’rtlik» nomi bilan tanilgan bo’lib, ular tarkibiga Pricewaterhouse Coopers, Deloitte, KPMG va Ernst & Young kompaniyalari kiradi. Xo’sh, nima sababli ushbu to’rt kompaniya boshqa auditorlik kompaniyalaridan keskin farq qiladi? Bizningcha, buning ikki sababi bor: birinchidan, bu ko’p yillik tajriba va orttirilgan mavqei; ik-kinchidan, bu kompaniyalarning xodimlari soni.
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining biznes mavqei o’n yillar davomida shakllangan bo’lib, ba’zilarining tarixi bir yarim asrga borib taqaladi. Pricewaterhouse Coopers kompaniyasi o’zining asosiy mahsulotlaridan biri obro’- e’tibori ekanligini chuqur anglagan holda, «Oskar» mukofotiga nomzodlar hisobini yuritish bo’yicha buyurtmani qo’lga kiritdi va bu bilan audit metodikalarining yangi bozorini ochib berdi. Dunyodagi yuzlab auditorlik kompaniyalari ham «Katta to’rtlik» kompaniyalaridan yomonroq xulosa berishadi deb bo’lmaydi, lekin ko’pchilik mijozlar ularning mavqei uchun ko’proq haq to’lashga rozi bo’lishadi.
Shunday to’xtamga kelish mumkinki, «Katta to’rtlik» kompaniyalarining har biri bo’yicha hisoblangan gudvil summasi bir necha milliard dollarni tashkil etishi muqarrar. Odatda, uchinchi tomonlar oldida o’z imidjini yaxshilashga uringan korxonalar quyidagi hollarda bunday kompaniyalarga auditni buyurtma qilishadi:

  1. Xalqaro fond bozorlariga chiqish;

  2. To’g’ri investitsiyalarni jalb qilish;

  3. Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish;

  4. Davlat tenderlarida ishtirok etish;

  5. Yangi bozorlarga chiqish va h.k.

«Katta to’rtlik» kompaniyalarining mavqei bunday buyurtmalarni olishga imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Yirik transmilliy kompaniyalar «Katta to’rtlik» kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini oshiradi, bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik kompaniyalari o’z mavqeini o’zining «kichik» byudjetli mijozlariga o’tkazadi. Auditorlik kompaniyasining xodimlari ishdan bo’shaganda kompaniya mavqeining bir qismini o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli tekshiruv sharti bilan, kompaniya mavqei «eskirmaydi» va «amortizatsiyalanmaydi».
Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan har qanday og’ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun «Katta to’rtlik» kompaniyalariga qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya.
Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning tobora kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash ketishini kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida auditorlik kompaniyasini tanlashi mumkin. Chunki, ko’pchilik kompaniyalar uchun aynan PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki «Katta to’rtlik» kompaniyalaridan birining xulosasi kerak.
Xalqaro auditorlik tashkilotlarining faoliyati






Download 97,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish