Borli o'g'itlar. Mikroo'g'itlar orasida eng keng tarqalgani borli mikroo'g'itlardir. Eng konsentratlangan borli o'g'it borat kislotasi -H3BO3 dir. Uni urug'larga sepganda talk bilan aralashtiriladi (14— 16 % gacha H3BO3 saqlovchi aralashmasi ishlatiladi), oddiy, qo'sh superfosfat hamda nitroammofosk va boshqalarga qo'shiladi. Bu maqsadda bura Na2O∙10H2O, borat kislotasining kalsiyli tuzi ham ishlatiladi. Kul tarkibida ham (1kg kulda 200—700 mg gacha) bor uchraydi. Shuning uchun borli o'g'it sifatida kul ham ishlatiladi.
Sanoatda turli tabiiy bor minerallaridan borat kislota ishlab chiqarishda, chiqindi sifatida qoldiq eritma hosil bo'ladi, u tarkibida 21—23 % MgSO4 va 1,8—2,5 % H3BO3 saqlaydi. Bu eritma bug'lantirilib, tarkibida 13 % H3BO3 va 13 % MgO saqlovchi bormagliyli o'g'it olinadi. Bu tarkibida ham bor, ham magniy saqlovchi o'g'it hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |