2.1. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari.
24
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash
sohasida davlat tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va
xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash,
yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga
qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan sanitariya, veterinariya,
veterinariya-sanitariya
qoidalari
va
normalarini,
fitosanitariya
normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini,
texnikaviy shartlarni (bundan keyin matnda normalar va qoidalar deb
yuritiladi) belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oziq-ovqat
mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat
organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi
va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan
yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Oziq-ovqat
mahsulotining
sifati
va
xavfsizligi
ushbu
qonunning 4-
moddasida
ko‘rsatilgan davlat nazorati organlari tomonidan ularning
vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish,
qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan
shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan normalar va
qoidalarga
rioya
etilishi
ustidan
ishlab
chiqarish
nazoratini
ta’minlaydilar. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi oziq-
ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalarga,
normativ hamda texnologiya hujjatlari talablariga muvofiq yuridik va
jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va
shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat
nazorati organlari bilan kelishiladi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy
shaxslar normalar va qoidalarning talablari buzilganligi aniqlangan
taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar ko‘rsatishni aniqlangan
kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishlari shart.
Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar
ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va
25
oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonun hujjatlariga
muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart.
Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan
biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga
(suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni
nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus
mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat
qo‘shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez
oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
og‘irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat
qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari
uchun);
muvofiqlik belgisi
(mahsulotini
muvofiqlik belgisi
bilan
tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomyerlari.
Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish, oziq-ovqatlarni saqlaydigan va
tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya
etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari
shart. Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va
xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi
bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq
amalga oshiriladi.Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy
26
davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan
joylarda yo‘l qo‘yiladi.Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini
realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga
muvofiq bo‘lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa
moslik sertifikati bo‘lmasa;
saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa;
yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat
mahsuloti ushbu Qonunda ko‘rsatilgan normalar va qoidalarning
talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat
mahsulotini yetkazib beruvchi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun
ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil
qilgan organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi
hujjatlarini, tegishli ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lganida esa oziq-ovqat
mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va
uskunalar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va
ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek
sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki)
veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish
sinovlari natijalariga ko‘ra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat
veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga ishlatish uchun
yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va
realizatsiya qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda
ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘q qilib tashlash
usullari va shartlari uchun egasi tomonidan tegishli davlat nazorati
organlari bilan kelishib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q
qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni
27
bajarishni shartnoma bo‘yicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan
komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat
hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq
organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi. Oziq-ovqat mahsuloti
hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yo‘q qilib tashlagunicha
alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta
ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari aniq ko‘rsatilgan
holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun
uning egasi javobgar bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va
shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash
bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.Oziq-ovqat mahsulotining
egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati
organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib
tashlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etadi.
Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan
2017 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi
to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida`gi 490-
sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan UzTR.490-022:2017 sonli
`Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi
to‘g‘risidagi` umumiy texnik reglamenti qabul qilindi hamda bu texnik
reglament joriy yilning 12 iyul kuni amalga kiritildi.
Mazkur texnik reglamentda quyidagi tushunchalar keltirib o‘tilgan:
tamg`a — iste'mol o‘ramiga, transport o‘ramiga, suqma varaqqa,
etiketkaga yoki yorliqqa tushiriladigan yozuvlar, rasmlar, belgilar,
ramzlar, boshqa belgilar va (yoki) ularning kombinatsiyalari tarzidagi
oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma'lumot;
etiketka — tamg‘a bosiladigan va iste'mol o‘ramiga va (yoki)
transport
o‘ramiga,
shu
jumladan
yelimlash
yo‘li
bilan
mahkamlanadigan axborot manbai;
yorliq — o‘ramga mahkamlanadigan tamg‘alashni tushirish uchun
mo‘ljallangan axborot manbai.
28
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati — tamg‘alashda qayd
qilingan vaqt davri, ushbu vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsuloti texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan
unga qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga to‘liq muvofiq bo‘lishi,
shuningdek tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan
saqlash shartlariga rioya qilinganda o‘z iste'mol xossalarini saqlab
qolishi kerak va ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin oziq-ovqat
mahsuloti sotilmasligi va belgilangan maqsadda foydalanilmasligi kerak.
Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligiga bo‘lgan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi
474-sonli qarori asosida `Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi
to‘g‘risida`gi umumiy texnik reglamentida (UzTR.474-020:2017),
shuningdek
mahsulotlarning
me'yoriy
hujjatlarida
belgilab
berilgan.Ushbu
texnik
reglament
asosida
kefir
mahsulotining
tamg‘alanishi quyidagicha.
Bugungi kunda mamlakatimizda kefir O’zDSt 1086:2011 standarti
asosida ishlab chiqariladi. Bu standartning 4.4 bandida kefir mahsulotini
tamg‘alashga talablar berilgan. Bunda, mahsulot solingan har bir idish
bo‘yoq hidi kelmaydigan, buzilib ketmaydigan tamg‘a bilan
tamg‘alanishi kerak hamda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart:
ishlab chiqaruvchining nomi, mulkchilik shakli, manzili, telefon
raqamlari;
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (agar mavjud bo‘lsa);
mahsulot nomi; Mahsulot nomi: mahsulotning xom ashyosi, nima
uchun ishlatilishi, tarkibi, alohida xususiyatlari asosida shakllantiriladi
hamda ko‘rsatilgan barcha ma'lumot qat'iy to‘g‘ri bo‘lishi shart,
masalan, Yog‘sizlantirilgan kefir.
yog‘ning massa ulushi; Masalan, yog‘sizlantirilgan kefirda yog‘
massa ulushi 0,1%.
idishdagi mahsulot massasi (hajmi), g, cm3.
100 g mahsulotning energetik qiymati to‘g‘risida ma'lumot;
mahsulotning tarkibi (asosiy tarkibi hamda qo‘shimchalar,
aromatizator, krasitel, biodobavka va sh.k.);
29
mahsulotni saqlash sharoitlari va muddati (yil, oy, kun); Masalan,
kefir uchun, (4±2)°S va 70%dan kam namlikda 72 soat.
ishlab chiqarish sanasi (yil, oy, kun);
O’zDSt 1086:2011 standarti yozilgan bo‘lishi shart;
O’zDSt 5.8 standarti asosida muvofiqlik belgisi bo‘lishi shart;
Izoh: Muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq
standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish
uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga
qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi. Shuningdek,
mahsulot yorlig‘ida muvofiqlik belgisi mavjud bo‘lganda ushbu
mahsulot
sertifikatlanganligini
anglatadi.
qayd
etilgan
raqami
ko‘rsatilgan holda shtrix-kod; Izoh, O‘zbekiston Respublikasi shtrixli
kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab
chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos
kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi. EAN
shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN
(EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va O‘zstandart` agentligi “Shtrixli
kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. GS 1
UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro
assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion
kod berilgan.
EAN-13 shtrix kodi 13 ta raqamdan iborat bo‘lib, quyidagi
ma'noga ega. Dastlabki 3 ta raqam, ya'ni prefiks milliy uyushmaning
raqami hisoblanadi. Bu 3 ta raqam, masalan, 478 prefiksi `GS1 Uzbe-
kistan` uyushmasini anglatadi va u `GS1` Xalqaro Uyushmasi (EAN
International, Belgiya)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hisoblanadi.
Qabul qilingan taomilga ko‘ra, har bir davlatda GS1 xalqaro
uyushmasining faqat bitta vakolatxonasi yoki boshqarmasi mavjud.
EAN-13 shtrix kodining batafsil tavsifi:
• 478 0100147721
• dastlabki 3 ta raqam `GS1 Uzbekistan` uyushmasiga berilgan prefikc
hisoblanadi;
• keyingi 6 ta raqam korxonaning raqamini anglatadi;
• keyingi 3 ta raqam esa tovar va mahsulotning raqami hisoblanadi;
30
• oxirgi 13-raqam esa nazorat raqami deb ataladi. Bu orqali `GS1
Uzbekistan uyushmasi tomonidan ta'sis etilgan shtrix kod nazorat
qilib turiladi. Agar mahsulot ichki bozorda realizatsiya qilinadigan
bo‘lsa O’zbekistonda ishlab chiqarilgan, agar mahsulot eksport
qilinadigan bo‘lsa Made in Uzbekistan yozuvi tushiriladi.Demak,
mahsulot tamg‘asidagi har bir ma'lumot ortida bir qancha axborotlar
ko‘rsatib o‘tilgan. Agar mahsulot xarid qilish oldidan mahsulotning
tamg‘asiga alohida e'tibor berib xarid qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi,
deyiladi agentlik xabarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |