O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining boshlig‘i quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan chaqirib olinadi:
diplomatiya vakolatxonasining boshlig‘i almashtirilganda;
diplomatiya vakolatxonasining boshlig‘i nomaqbul shaxs (persona non grata) deb e’lon qilinganda;
davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganda;
davlatlar o‘rtasida urush holati e’lon qilinganda;
davlat xalqaro huquq subyekti sifatida yo‘qolganda.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalarining boshqa a’zolari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyruqlari bilan tayinlanadilar va chaqirib olinadilar.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarining 3 darajasi belgilangan:
chet davlat boshlig‘i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqu- lodda va muxtor elchi;
chet davlat boshlig‘i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqu- lodda va muxtor vakil;
chet davlat tashqi ishlar vaziri huzurida akkreditatsiya qilinadigan ishonchli vakil.
O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalarining boshliqlari mansub bo‘lishi loyiq ko‘rilgan daraja diplomatiya munosabatlari o‘rnatayotgan davlat o‘rtasidagi ahdlashuvda belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi diplomatiya martabalari O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi vakolatxonalarining diplomatiya xodimlariga beriladigan alohida xizmat unvonlari belgi- lanadi:
favqulodda va muxtor elchi;
birinchi darajali favqulodda va muxtor vakil;
ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil;
birinchi darajali maslahatchi;
ikkinchi darajali maslahatchi;
birinchi darajali birinchi kotib;
ikkinchi darajali birinchi kotib;
birinchi darajali ikkinchi kotib;
ikkinchi darajali ikkinchi kotib;
uchinchi kotib;
attashe.
Favqulodda va muxtor elchi, birinchi va ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil martabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi. Ana shu masalalar yuzasidan takliflarni O‘zbe- kiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri kiritadi. Boshqa diplomatiya martabalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan beriladi. Bu martabalarni berish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi kiritadi. Malaka komissiyasining tarkibi va u haqidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi. Diplomatiya martabalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rahbar va mas’ul xodimlariga ham beriladi.
Birlamchi diplomatiya martabasi – attashe diplomatiya xizmatida kamida bir yil ishlagan kishiga beriladi. Diplomatiya vakolatxonalarining xodimlariga navbatdagi uchinchi kotib, ikkinchi kotib martabalari malakasi hamda xoh markaziy devonda, xoh O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalarida kamida 2-3 yil, birinchi kotib, maslahatchi martabalari esa kamida 3-4 yil xizmatni muvaffaqiyatli o‘taganligiga qarab beriladi. Ishdagi katta yutuqlari uchun diplomatiya vakolatxonasining xodimi belgilangan muddatdan oldin yuqoriroq diplomatiya martabasi berishga tavsiya etilishi mumkin.
Favqulodda va muxtor elchi, favqulodda va muxtor vakil martabalari bir umrga beriladi. Boshqa diplomatiya martabasiga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga chiqqanlari taqdirda, ularning bu martabalari saqlanib qoladi.
Favqulodda va muxtor elchi, favqulodda va muxtor vakil, diplomatiya martabalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan mahrum etiladi. Diplomatiya vakolatxo- nalarining boshqa a’zolari xususida bu masala yuzasidan qarorni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi taqdimiga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |