Bmi mashhura



Download 0,74 Mb.
bet31/47
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#216180
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
Sharipova hakima shavkatovna neft va gaz kondensatlariga asoslan

Alkanlarning krekingi. 10000C dan yuqorida barcha to’yingan uglevodorodlar uglerod va vodorodga parchalanadi. Bu jarayon arzon vodorod va gaz qurumi (koks) olish usuli sifatida foydalaniladi.

Metan barcha boshqa to’yingan uglevodorodlarga qaraganada qizdirishga bardoshli. U faqat 8000C da sezilarli parchalanadi. Metan parchalanishining asosiy mahsuloti atsetilen bo’lib, maxsus sharoitda yaxshi unum bilan hosil bo’ladi. Asetilen bilan bir vaqtda etilen va vodorod ham hosil qiladi:



4CH4 C2H2 + C2H4 + 5H2

Metanni termik parchalab atsetilen olish, atsetilen olinishining eng arzon sanoat usulidir.

Тo’yingan uglevodorodlarning dastlabki parchalanish temperaturasi ularning molekulyar og’irligi va molekulasining tuzilishiga bog’liq.

Murakkab uglevodorodlarning termik parchalanishi sharoitga qarab turlicha boradi. Zanjir qancha uzun va tarmoqlangan bo’lsa, termik parchalanish shuncha oson boradi. Maslalan, propan va butanni bir xil darajada parchalanishiga propanni 700–8000C da, butanni esa 650–7000C da qizdirish bilan erishiladi. Keyingi gomologlarni parchalanishi yanada pastroq temperaturada boshlanadi. Uglevodorodlarni termik parchalanishida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar kreking (inglizcha to crock so’zidan kelib chiqqan bo’lib, parchalanish demakdir) deb ataladi. Krekingning asosiy jarayonlari uglevodorodlarni degidrogenlanishi va uglerod zanjirini uzilishi bilan boradi. Bir vaqtning o’zida izomerlanish va halqalanish reaksiyalari ham sodir bo’ladi.

Kreking jarayoni 450–5000C atrofida olib boriladi. Bunda uglevodorodlarning parchalanishidan turli xil to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar aralashmasi hosil bo’ladi. Bu uglevodorodlarning tarkibi va tuzilishi termik ta’sir sharoitiga (temperatura, bosim va qizdirish muddatiga) bog’liq. Kreking mahsulotlari kimyo sanoatida muhim xom ashyo sanaladi. Shu sababdan uglevodorodlarni krekinglash usuli texnikada keng ishlatiladi.

Neftni oddiy usul bilan haydash orqali undan 25% gacha benzin olinadi. Benzin miqdorini oshirish uchun neft krekinglanadi, ya’ni uning yuqori temperaturada qaynaydigan fraksiyalari (kerosin, solyar moylari, mazut) quyi temperaturada qaynaydigan benzin fraksiyasiga aylantiriladi. Bunda uglerodni uzun zanjirlari uzilib, tarkibda uglerod atomlarining soni C5 dan C9 gacha bo’lgan to’yingan, to’yinmagan va siklik uglevodorodlar aralashmasi hosil bo’ladi.

Neftni krekinglash katalizatorlar ishtirokida yoki ularning ishtirokisiz olib boriladi. Neftni katalizatorlar ishtirokida krekinglash katalitik kreking, katalizatorlarsiz krekinglash esa termik kreking deb ataladi.

Katalitik kreking 400–5000C va 1,5–2 atm bosimida kislotali katalizatorlar (alyumosilikatlar, tabiiy gillar, AlCl3, MoS3, Cr2O3 va bosh.) ishtirokida boradi. Neftni krekinglash orqali undagi benzin miqdorini 80% gacha oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan benzinning yarmidan ko’prog’i krekinglash usuli bilan olinadi.

Reaksiya doirasiga katalizatorlar kiritish bilan kreking yo’nalishini kuchli o’zgartirish mumkin. Masalan, to’yingan uglevodorodlar gomologik qatorining yuqori a’zolari qizdirilganda asosan n–tuzilishidagi quyi molekulyar to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi. Agar krekingni katalizator alyuminiy xlorid ishtirokida olib borilsa, izomerlanish jarayoni ketadi, platina ishtirokida esa, aromatik uglevodorodlar hosil bo’ladi.

Binobarin, neftni katalitik krekinglash orqali nafaqat undagi benzin miqdorini oshiriladi, shuningdek, uning sifati yaxshilanadi.

Kreking jarayoni mexanizmi ancha murakkab. Reaksiyaning birinchi mahsuloti erkin radikallardir. Keyinchalik ular o’zaro va boshqa molekulalar bilan ta’sirlashadi. Misol uchun, R – CH2 – CH3 uglevodorodni parchalanishini ko’radigan bo’lsak, unda dastlab – CH3 gruppadan vodorod ajralib chiqadi.

Bu jarayon vaqtida hosil bo’lgan oraliq mahsulot turli o’zgarishlarga uchrashi mumkin, masalan:

R

adikallarni birikishi:

Qayta guruhlanish (disproporsiyalanish):



Shunday qilib, bu jarayonda parchalanishdan tashqari, sintez reaksiyasi ham ketadi.

Alkanlarning termik parchalanishi radikal zanjir mexanizmi bo`yicha ketadi. Odatda neftni qayta ishlashda parafinlarni katalitik degidrirlash hamda neftdan to`g`ridan-to`g`ri haydab olingan distillatlar bug` fazada kreking jarayoni orqali alkenlarga aylantiriladi. Bundan tashqari benzinlarning oktan sonini oshirish uchun butan, pentan va geksanlar izomerizatsiya qilinadi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish