1.3. Amir Temurning ma`naviy va ma`rifiy qarashlari
Amir Temurning ma`naviy va ma`rifiy qarashlari uning o`z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o`gitlari - "Temur tuzuklari" da mujassamlashgan. Bu bebaho asarda podsholar, xoqimlar va vazirlarning xaqi-huquqini himoya qilish, sipoxlarga munosabat, ilm-fan namoyondalari, din peshvolariga, ustozlarga, yaxshilik qilgan kishilarga munosabat kabi hayotiy ma`naviy-ahloqiy qonun-qoidalar o`z ifodasini topgan.
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Vtanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda mugillar xukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklarni va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy madaniy-ma`rifiy turg`unlik holatiga tushib kolgan mamlakatimiz o`z mustakilligini tiklashga kirishdi. Bu davrda Amir Temurning yagona bayrog`i ostida markazlashgan kuchli mustakil feodal davlat tashkil topdi.
Amir Temur ushbu davrda Movarounnahr va Xorazmga tazyiq o`tkazayotgan To`xtamishxonga qarshi qushin tortdi. Ural va Kavkazda bo`lgan ikki shiddatli jangda Amir Temur g`alaba qozonib Oltin O`rda tazyiqida yashayotgan Rossiyani qad rostlashiga yordam berdi.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jaxonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko`p jildlik kitoblar yozishga arziydi.
Mustaqillikka erishgunimizcha buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi taxqirlandi, tuxmatu malomatlarga qoldi.
Shukurlar bo`lsinki, mustaqillik tufayli ko`p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug` bobomiz Amir Temurni surishtirish va o`rganish imkoniga ega bo`ldik.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shaxrisabzning Xoja ilg`or qishlog`ida tavallud topdi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat ogir ijtimoiy siyosiy bo`ron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so`ng Amir Temur o`z raqiblarini yengib xoqimiyatni qo`lga oldi. Mayda, tarqoq feodalliklarni birlashtirib markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o`zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benixoya katta.
Birinchidan, u mamlakatni yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun "Temur va temuriylar davlati", "temuriylar madaniyati", "Ulug`bek va Samarqand asronomiya maktabi", "Navoiy" va "Bobur" kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbekning, balki jaxon xalqlari saxifalarida uchratar ekanmiz bu gaplarning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.
Ikkinchidan, Amir Temur, o`zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo`lishga yordam berdi. Masalan, o`sha davrning eng qudratli xukmdoridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag`ishladi; Oltin o`rda xoni To`xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug`ullar xukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o`qisak, o`rgansak, uning ko`p yaxshi sifatlari: to`g`rilik, muruvatlilik, el-yurtga mehr-muxbbati va boshqa hislatlarini bilib olamiz. Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiy, Sharofutddin Ali Yazdiylarning "Zafarnoma"lari, Ibn Arabshohning "Temur xaqidagi xabarlarida taqdir ajoyibotlari" va boshqa asarlarda keltirilgan soxibqironning ibratli pand-nasixatlari va o`gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo`ladi. Bo`lar el-yurt va fuqaroning tashvishini o`ylaydigan marifatparvarlik, mehr-muruvvat qo`shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qaxramonlik haqidagi hayotiy o`gitlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |