“BMT ning barqaror rivojlanish maqsadlari” fanidan oraliq nazorat savollari.
1.2000-2015-yillarda amlga oshirilgan BMTning ming yillik maqsadlari to`g`risida xususan inklyuziv va iqtisodiy o`sish,munosib ish o`rinlari yaratish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot bering.
2.So`nggi yillarda gender tengligiga erishish va jamiyatda ayol-qizlarning rolini oshirish bo`yicha O`zbekistonda qanday ishlar amalga oshirildi?
Javob
Ma`lumki 2000-2015-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ming
yillik”maqsadlari butun yer yuz aholisining farovonligi,ularning
huquqlari umuman insoniyatga bog`liq bo`lgan barcha jabhalarni
qamrab olgan.O`zbekistonimiz ham shu zaminning bir bo`lagi,dunyo
etirof etgan mamlakat sifatida ushbu dasturni ratifikatsiya qilgan.
O`zbekistonning barqaror iqtisodiy o`sish-bu izchil olib borilayotgan
bozor islohotlari,iqtisodiyotdagi chuqur tuzulmaviy o`zgarishlarning
natijasi bo`lib,yangi ish o`rinlarini yaratish,aholi bandligini
ta`minlash,kasanachilikni rivojlantirish uchun muhim tarkibiy qismdir.
Keyingi 10 yil mobaynida davlat tomonidan amalga oshirilgan ushbu
barcha keng miqyosli ishlar taraqqiyotning tegishli bosqichida BMTning
kam ta`minlanganlikni va to`laqonli ovqatlanmaslikni qisqartirishdan
iborat Ming yillik rivojlanish maqsadlarini keng ko`lamda bajarilishini
ta`minladi.
2.Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ming yillik” maqsadlarida Gender
tenglik masalasi ham muhim o`ringa ega.Gender tenglik-erkak va
ayollar ijtimoiy sohada teng tarzda ahamiyatga,teng huquq va
mas`uliyatga,hamda teng sharoitlarga ega bo`lsalarva ulardan qonunda
belgilangan tarzdaO`zbekistonda mustaqillik yillarida gender tenglikka
erishish choralarini ro`yobga chiqarish yo`lida juda katta ishlar amalga
oshirildi. Oilaning ijtimoiy muhofazasi, onalik va bolalik masalalariga
mas'ul bo`lgan Bosh vazir o`rinbosari rahbarligida 1991 yilda Xotin-
qizlar qo`mitasiga asos solinganligi bilan institutsional rivojlanishda
sezilarli o`sishga erishildi. Xotin-qizlar qo`mitasi barcha hududlarda va
jabhalarda vakolatli bo`lgan takomillashgan tizimga ega. Qo`mita raislari
orasida viloyat darajasidagi 14 ta xokim o`rinbosarlari, shuningdek
munitsipal va tuman darajasidagi ma`muriyat rahbarlarining 219 ta
o`rinbosarlari faoliyat ko`rsatishadi.O`zbekistonda 1990 yillarning
oxirlaridayoq gender statistikasini ilgari surish bo`yicha birinchi
qadamlar qo`yilgan edi. Aynan o`sha davrdan boshlab respublikada
gender ko`rsatkichlarini aks ettiruvchi risolalar muntazam ravishda chop
etib kelinmoqda. Har bir nashr gender ko`rsatkichlarini ommaga
yetkazish va ularni takomillashtirish yo`lida ilgari qo`yilgan qadam va
muhim bosqich bo`lmoqda. Masalan, Makroiqtisodiyot vazirligi va
Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan 2002 yilda nashrdan chiqarilgan
(BMTTD va OTBning ko`magida) “O`zbekistonda ayollar va erkaklar”
risolasi, ilk marotaba boshqaruv, siyosiy hayot va tadbirkorlik sohasi
bo`yicha keltirilgan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan 9ta strategik
yo`nalishlar bo`yicha indikatorlarni bir joyga jamlagan birinchi nashr
bo`ldi. O`sha davrdan boshlab, xalqaro tashkilotlar yordamida 2002,
2007, 2010 va 2012 yillarda shu kabi bir qator risolalar chop etildi.
Ularning barchasida ma`muriy manbalar va kuzatuvlar (o`rganishlar)
natijalarida mavjud bo`lgan muhim gender indikatorlari aks ettirilgan.
2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida ma'qullangan. Qonun 32-moddadan iborat.
Qonunning1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |