Bob. Xalqaro auditorlik tasнkilotlari va kompaniyalari, ularning rivojlanish



Download 97,56 Kb.
bet3/5
Sana28.05.2022
Hajmi97,56 Kb.
#614256
1   2   3   4   5
Xalqaro auditorlik tashkilotining nomi

Yalpi tushum 2012 yil
(mlrd. doll.)

2012 yilda mutaxassislar soni

1.

Deloitte

50,2

345 374

2.

PricewaterhouseCoopers

45,1

295 371

3.

Ernst & Young

40

312 250

4.

KPMG

32,1

236 000

Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan 2001 yil avgust oyida “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun imzolandi va Rossiyadagi “qonunsiz” auditorlik faoliyatining 14 yillik rivojlanishi tugadi. 2008 yil dekabr oyida shu qonunga o’zgartirishlar kiritilib yangi qonun imzolandi


Ushbu davrni tahlil qilar ekanmiz, shuni aytish kerakki, normativ boshqarish tizimi asosida amal qilib kelayotgan auditorlik faoliyati auditorlik kasbining Rossiyada va xalqaro miqyosda boshlang’ich rivojlanishini etarli darajada ta’minladi. Birinchi “audit” tushunchasi sobiq Ittifoq Ministrlar Kengashining 13.01.1987 yildagi № 47 Farmonida keltirib o’tilgan bo’lib, unda “qo’shma korxonalarda soliq solish to’g’riligini aniqlashda, ularning moliya-xo’jalik va tijorat faoliyatlarini tekshirish” lozimligi ko’rib chiqilgan.
Besh yil mobaynida bir nechta farmonlar asosida tartibga solinishi oqibatida auditorlik faoliyati rivojlandi. 1992 yilda Rossiya Federatsiyasining Yuqori Kengashi tomonidan ikki o’qishda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun loyihasi qabul qilindi. Lekin shu payt yuzaga kelgan siyosiy inqiroz oqibatida Qonun Prezident tomonidan tasdiqlanmay qolib ketdi.
1993 yilda Prezident qarori asosida “Rossiya Federatsiyasidagi auditorlik faoliyatining vaqtinchalik qoidalari” amal qila boshladi va uning amal qilishi sakkiz yilga cho’zilib ketdi.
1995 yildan boshlab auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun ustida ishlash yangidan boshlandi va juda sekin - 5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida audit mustahkamlanib, yirik auditorlik firmalari vujudga keldi, davlat moliya organlarining ularni tartibga solish talabi yuzaga kela boshladi, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalari ishlab chiqila boshlandi.
1999 yil o’rtalarida davlat moliya tizimi asosida tayyorlangan qonun loyihasi hech qanaqa muhokamasiz va hech kimning tashabbusisiz yana 2 ta mavhum loyihalar bilan birgalikda Davlat Dumasida edi.
Qonun ustida ishlash faqat, u kelgusida davlatning iqtisodiy dasturlari rivojlanishida muhim deb sanalalgan hujjatlar tarkibiga kiritilgandan keyingina jadallashdi. 2000 yil aprelda qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilindi.
Rossiya auditorlar kasbdoshlari (mutaxassislar) va auditorlar hamda konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan ko’tarilgan qonun muhokamasi butun Rossiya Federatsiyasi bo’yicha davom etdi. Ular auditorlik tashkilotlari va turli auditorlik qatlamlarining fikr-mulohazalarini yig’ib borishdi.Ular tomonidan yig’ib borilayotgan fikrlar, taklif-mulohazalar va ma’lumotlar internet saytlarida bevosita yoritilib borilardi: http://www.rka.org.ru/ va http://www.nfca.ru/. Ushbu saytlarda, shuningdek, yuqoridagi 2 ta birlashmaning (RAK) va (AKMF), muhokamasida bo’layotgan qonun loyihasiga o’zgartishlar va tuzatishlar kiritish ustidagi ishlari kuzatilib borilardi.
Qonun loyihasiga kiritilayotgan tuzatishlarni umumlashtirish maqsadida, Davlat Dumasi qoshida 200 kishidan iborat Ekspertlar Kengashi tashkil etildi. Lekin ular biror marta ham to’liqligicha yig’ilishmadi. Amaldagi auditorlar va auditorlik birlashmalari vakillari esa, ushbu organ faoliyatiga jalb qilinmas edi. Oqibatda, qonun loyihasi yuzasidan vujudga kelgan taklif va mulohazalar hisobga olinmay qolib ketdi. Rossiya auditorlar kasbdoshlari(mutaxassislar) va auditorlar hamda konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunni qayta ishlab chiqish yuzasidan takliflar tushdi. Ushbu Qonunda ko’plab kamchiliklar mavjud edi. Ushbu Qonun Rossiya Federatsisining Fuqarolik kodeksiga, Federal qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga zid edi. Shu bilan birga, Qonunda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan berilgan № PR- 1160,07.06.2000 yildagi xulosasidagi ayrim ogohlantirishlar ham inobatga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, Qonun loyihasi butun jahon qabul qilgan mustaqillik va konfidentsiallik tamoyillariga zid kelishini ham aytib o’tish lozim.
2001 yilning 13 iyulda bahorgi sessiyalaridan birida, Davlat Dumasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Federal Qonunni qabul qildi. 20 iyulda Qonun muhokamasi Federatsiya Kengashidan o’tdi va 7 avgustda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan imzolandi. 2001 yil 9 avgustda esa “Rossiya gazetasi” da Qonun rasman bosib chiqarildi.
Qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bosilib chiqqandan so’ng, endi uning pozitiv tomonlari ko’rina boshlandi.
Shunga qaramasdan, Qonunga ayrim tuzatishlar va aniqliklar kiritish talab etiladi, bu esa Rossiyadagi mustaqil auditorlik institutlarining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatishi aniq.
Qonunning kamchiliklariga to’xtab o’tadigan bo’lsak:

      1. Qonunning qabul qilinishi cho’zilib ketishi auditorlik faoliyati tamoyillarining ma’naviy eskirishiga olib keldi. Bu vaqt mobaynida ko’pgina rejalar o’zgardi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish dasturi qabul qilindi, Rossiya Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishliligini e’lon kildi. Shuning uchun, Qonunga kerakli kontseptual tuzatishlar kiritish zarur bo’lib qoldi;

      2. Qonunda ikkita - “audit” va “auditorlik faoliyati” atamalari aralashtirib yuborilgan va uslubiy jihatdan noto’g’ri yondashilgan. Bular o’z boshqaruv mexanizmlariga ega va butunlay turli iqtisodiy tushunchalardir.

Audit – bu moliyaviy hisobotning to’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan mustaqil tekshiruvdir.
Auditorlik faoliyati esa – bu audit tekshiruvini o’tkazishning tadbirkorlik faoliyatlaridan biri.

      1. Qonunda Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik standartlari, qoidalarini qo’llash talab etilgan. Audit ishini rejalashtirish va hujjatlashtirishda, auditorlik hisobotini tayyorlashda va auditorlik xulosasini taqdim etishda ham Federal organ tomonidan tasdiqlangan audit standartlarini qo’llash talab etilgan. Bu Qonunda audit faoliyatini olib borishda auditorlik ish usullarini mustaqil tanlash tamoyili mavjud emas. Shuningdek, Federal organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarni qo’llash oqibatida, auditor yoki mijozga etkazilgan zarar Federal organ javobgarligiga o’tkazilishi keltirilmagan;

      2. Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik faoliyati standartlari, qoidalari Xalkaro Buxgalterlar Federatsiyasi tomonidan qabul qilingan va ko’pgina jahon mamlakatlarida qo’llash tavsiya qilingan Xalqaro Auditorlik Standartlari bilan bir qancha tafovutlar mavjud.

Federal organ tasdiqlagan standartlarni qo’llash majburligi, Rossiya auditorlarining chet el korxonalari, qo’shma korxonalarni audit tekshiruvini o’tkazishni cheklab qo’yadi. Oqibatda, chet el korxonalari va qo’shma korxonalar chet el auditorlik kompaniyalariga murojaat qilishga majbur bo’lib qolishadi. Sababi, ular xalqaro normalar doirasida ish olib borishadi.

      1. Federal organ tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik standartlarini qo’llash majburligiga ega Qonun normalari “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash haqida”gi Rossiya Federatsiyasining qonuni moddalariga zid keladi. Chunki unda qo’shimcha litsenziya olish talablari keltirilgan bo’lib, “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash hakida”gi Rossiya Federatsiyasining qonunining moddalarini inkor etadi.

      2. Qonunda Rossiya auditorlik standartlari bilan Xalqaro Auditorlik Standartlari o’rtasida o’zaro tafovut muammosi hali ham javobsiz qolmoqda. Chunki Rossiya iqtisodiyoti chet el investitsiyasi oqimi bilan chambarchas bog’liq.

Rossiya Federatsiyasining bozor iqtisodiyotiga o'tishi bilan biznes uchun bozor sharoitlari bir qator huquqiy hujjatlarning tiklanishi auditning moliyaviy institutini o'z ichiga olgan muassasalardir. Shu munosabat bilan, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos keladigan auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmi ishlab chiqildi;
Auditning huquqiy institutini rivojlantirishda "Auditorlik faoliyati to'g'risida" gi 119-FZ-sonli Federal qonuni asosiy rolni o'ynadi. Biroq amalga oshirilgan tarkibiy islohotlar mamlakat jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi qonunchilikni modernizatsiya qilishni talab qildi. Yuqorida qayd etilgan Federal qonun 2008 yil 30 dekabrdagi 307-sonli Federal qonun bilan almashtirildi.
307-sonli "Auditorlik faoliyati to'g'risida" gi Federal qonunida aytilishicha Litsenziyalash auditorlik tashkilotlari va auditorlarning o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlarga majburiy a'zoligi bilan almashtiriladi. Shu sababli, ushbu Federal qonunning qabul qilinishi "Auditorlik to'g'risida" qaytarib bo'lmaydigan shakllanishini tasdiqladi Rossiya Federatsiyasining auditi va yaratilgan keyingi o'zgarishlar istiqbollari huquqiy tartibga soluvchi audit sohasi hisoblanadi. Rag'batlantirish mexanizmi davlat tomonidan tartibga solish usullarini takomillashtirish bilan birgalikda audit sohasida o‘z-o‘zini tartibga solish, taqdim etilayotgan auditorlik xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
.Bugungi kunga kelib, o'z-o'zini tartibga soluvchi auditorlik tashkilotlarining rolini kuchaytirish uchun shart-sharoitlar ishlab chiqilgan, ammo ko'plab masalalar ochiqligicha qolmoqda va ular puxta tahlil qilishni talab qiladi. Boshqa faoliyat tajribasini o'rganar ekan, shuni ta'kidlash kerakki o'z-o'zini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqishga vaqt talab etiladi, shuningdek professional jamiyat va davlat vakillarining jiddiy va konstruktiv ishini talab qiladi.

Download 97,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish