Fosforli o'g'itlar — bular fosfat kislotaning kalsiyli va ammoniyli tuzlaridir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral o'g'itlarning yarmini tashkil etadi. Eng ko'p tarqalgan fosforli o'g'itlar quyidagilardir.
Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yo'li bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz Ca3(PO4)2 borligi sababli o'simliklar faqat kislotali tuproqlarda — podzol va torfli tuproqlardagina o'zlashtirishi mumkin. Mayin tuyilganligi, shuningdek uni tuproqqa kislotali o'g'itlar, masalan, (NH4)2SO4 yoki go'ng bilan birga solish о' zlashtirilishini osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |