1- rasm. Karbamid ishlab chiqarishning sxemasi. 1 — aralashtirgich; 2, 14 — nasos; 3 — suyuq ammiak yig'gichi; 4 — kondensator 5 — sintez kolonnasi; 6 — drossel jumrak; 7 — yuvish kolonna 8 — I — pog'onali; rektifikatsiya kolonnasi; 9,11 — qizdirgichlar; 10 — separator, 12 — vakuum bug'lantirgich apparat; 13 — karbamid suyuqlanmasini yig'gichi; — donadorlash minorasi; 16 — transporter; I — kompressorda 20 MPa bosim uglerod (IV) oksidi; II — suyuq ammiak; III — gaz ammiak adsorberiga; IV ugle-ammoniyli tuzlar eritmasi suyuqlanmaning II pog'onali distillyatsiyasida V — kondensator va vakuum nasosga; VI — donadorlangan karbamid
Karbamid bosimi kamaytirilib 1,8—2 MPaga keltiriladi, so'ngi reaktifikatsiya kalonnasining yuqori qismiga yuboriladi. U yerda ortiqch ammiak gaz holda ajraladi. Keyin esa birinchi pag'onali distiliyatsiy agregati qizdirgichga o'tib 170°C gacha qiziydi (Birinchi bosqich distiliyatsiya agregatlariga rektifikatsiya kolonnasi, qizdirgich v separatorlar kiradi).
Bunda ammoniy karbamat NH3 va CO2 ga parchalanib ajraladi Uchib chiqqan bug' - suyuqlik aralashmasi, separatorga borib, gaz va suyuqlikka ajratiladi. Gaz qismi rektifikatsiya kolonnasiga, uning ostki qismidan yuboriladi. Suyuq qismining bosimi yanada (0,3 MPa gacha) pasaytirilib ikkinchi pag'onali distillyatsiyaga yuboriladi. Suyuqlik tarkibi 55—51 % karbamid, 4—5 % ammoniy karbamati, 6-7% ammiak va 28—35 % suvdan iborat bo'ladi. Ikkinchi pag'onali distillyatsiya ham, xuddi birinchi pag'onadagidek, avval suyuqlik rektifikatsiya kalonnasidan o'tib ammiakning bug'lanishi va karbamatning parchalanishi hisobiga 110°C gacha soviydi, so'ngra qizdirgichda 140—142°C gacha qizdirilib - separatorga yuboriladi. Unda tozalangach, qolgan suyuqlik tarkibida 70—72% karbamid bo'ladi.
Endi u suyuqlik ikki pag'onali vakuum bug'lantirgichga yuboriladi. U yerda 0,07-0,08 MPa bosimda (ya'ni vakuumda, chunki karbamid polimerlanishi mumkin) eritma bug'-lantirilib tarkibida 99,5-99,8 % (NH2)2CO saqlovchi suyuqlanma olinadi. So'ngra suyuqlanma yig'gichga, undan nasos yordamida granulalash minorasiga yuboriladi. Minoraning ostidan qarama-qarshi oqimda kirgan sovuq havo ta'sirida karbamid tomchilari sovib qotadi va sharchalar shaklida granulalanadi. Reaktifikatsiya minorasidan chiqqan gaz faza NH3 (hajmi bo'yicha 70% NH3 ushlaydi). CO2 va H2O dan iborat bo'lib, suyuq ammiak va suv
bilan sug'orilib turuvchi yuvish minorasiga yuboriladi. Minorada ammoniyli va karbonatli tuzlarning konsentrlangan eritmasi hosil bo'ladi.
So'ngra bu eritma aralashtirgich orqali sintez minorasiga qaytariladi. Gaz fazada esa CO2 dan tozalangan sof ammiak qoladi, u kondesatorga siqilib, suyuqlantirilgach yana siklga qaytariladi. Karbamid sintezi minorasining diametri 2—2,5 m balandligi 30—35m (hajmi l60 m3) bo’lganda, uning mahsuldorligi 1250 t/sutka (450 ming tonna/yil) ga teng bo’ladi.
O’zbekistonda azotli o’g’itlar Navoiy-azot” kombinatida, Chirchiq va Olmaliq kimyo zavodlarida ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |