Osiyoda...
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993 yillardagi keng ko`lamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi sa`y-harakatlarini davom ettirmoqdalar.
Afg`onistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi 1993 yildan buyon faoliyat ko`rsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xo`jalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qat`iy diplomatik sa`y-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu - Birlashgan Millatlar Tashkilotining afg`on xalqiga yordam ko`rsatish tizimi faoliyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatyapti.
Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya o`rtasida o`tkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yo`l ochgan muzoqaralar 1999 yili may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni ro`yxatga olish ishini kuzatib bordi va 1999 yilning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil bo`lish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari e`lon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini o`z uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. 1999 yilning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib o`rnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat ma`muriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda.
Yevropada...
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qariyb 4 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami ko`rsatib sobiq Yugoslaviyadagi mojarolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda. 1991 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurol-yarog` yetkazib berishga chek qo`ydi; ayni paytda Bosh kotib va uning vakili qon to`kishni to`xtatish uchun yo`naltirilgan diplomatik sa`y-harakatlar bilan yordam qila boshladi. 1992 yildan 1995 yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchi kuchlari Xorvatiyada tinchlik va xavfsizlikni tiklashga harakat qildilar, Bosniya va Gersegoviniya fuqaro aholisining xavfsizligini ta`minlashga yordam berdilar, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasi urush girdobiga tortib ketilmasligiga ko`maklashdilar. 1995 yildagi Deyton (Parij) tinchlik bitimi tuzilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining to`rtta missiyasi bu hududda tinchlik va xavfsizlikni ta`minlashga ko`maklashdilar. Ularning birmuncha yirigi hisoblangan - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slovoniya uchun muvaqqat ma`muriyati Xorvatiya tarkibidagi bu hududning reintegratsiya jarayonini kuzatib turdi. Kosovoda (Yugoslaviya Federal Respublikasi) NATOning bombardimonlarini to`xtatilganidan va Yugoslaviya qurolli kuchlari chiqarilganidan so`ng, 1999 yili bu yerda BMT muvaqqat xalqaro ma`muriyat tashkil etdi. Xavfsizlik kengashi BMTning bu ma`muriyatiga Kosovo xududi va xalqiga nisbatan barcha qonuniy, ijroiy va huquqiy vakolatlarga qadar bG`lgan favqulodda vakolatlar yaratib bermoqda. Yevropa ittifoqi, Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti, BMTning qochoqlar ishi bo`yicha Oliy komissari va Birlashagan Millatlar Tashkiloti demokratik jamiyat hamda barqaror avtonomiya tashkil etishda Kosovo xalqi bilan ish olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |