Inson fikrlovchi mavjudotdir. - U ko’rgan va eshitganlarini yodda saqlaydi, o’z xayoloti, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilimlarni, ma’lumot va axborotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, ularni transformasiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim va tajribalarni takomillashtiradi, o’z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvurlay oladi. Insondagi bu xususiyatlarni bn Sino shunday talqin etadi: «Inson umumiy qarashlarga nuqtai nazar bildirish va alohida narsalar to’g’risida fikrlash qobiliyatlariga egadir: u foydali yoki zararli ishni qilish va qilmaslik, go’zallik va xunuklikni farqlash, yaxshi va yomonni ajratish qobiliyatlariga ega. Ular qiyoslash va tafakkurlash vositasida shakllanadi.... Shunday qilib, inson ruhining birinchi kuchi aqliy mushohadaga taalluqli bo’lib, u aqliy tafakkur deb ataladi. Ikkinchi kuch esa tajribaga taalluqli bo’lib, u tajribaviy fikrlash, deb ataladi. Ular haqiqat yoki yolg’onni, shuningdek, xususiy narsalarga nisbatan yaxshi va yomonni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |