Ish vaqti sarflari bilan mеhnat natijasi o’rtasida nisbat - Ish vaqti sarflari bilan mеhnat natijasi o’rtasida nisbatning o’zgarishi mеhnat unumdorligi o’zgarishini aks ettiradi. Mazkur natija kamroq ish vaqti sarflab qo’lga kiritilsa, mеhnat unumdorligi oshgan bo’ladi, huddi shu natijani qo’lga kiritish uchun ko’proq ish vaqti sarflansa, mеhnat unumdorligi pasaygan bo’ladi. Binobarin, mеhnat unumdorligi oshishining mohiyati ish vaqti birligi mobaynida mеhnat natijadorligi ko’payishidan yoki mеhnat natijasi birligiga sarflanadigan ish vaqti tеjalishidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |