Bob va paragrflarning nomlanishi Betlar


II – BOB VATANIMIZ TARIXINI O’RGANISH ORQALI TALABALAR ONGI VA QALBIGA MILLIY G’OYANI SINGDIRISHNING O’RNI VA AHAMIYATI



Download 52,23 Kb.
bet4/7
Sana11.07.2022
Hajmi52,23 Kb.
#774114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy g‘oya targiboti KURS ISHI

II – BOB VATANIMIZ TARIXINI O’RGANISH ORQALI TALABALAR ONGI VA QALBIGA MILLIY G’OYANI SINGDIRISHNING O’RNI VA AHAMIYATI
2.1.Milliy g'oyaning tarixiy ildizlarini tarix fani orqali ôrganish va uni xalqning ishonch va e'tiqodiga aylantirish.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bir qator san’at arboblari, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida ushbu masalaning dolzarb ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. 2017 yil 31 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”5 gi qarori e’lon qilindi. Undan ko‘zlangan maqsad aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlarni takomillashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san’atning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashdir. Ushbu qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturda bir qator vazifalar belgilangan bo‘lib, ular orasida O‘zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash; yoshlarni san’at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoshalariga muntazam jalb etish, o‘zbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik didi va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, O‘zbekistonning yuksak madaniyati va san’atini xalqaro maydonda yanada keng targ‘ib etish, xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “SHarq taronalari” xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yoshlarni teatr va muzeylarga, konsert-tomosha tadbirlariga tizimli ravishda jalb etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik va madaniy darajasini yanada yuksaltirish kabi bir qator vazifalarning belgilanishi ham bejiz emas, albatta.
Darhaqiqat, milliy istiqlol g’oyasi dunyoni his etish, dunyoni anglash, dunyoni tushunish, hayratlanish darajalarida ham qarab chiqilishi mumkin. Milliy tillar ahamiyati to’g’risida gapirganda ham istiqlol g’oyasi masalalarining ma’lum jihatlari qamrab olinadi. Falsafaning boshqa muammolarga bag’ishlangan qismlarida ham milliy istiqlol g’oyasining ko’pgina qirralari ochiladi. Jumladan, fanning zamonaviy yutuqlaridan foydalanib, istiqlol g’oyasining milliy tamoyillari ko’rsatilishi mumkin. Shuningdek, milliy falsafa masalalari qarab chiqilganda, dunyo hamjamiyatida O’zbekistonning o’rni, mamlakatimizda barpo etilayotgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari, rivojlanishning o’zbek modeli mohiyati va boshqa qator masalalar yoritiladi. Vatan tarixini o’rganish talabalar ongi va qalbiga mil­liy istiqlol g’oyalarini singdirishning o’rni va ahamiyati kattadir. O’qitiladigan har bir mavzu milliy istiqlol g’oyasi bilan bevosita bog’likdir. Kirish qismidayoq ma’lum bo’ladiki, mustamlakachilik davrida xalqimiz tarixi soxtalashtirilgan, begona g’oyalar asosida yoritilgan, kommunistik maf-kuraning tashviqotchisiga aylantirilgan edi. Endigi vazifa Vatanimiz tarixini xalqimiz manfaati, milliy istiqlol g’oyasi qoida va tamoyillaridan kelib chiqan holda o’rgatishni tashkil etish lozim. O’zbekistan tarixi fanida birinchi prezidentimiz I. A.Karimovning «tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanini nazarda tutishimiz kerak! Xotirasiz barkamol inson bo’lmagani singari, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi». «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», degan nazariy qarashlari talabalarga singdiriladi. Mustaqillik davriga qadar yaratilgan tarixiy asarlar, o’quv qo’llanmalarida «O’zbek xalqi Ulug’ Oktyabr inqilobi g’alabasi natijasida ilk bor o’zining milliy davlatchiligini ko’rish imkoniga ega bo’ldi» degan soxta gaplar yozilgan. Islom Karimov bu o’ta jiddiy masalaga e’tibor qaratib, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida shunday deb yozadi: «O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan deb, orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, kerak bo’lsa, shu fikrni ongimizni singdirmoqchi bo’layotgan, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamislarning orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo’q deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yoritishdir». Xalqimizning o’zligini anglashi, avlod-ajdodi kimligi, nasl-nasabini bilishida sovet tarixnavisligi o’zbek xalqi ta­rixini XVI asrda O’rta Osiyoni bosib olgan Dashti Qipchoq xonlari tarixi bilan bog’lab yoritish va o’sha zamonda o’zbek nomi paydo bo’lgan deb ko’rsatishning xatoligi bugun barchaga sir emas. Shunday ekan, turkiy tilli xalqlarga mansub bo’lgan o’zbek xalqining avlod-ajdodlari qadim zamonlardayoq O’rta Osiyo hududida yashaganligini, o’zbek xalqi bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini unutmaslik lozim. Bu o’rinda Prezident Islom Karimovning «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirlarigacha nazar tashlaymiz» degan so’zlarining ma’no-mazmunini talabalarga tushuntirish zarur. IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan Uyg’onish davri, fan va madaniyat ravnaqi to’g’risida gapirilganda, ajdodlarimiz orasidau etishib chiqqan al-Xoraz-miy, Imom al-Buxoriy, al-Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Qoshqariy, Ahmad Yassaviy va boshqa allomalarning ilmiy-ma’naviy merosini tushuntirish, yoshlarda ilm-fanga intilish hissiyotlarini shakllantirish zarur. Zero ajdodlarimiz yaratgan buyuk ilmiy-ma’naviy meros yoshlar uchun ibrat maktabidir. Jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganidek, Pre­zident Islom Karimov tashabbusi bilan xalqaro maydonda Sohibqiron Amir Temur o’zining munosib o’rnini topdi, uning tarixiy xizmati qayta tan olindi. Amir Temur o’gitlari yoshlarimizni milliy o’zlikni anglashga, uning nomi va merosi bilan faxrlanishga, buyuk o’zbek an’analarining munosib davomchilari qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Turkistonning xonliklarga bo’linib ketish sabab va oqibatlari haqida to’xtalganda, uning XYII-XIX asrlar tarixi misolida odamlarning urug’chilik, mahalliychilik belgilari orqali bo’linib ketishi, ular o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, nizo, urushlar butun mamlakat, xalqning parchalanishiga, zaiflashishiga olib kelgani ko’rsatiladi. O’zbekistonda qariyb 130 yil davom etgan mustamlakachilik davriga doyr mavzularda xalqimizning mustamlakachi-lik zulmidan ozod bo’lishi Vatan hurligi uchun olib borilgan kurash misolida talabalarda avlodlarni qadrlash hissi shakllantiriladi. O’zbekistonga begona g’oya kirib kelgani, shovinistik siyosat yuritilgani, aholiga « bolshevizm »g’oyasini singdirish borasidagi urinishlar va ularning xunuk oqibatlari tushuntiriladi. 
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda boshlangan ma’rifatchilik harakati milliy istiqlolning tarixiy-ma’naviy ildizlari hisoblanadi. Bugun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy yuksalish u bilan o’zaro hamohangligi yoritiladi. O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilishining amalda tiklanishini yoritishda milliy mustaqillik xalqimizning asriy orzusi ekanligi, nihoyat, XXI asr bo’sag’asida shu muqaddas orzu ro’yobga chiqqanligi, jahon xaritasida yana bir mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil topganligi tushuntirilib, ularda milliy iftixor, milliy g’urur g’oyalari shakllantiriladi. Milliy g’urur – bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o`zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma`naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuqur o`rin oladi.
Milliy birdamlik tuyg’usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik etuk va mukammal ma`naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda to`laroq namoyon bo`ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftixor millat ma`naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o`z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma`naviy yutuqlar ko`paygan sari O`zbekiston bilan faxrlanish hissi kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas`uldirlar.Imonli odam risoladagi fuqarodir. Bu O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasiga, parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi. Biz kelajagimiz taqdirini ana shunday fidoyi insonlar, o`z ehtiyojlarini tafakkur tarozusida, imon ko`zgusidi idrok etadigan, nafs balosidan forig’ yoshlar qo`liga topshirishimiz lozim. Bu yoshlar har qancha g’ururlansa, faxrlansa arziydigan tarixi va qadriyatlari bor xalqga, millatga, Vataniga xizmat qilishni o`zlarining burchi deb qarashlari, shunday e`tiqodga ega bo`lishlari zarur. Shuning uchun yoshlarimizda milliy g’ururni tarbiyalash ishlarini har kuni va muntazam olib borish ular ma`naviyati yuksalishining garovidir. Yoshlarimizning har biri milliy g’urur va milliy iftixor tuyg’ularini o`zlari ham shakllantira oladilar.Milliy g’ururning o`tmish ajdodlarimiz merosini chayqovchilik qilib, ko`krakka mushtlab gerdayishdan farqi bor, albatta. Milliy g’urur quruq, men falonchi avlodiman, men pismandonchi merosxo`riman, deb ayyuhannos solishda yoki quruq maqtanishni emas, millat, Vatan, tarix va istiqbol uchun qayg’urishni, shaxsiy safarbarlikni, xalq, Vatan dardlariga darmon bo`lishni, ya`ni ma`naviy barkamollikni talab etadi.Milliy g’urur, avvalambor, har bir millat vakilining o`z xalqi tarixini, ma`naviy axloqiy qadriyatlari, istiqbolini bilishi va qadrlashi, shu bilan birgalikda, boshqa xalqlar va millatlarning ham milliy qadr-qimmatini, udumlari, tarixi, adabiyoti, san`ati va madaniyatini adolatli ravishda himoya qilish, chuqur his etish va o`rganish, hurmat qilish bilan bog’liq faxrlanish tuyg’usi bo`lgan millatning insoniy fazilatidir.



Download 52,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish