gen 20-xromosomada joylashgan bo‘lib, gepatotsit -4 α (HNF-4α) yadro omili geni
deb nom olgan. Uning mutatsiya guruhiga juda kam uchraydigan MODY kiradi,
bu gen ta’sir mexanizmi esa glyukozaga indutsirlangan insulin sekretsiyasiga ta’siri
noma’lumligicha qolmoqda. β
hujayra vazifasi pasayadi, bemorlarda idiopatik
qandli diabet 2-turi uchun xos surunkali asoratlar rivojlanadi. Insulinoterapiya
ko‘pincha bunday bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi.
MODY2
birinchi bo‘lib
fransuz oilalarida aniqlangan, ammo har xil etnik guruhlarda va irqlarda uchraydi. 7
– xromosomada joylashgan glyukokinaza genida 26dan ortiq mutatsiyalar
aniqlangan. Glyukozaga nisbatan glyukokinaza sezuvchanligining kamayishi engil
qandli diabetga sabab bo‘ladi. β-hujayralarida
glyukokinaza glyukoza
sezuvchanlikda muxim rol o‘ynaydi, aynan shu fermentning faolligi insulin
sekretsiyasini stimullovchi glyukozaning plazmada eng kichik miqdorini aniqlab
beradi. Yuzaga kelgan bir necha mutatsiya ferment faoliyatini to‘liq blokirovka
qiladi, boshqalari – uning faolligini bir qancha kamaytiradi.
MODY
ning boshqa
hamma shakllaridan farqli glyukokinaza genining faqat bitta alleli ( geterozigota)
mutatsiyasida qandli diabet yaxshi sifatli kechadi:
surunkali asoratlar mavjud
bo‘lmaydi, kasallik parhez bilan kompensatsiyalanadi va bemorlar insulinoterapiga
muhtoj bo‘lmaydi. Kam holatlarda glyukokinaza genining har ikkala allelining
avloddan avlodga o‘tishi tug‘ilishi bilan absolyut insulin yetishmovchiligi
(noimmun genezi) va qandli diabetda muhim ahamiyatga ega.
MODY3
sababi 12- xromosomada joylashgan HNF-1α genining turli
darajadagi mutatsiyasi hisoblanadi. Evropada
bu MODY ning keng tarqalgan
shakli sanaladi.
HNF-4α, HNF-1α singari nafaqat jigarda, balki β hujayrada
ham sintezlanadi, glyukoza bilan indutsirlangan insulin
sekretsiyasida uning roli
noma’lumligicha qolmoqda. Qandli diabet 2-turi bemorlaridan farqli MODY3
bemorlarida insulin rezistenligi mavjud emas, ammo qolgan ikki kasallik bir xil
kechadi (mikroangiopatiya rivojlanadi, bemorlar vaqt o‘tishi
bilan peroral dori
vositalarini
boshqarmay
qo‘yadi).
Kasallikning
erta
bosqichlarida
sulfanilmochevina unumlariga nisbatan insulin reaksiyasi kuchaygan bo‘ladi.
MODY5
dastlab yapon oilasi a’zolarida HNF-1β geni mutatsiyasi
tashuvchilarida aniqlangan. HNF-1α bilan bu gen mahsuloti pankreatik orolchali
hujayralarda genlar ekspressiyani boshqaradi. HNF-1β geni mutatsiyasi
insulinoterapiyaga ehtiyoj tug‘ilishi bilan taraqqiy etuvchi MODYning o‘rtacha
og‘irlikdagi shakliga sabab bo‘ladi va qandli diabetning og‘ir asoratlari rivojlanadi.
Hali qandli diabet boshlanmay turib nefropatiya (buyrak patologiyasi tug‘ma
bo‘lishi mumkin) qayd qilinadi. Shuning uchun u HNF-1 β tanqisligi oqibati ham
bo‘lishi mumkin, normada u katta miqdorda buyrakda sintezlanadi.
MODY6
MODY4 ga o‘xshash
angcha engil shakli, neuro D10020
transkripsiyasini kodlovchi orolcha omili hisoblanadi. IPF-1 singari bu omil
insulin geni va β hujayrasining boshqa genlari ekspressiyasini boshqarishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Pankreatik orolchada sintezlanuvchi transkripsiyaning boshqa omillari geni
nuqsonlarini izlash geterozigot mutatsiyani aniqlashga olib keladi, shunday
omillarning kodlovchi ko‘plab (ISL-1, PAX-6 va PAX-4) katta miqdordagi β-
hujayraning geterozigot mutatsiyalari bilan qandli
diabet kech boshlangan
bemorlarda moddalar almashinuvini boshqarish uchun bu hujayrlarning normal
faoliyati zarurligini ko‘rsatdi. Hatto glyukozaga nisbatan insulin reaksiyasining
o‘rtacha buzilishi giperglikemiyaga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: