X’jalikda sodir etilgan x’’alik muomalalari hisobvaraqlar
№
Xo’jalik opеratsiyalarining mazmuni
Summa, s’m
Hisobvaraqlar korrеspondеntsiyasi
Jamlash usuli bilan
Bеvosita kiritish usuli bilan
1
Oldindan t’lov aks ettirildi (50%x4000x795)
1590000
5110
6310
5110
6310
2
Mahsulotni sotish aks ettirildi(4000x800)
3200000
3190
6310
9620
6310
3
Yuklangan mahsulotga QQS hisoblash yozildi (4000х800х20/120)
533333
3190
6310
9620
6310
4
Olingan b’nak hisobiga kiritildi
1590000
6310
4010
6310
4010
Oy oxiriga saldo (3200000- 590000=1610000/2000=805
Oy oxirida qarz qoldigi MB kursiga mos kеlganligi tufayli qayta baholash ‘tkazilmaydi
5
T’lov olingan aks ettirildi (2000x810)
1620000
5210
4010
5210
4010
6
Kurs farqini moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarish aks ettiriladi: -
jamlash usuli bilan (2000x(810805))
- bеvosita kiritish usuli bilan
10000
6230
9540
4010
9540
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish.
Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi.
Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi.
Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin:
1.maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;
2.kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash uchun;
3.bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.
Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot bo’yicha amalga oshiriladi. 5510 - «Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirishda qo’shimcha ravishda hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo’llash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur:
1.hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko’zda tutilganligi;
2.akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi;
3.akkreditivdan naqd pul mablag’larining to’lanmaganligi;
4.akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to’g’riligi.
5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyoti» analitik schyoti bo’yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1.maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ kartasiga ega shaxslar ro’yxati, berilgan bank kartasining tiplari;
2.trans chegara to’lovlarini amalga oshirish chog’ida amaldagi valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi (O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi chet el valyutasidagi hisob-kitoblar);
3.naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi;
4.korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi;
5.ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarni to’lash uchun korporativ kartalar ishlatilmaganligi;