Bob va paragrflarning nomlanishi Betlar


Milliy g'oyani o’rganish, milliy g'urur va ajdodlarga munosib voris bo’lish



Download 52,23 Kb.
bet5/7
Sana11.07.2022
Hajmi52,23 Kb.
#774114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy g‘oya targiboti KURS ISHI

2.2.Milliy g'oyani o’rganish, milliy g'urur va ajdodlarga munosib voris bo’lish.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
Ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.6
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan demokratik islohotlar, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, milliy va diniy qadriyatlarimizning hamda boy ma’naviy merosimizning tiklanishiga doyr tari­xiy yutuqlarimiz aholining barcha qatlamlarida g’urur, if­tixor hissini shakllantiradi, ularni «elim deb, yurtim deb» yonib yashashga da’vat etadi. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, xalqaro muammolarni bartaraf etish borasida sa’y-harakatlari, xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli hamkor likning yo’lga qo’yilishi va milliy rivojlanish masalalariga bag’ishlangan mavzularda ham yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyalari singdiriladi. O’zbek tili va adabiyoti bo’yicha milliy istiqlol g’oyasini talabalarga singdirishda milliy g’oya tarixidan maxsus ma’ruzalar o’tish vaqtida milliy mafkuraning tarixiy-ma’naviy ildizlarining yuzaga kelishi jarayoniga e’tibor berish lozim. Bunda qomusiy siymolar faoliyati va merosida aks etgan milliy istiqlol g’oyasi bilan bog’liq hodisalarni alohida ta’kidlash zurur. Masalan, Alisher Navoiy ijodini bunyodkorlik g’oyalari asosida tushuntirish mumkin. Ushbu yo’nalishda XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati va uning namoyondalari tomonidan milliy istiqlol ma-salasining kun tartibiga qo’yilishi hamda uni amalga oshi-rishning dastur-yo’nalishlari ishlab chiqilganligiga ahamiyat qaratish lozim. Utgan asrning 20-30 yillarida sho’rolar tomo­nidan milliy istiqlol tarafdorlari bo’lgan jadidchilik va boshqa taraqqiyparvar kuchlarning qatag’on qilingani hamda uning xunuk oqibatlari haqida ma’lumot berilishi kerak. Milliy tuyg’uni xalqqa singdirmay turib, milliy istiqlol g’oyasini anglatib bo’lmaydi. Shunday ekan, milliy tuyg’uni shakllantirishda adabiyot va san’atning imkoniyatlaridan keng foydalanishni aslo unutmaslik zarur. Milliy istiqlol g’oyasini davlat tili hamda til istiqlolisiz amalga oshirish murakkabligini hisobga olib, davlat tilida ish yuritish mamlakat aholisining millatidan qat’i nazar, har bir kishining kundalik faoliyatiga aylanishi lozim. Til istiqloli yillar davomida tilimizga o’rnashib qolgan chet so’zlarni isloh qilish, milliy tildan ongli ravishda istifoda qilish muammolari ham milliy istiqlol hodisasi bilan muayyan bog’liqlikda o’rganilishi lozim. Ta’lim rus tilida olib boriladigan o’quv muassasalarida o’zbek tili va adabiyotini ko’proq qiyosiy tahlil qilish lo­zim. Rus tili va adabiyoti mutaxassislarini milliy g’oya va istiqlol mafkurasi bo’yicha malakalarini oshirish va qayta tayyorlash o’ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. Bu jarayonda turli millat va xalqlarning milliy g’ururi va iftixori tuyg’ularini hurmat qilgan holda ish yuritish kerak. Bunda turli millatlarning tili va adabiyoti, ularning millat taraqqiyotidagi o’rni hamda roli ko’rsatilgan holda milliy istiqlol g’oyasiga mos keladigan adabiy materiallar tahlili orqali ularga g’oya va mafkurani singdirish zarur. 
Milliy istiqlol g’oyasi bo’yicha kadrlar tayyorlashni takomillashtirish yuzasidan quyidagi mavzular tavsiya qilinadi:7 

  1. Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy-ma’naviy ildizlari («Adabiyot nazariyasi va o’zbek mumtoz adabiyoti» misolida); 

  2. Yangi o’zbek adabiyoti manbalari orqali milliy istiqlol g’oyasini singdirish («Yangi o’zbek adabiyoti muammolari» fani bo’yicha XX asr boshidagi jadidchilik va jadid adabi­yoti muammolarini yoritish misolida); 

  3. Istiqlol davrida yaratilgan she’riy, nasriy va dramatik asarlar misolida milliy tuyg’uni shakllantirish va istiqlol g’oyalarini singdirishga xizmat qilishi maqsadida «Istiqlol davri o’zbek adabiyoti» mavzuidan maxsus kurs o’tilishini ta’minlash; 

  4. «Davlat tili va milliy til istiqloli» mavzuida («O’zbek tilshunosligi va til tarixi» kursidan) maxsus ma’ruza tayyorlash. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning g’oyaviy salohiyatidan to’laroq foydalanish zarurati

«Milliy istiqlol g’oyasi» fani masalalarini talabalarga tushuntirishda kishilar hayotini to’la o’rganadigan ijtimoiy imkoniyatlaridan foydalanish lozim. 
Ma’naviyat asoslari o’quv predmetida inson ichki dunyosi tarkibiga kiruvchi unsurlar — sub’ektivlik va ideallik, insoniyatning o’z-o’zini anglash shakli, ijtimoiy tajribaning ichki o’zlashtirilishi, inson ijodiyligi mazmuni, mentaliteti mohiyati — bular alohida olingan millatga tegishli g’oyalardan boshqa narsa emas. SHuning uchun bu fanning qariyb barcha mavzulari milliy istiqlol g’oyasi asosida talabalar ongiga singdirilishi mumkin. Siyosatshunoslik fani orqali milliy g’oya masalalarini mazkur predmetning bahs mavzulari doirasini aniqlashdan tortib, uning barcha aniq mavzularini qamrab oladi. Predmetga qarab chiqiladigan siyosiy-huquqiy, siyosiy-madaniy, Davlatchilik jihatlari, ichki va tashqi siyosat masalalarida millat, uning g’oyaviy qiyofasi haqida gap boradi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti o’quv predmetida mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot yaratish va umuminsoniy qadriyatlarni ifodalaydigan kuchli, huquqiy demokratii davlat, odil fuqarolik jamiyati qurish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi o’rganiladi. Ko’rinadiki, bu pred­met mavzulari ham milliy istiqlol g’oyalarini yoritishda qo’shimcha imkoniyat yaratadi. Milliy istiqlol g’oyasi tushuncha va tamoyillarini chuqurroq o’zlashtirishni iqtisodiyot nazariyasi fanida ham o’rganish hamda tahlil etish zarur. Bunda, ayniqsa, hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurini shakllantirish masalalariga e’tibor berish lozim. CHunki, iqtisodiyotimizda sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar, shu bilan birga, mavjud muayyan qiyinchiliklar bo’yicha yondashuvlarni mustaqil aniqlashlari, amaliy faoliyatga tayyor bo’lishlari uchun mulohaza yuritish milliy iqtisodiy rivojlanishning turli kontseptsiyalarini baholay olishlari lozim. Mamlakatimizning o’ziga xos rivojlanish yo’li - o’zbek modelini iqtisodiy jihatdan tushuntirish orqali milliy g’oyani singdirish imkoniyati, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasida beqiyosdir. «Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz, -deydi Yurtboshimiz, - respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlari, an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tmishdagi iqtisodiyotimiz biryoqlama, beso’naqay rivojlanishiga barham berishga asoslanadi».8 
Yoshlarning milliy qadriyatlarna munosabati, milliy g’oya asosida erkin hayot, obod va ozod Vatan qurish yo`lidagi harakatlari, maqsad va manfaatlarini umumlashtiradigan tahlil etadigan, shu g’oyalarni boyitish va ishonch e`tiqodga aylantirish bilan bog’liq. Bu ishni yo`lga qo`ymoq uchun to`rtta masalaga alohida e`tibor berish lozim va zarurligi ko`rsatilgan.
Birinchidan, mavjud vaziyatni, yaqin istiqbolimizning rivojlanish tamoyillarini, kerak bo`lsa, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis o`rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to`la foydalanish zarur.
Ikkinchidan, shiddatli sur`atlarda o`zgarayotgan, to`xtovsiz yangilanayotgan zamon, hayotimizda muttasil ravishda ro`y berib turgan voqea, hodisa va jarayonlar, O`Zbekiston davlat mustaqilligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma`naviy zaminlarini bundan-da mustahkamlash va barqarorlashtirishga bo`lgan talab va ehtiyojlar ma`naviy – ma`rifiy mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, umumiy maqsad yo`lida safarbar etish.
Uchinchidan, milliy g’oyaning kuchi bir tomondan ma`rifat-targ’ibot ishlari, uning samaradorligiga bog’liq bo`lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning munosabatlariga fikrga fikr bilan, g’oyaga g’oya bilan javob bera olish, uni qanday hal etayotganliklariga bevosita bog’liqdir. Millat ravnaqi, Vatanga kerak bo`lsa jonini jabborga berib faoliyat ko`rsatadigan yoshlar bo`lmasa, milliy istiqlol g’oyasida ko`zda tutilgan maqsadlarga erishib bo`lmaydi Bu yoshlarda milliy g’ururni baland bo`lishni taqozo etadi.
Millat taraqqiyoti, ma`naviyati va ma`lumoti yuksak bilimli yoshlarga bog’liq. Aks holda yoshlarning manqurtlik va faqat pulga sajda qiluvchi arzon ishchi kuchiga aylanib qolish xavfi tuziladi. Millatning istiqboli arzon-garovga o`z kuchini sotadigan evaziga emas, aksincha, moddiy va ma`naviy mehnati salohiyati yuksak qadrlanadigan kishilar, o`z hayotini ijodiy va jamiyat taraqqiyotida ijobiy rol` o‘ynaydigan mehnat asosida qurgan yoshlarga bog’liq.
Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne`mati o`zligimizni anglab etish bo`ldi. O’zlikni anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g’oya, milliy mafkuradan bahramand bo`lishidir.
Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo`lgan ichki ixtiloflarning oldini olid va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi.
Yoshlar ongi va tafakkurida o`zgarish kuchaygan ekan, ular o`z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog’liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. Har bir sohada o`zgarishlar, yutuq va muvaffaqiyatlar kun sayin ko`payib, kengayib borayotgan ekan, mafkura sohasida endi ish kelmaydi, hamma narsa o`ylaganimizday davom etib boraveradi, deyish to`g’rimi? Albatta, yo`q. Negaki, dunyoda muammo bir hududda yashamayotganimiz mavjudligi, mafkuradek nozik ma`naviy jarayonning uzluksiz o`sish va o`zgarishda bo`lishini taqozo etadi. “Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga” urinishlar salanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo`lmaslik kerakligini nazarda tutmay iloj yo`q. Demak, mafkuraviy taxdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o`ylashga undaydi. G’oyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko`zga tashlanmasligi mumkin. Chunki, g’oya inson ongi, Tafakkurida shakllanadi. Shunga binoan, ongni tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish ularga yo`l qo`ymaslik zarur.Hozirgi davr uchun dolzarb va asosiy hisoblangan, milliy g’oya tamoyillari millat tarixi va uni idrok etish darajasiga bog’liq bo`ladi. Chunki milliy g’oya osmondan tushmaydi, u erda yurgan odamlarning qalbida, shuurida etilib, shu er, shu zamin, shu Vatan xizmati uchun qaratilgandagina uning ahamiyati va mavqei ham ortib boradi.Milliy g’oyaning yoshlar ongidan chuqur o`rin olganligini aniqlashning asosiy mezoni shu aziz Vatanimiz, shu aziz xalqimiz qadriyatlari barchamizniki, bu Vatan, bu millat uchun yashash va uning istiqboli uchun halol va pok mehnat qilish baxt ekanligini qanchalik his qilishlaridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asarida “Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson tarix saboqlari insonni xushyorlikka o`rgatadi. O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi” deb ta`kidlaganlar.
Demak, tarixni bilmasdan, yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma`naviyatga erishish mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida millatimiz ongiga shunday g’oya singdirildiki, u o`z yurtida boshini baland ko`tarib yurishi taqiqlangan edi. Xalqimizning shunday ahvolga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri – uning tarixiy xotirasidan judo bo`lishi edi. Milliy g’oya xalqimizga nafaqat o`z tarixini odilona, ob`ektiv va xolisona o`rganish imkoniyatini yaratadi, balki Millat sifatida shakllanish davridagi murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko`rsatib beradi. Chunki, millat g’oya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug’ alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o`gitlaridan, bunyodkor g’oyalaridan, yashash iboratidan ozuqa olgan.
Shuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai deyiladi. Dono xalqimizning “Etti pushtingni bilgin – degan o`gitlari bekorga kelib chiqmagan. Shuning uchun ham qadimgi Sharq donishmandlari insonni gavdasi oldinga, yuzi esa ortga qaratgan holda tasvirlaganlar. Ya`ni, ularning nazdida insoniyat kelajak sari intilar ekan, o`tmishni doimo yodda saqlamog’i shart. Bu ko`hna haqiqatni teran anglagan Birinchi prezident I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o`zlikni anglashni ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g’oyat muhim o`rin tutadi”9, deb ta`kidlaydi.
Tarixiy xotira millatga kuch-qudrat bag’ishlaydi, hayotning og’ir sinovlarini munosib engib o`tishga, o`zligini saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun ham o`zga xalqlarni tobe etishga uringan bosqinchilar xalqni ana shu qudrat manbaidan ayirishga, shahar va tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari va ajdodlarning ma`naviy-merosidan mahrum etish orqali tarixiy xotirasini zaiflashtirishga harakat qilganlar. Demak, jamiyat hayotida bunyodkor g’oyalarga tayansagina, taraqqiyotga erishadi. Ma`naviy jihatdan yuksaladi. Bunyodkor g’oyalar madaniy meros va tarixiy xotiraga tayanadi.
Inson “Bir parcha go`sht” bo`lib dunyoga keladi va u dastlab tabiiy instinktlar bilan yashaydi. Sekin – asta yashaydigan oila muhiti, keyinroq mahalla, ta`lim olgan bilim dargohi, jamiyat ta`sirida inson dunyoqarashi shakllanadi, shaxsga aylanib boradi. Jamiyatdan tashqarida esa, u hayvonot dunyosining boshqa vakillaridan unchalik farq ham qilmaydigan, o`zligini anglashga qodir bo`lmagan oddiy jozodligiga qoladi. Jamiyatdan tashqarida o`zining insoniy sifatlarini saqlab qolgan Robinzon Kruzo yoki Maugli kabi adabiy qahramonlar faqat hayolat mahsulidir.
Mashhur ingliz yozuvchisi Doniel` Defoni Robinzon obrazini yaratishga turtki bergan real shaxs – Aleksandr sel`kirk tarixi bunga yorqin misol bo`la oladi. O`zi bilan ziddiyatga borgan bu matrosni kema kapitani kimsasiz orolga tushirib qoldiradi. U atiga 4 yildan ko`proq vaqtni yolg’izlikda o`tkazadi. Ammo shu qisqa vaqt ichidayoq u odamdek so`zlashni, muomala qilishni unutadi, bir so`z bilan aytganda, butkul insoniy qiyofasini yo`qotadi.10
Demak kishining inson martabasiga erishmog’i, o`zligini topishida ma`naviy – ijtimoiy muhit va jamiyatda orttirgan tajribasi, bilimlari. Tarbiyasi muhimdir. Inson tafakkuriga oila, jamiyatdagi tarixiy shart-sharoit, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy holatlar o`z ta`sirini ko`rsatar ekan, uning o`zligini – milliy o`zlikni anglashda ta`lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya katta. “Faqatgina chinakam ma`rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib, obro`li o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.
Shuning uchun ham, milliy g’oya voqelikka aylanishi, taraqqiyotga xizmat qilishi uchun milliy ma`naviy tiklanish zamirida fuqarolarimiz ongu-tafakkurini o`stirish zarur.
XULOSA
Ma’naviyat va milliy g‘oya bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uzviy jarayondir. Biz yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan fuqarolar bilangina yangi jamiyat qurishimiz mumkin. YAngicha dunyoqarashni shakllantirishda bugungi kunda Milliy g‘oyaning o‘z o‘rni va roli bor. CHunki milliy g‘oyada yurt tinchligi, vatanparvarlik, komil inson, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, xalq farovonligi kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan g‘oyalar ilgari surilgan. Demak, ushbu g‘oya asosida yoshlarning qalbida ezgulik, vatanparvarlik, komillikka intilish, vatanni sevish, tinchlikni qadrlash kabi tuyg‘ularni qaror toptirish imkoniyati kattadir. 
Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz. Milliy g‘oya ma’naviyatimizning ajralmas qismi.Milliy g‘oya millat va davlat taraqqiyoti uchun ma’naviy asos, millat va davlat manfaatlari mushtarakligining o‘ziga xos ifodasidir. 
Milliy g‘oya negizida yotgan ma’naviy omillar bir necha tizimdan iborat. Eng birinchi tizim bu – millatning o‘zligini anglash darajasi bilan bog‘liq tuyg‘ular, tushunchalar, baholar, qarashlar, ideallardir. 
O‘zligini anglamagan xalqda hech qachon milliy g‘oya shakllanmaydi. Ma’naviyat kishilik jamiyatining oliy maqsad va qadriyatlari bilan belgilanadi. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashiga asoslangan ma’naviyat eng oliy qadriyat mo‘ljallarini o‘z ichiga oladi. Milliy g’oya – millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongni yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o`zagidir. Turli xalqlarning milliy g’oyasi ularning maqsad-muddaolarini orzu-umidi va ishonch-e`tiqodini ifodalaydi. Ayni paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarix saboqlari guvohlik berishicha, o`tkinchi manfaat va g’oliz niyatlarga tayangan, o`zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko`zlagan yovuz g’oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan.
Faqat ezgu g’oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g’oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan.
O`zbek oilalarida uch-to`rt, hatto besh avlod vakillari o`zaro ahillikda, bahamjihat umr kechiradilar. Har bir bug’ining o`z burchi va mas`uliyati, o`z erki va mavqei bor. Milliylik xalqning ruhiyati va ma`naviyati, ayniqsa, san`at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi joyda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat`iy nazar, jahonga taniladi, provardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.
Tarbiya va ta`limning milliy xususiyatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimida o`z o`rniga ega.



Download 52,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish