Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi



Download 21,05 Kb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi21,05 Kb.
#728902
1   2
Bog'liq
Blokcheyn texnologiyalari

Blokcheyn – bu butun dunyo bo`ylab ishlayotgan komp’yuterlarda joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal (grossbux) bo`lib, unga har bir inson yozuvlar qo`shishi va uni istalgan vaqtda o`qishi mumkin. Blokcheyn – bu markaziy boshqaruv organiga ega bo`lmagan xolda ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o`zgartirish imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir.
Blokcheyn – tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli ko`rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini (raqamli konveyerni) anglatadi.
Blokcheyn – bu jamoaviy kelishuv va taqsimlangan buxgalteriya kitobi yoki jurnal algoritmi vositasida barcha ishtirokchilar orasida ishonch, javobgarlik va shaffoflikni ta’minlab beradigan texnologiya bo`lib, tranzaksion dasturlarning yangi avlodini ishlatadi.
Blokcheyn – bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo`lib, internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to`liq foydalanadi. Ushbu taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini o`zgartirib yoki yo`qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv, xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari (tugunlar) orasidagi o`zaro ishonch (konsensus) asosida ma’lumotlarni falsifikatsiya qilishdan himoyalangan.
Blokcheyn – bu tranzaksiyalarning taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bo`lib, uni juda katta va markazlashmagan «grossbux» bilan solishtirish mumkin. Unda internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda himoyalanganlar va avtonom ravishda saqlanadilar. Ammo bu jarayonlarni nazorat qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv, xronologik tartibda tuzilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan ishonch (konsensus) asosida falsifikatsiyadan himoyalangan. Tarmoqning har bir ishtirokchisi kvazireal muhitda «grossbuk»ning aktual nushasiga ega bo`ladi va uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa chiqarishimiz mumkin:
 Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi.
 Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir.
 Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir.
Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz:
 Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr bo`ladi.
 Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish – blokcheyn hech qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o`rin qolmaydi.
 Konsensus: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti taqsimlangan konsusning natijasi bo`lib, u qandaydir markazlashgan tashkilotning qarori emas.
 O`zgarmaslik va doimiylik: Yozuvlarni o`zgartirish yoki yo`qotish mumkin emas.
 Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik: ma’lumotlar, amallar va konsensus bir-biridan ajratilgan.
Boshqacha so`zlar bilan aytganda, blokcheyn kollektiv konsensus asosida ishlash, juda katta va ochiq hisob-kitob jurnali bilan ishlash, markazlashmaganlik va taqsimlanganlik kabi hususiytlarga ega bo`lib, tizimdagi ishonchni, shaffoflikni va umumiylikni ta’minlab beradi.
Shuni ham aytish kerakki, blokcheyn faqatgina bitkoin va efirium tizimlari blokcheynlaridangina iborat emas va qandaydir bittagina blokcheyn tizimi ham mavjud emas. Jahonda bir biriga bog`liq bo`lmagan juda ko`pchilik blokcheynlar bo`lib, ular o`zaro aloqada ham bo`lishlari mumkin. Shunday qilib, blokcheynda u yoki bu amaliy dasturlar bilan ishlash bilan bog`liq bo`lgan texnik xususiyatlar ham yuzaga kelishi mumkin.
Blokcheyn texnologiyasi xozirgi markazlashgan boshqaruvdan farqli o`laroq, taqsimlangan algoritmik ishonch infratuzilmasini yaratadi. Shunday qilib,
blokcheyn o`zida taqsimlangan algoritmik ishonch infratuzilmasini yoki talab bo`yicha konsensusni qamrab oladi. Ana xuddi shunday xususiyatlari tufayli, ko`pchilik mutaxassislar blokcheynni internet bilan solishtiradilar va natijada blokcheynning internetdan afzalligini ta’kidlashadi. Quyida ikkala tizimni solishtirish natijalari keltirilgan:
 Internet aloqalarni (aloqa o`rnatishni va munosabatlarni ham) avtomatlashtirishga imkon beradi, blokcheyn esa tranzaksiyalarni avtomatlashtirib, uchinchi shaxslarni muomaladan chiqaradi.
 Internet markazlashmagan nashr tizimi, blokcheyn esa taqsimlangan ishonch tizimi.
 Internet nashr infratuzilmasi, blokcheyn esa tizimga kirish xuquqlarini tasdiqlash infratuzilmasidir.
Internet va blokcheynning rivojlanish davrlari 1994-2015 yillarni o`z ichiga olgani uchun, bu davrning natijalarini quyidagi misollarda ko`rsatishimiz mumkin:
1994 yil, Internet:
 Shaxslararo muloqot
 Avtomatik nashr
 Yelektron tijorat
 Ijtimoiy tarmoqlar
2015 yil, blokcheyn:
 Markazlashmaganlik
 Ishonch
 Qiymatga ega bo`lgan narsalar bilan vositachilarsiz oldi-sotti qilish
Shunday qilib, Internet va blokcheyn o`rtasida hech qanday qarama-qarshilik yo`k, bu yerda faqat texnologiyalar rivojlanishidagi farq mavjud, xolos. Blokcheynni yaratish va ishlatish uchun reyestr (bloklar qatori, masalan, bitkoin), himoya uchun esa kalitlar vositasida shifrlash, konsensus asosidagi algoritm va bir rangli P2P (peyer-to-peyer) tarmoq (ya’ni, ishtirokchilar bir xildagi xuquqqa ega bo`lgan markazlashmagan kompyuter tarmog`i) kerak bo`ladi. Endi sizning bu tizimga ishtirokchilarni qo`shishingiz blokcheyn tizimining ishlashi uchun zarur bo`lgan elementlar hisoblanadai. Misol sifatida bitkoinning blokcheynini olamiz va uning misolida blokcheynning xosil bo`lishi, uning asosiy prinsiplari va ishlash jarayonini ko`rib chiqamiz. Bunda blokcheynning ishlashini to`rt bosqichga bo`lgan xolda o`rganib chiqamiz:
1-bosqich: Ikki ishtirokchi tranzaksiya shartlarini kelishib oladilar (masalan, pulni uzatish jarayoni, aktivlar, moliyaviy xujjatlar va xokazolar).
2-bosqich: Jurnal tarmoq a’zolari tomonidan «skaner»lanadi. Ushbu jurnalning xronologiyasini taxlil qilish asosida tarmoq a’zolari sotuvchining haqiqatan ham e’lon qilingan aktivlarga yoki fondlarga ega ekanligiga ishonch xosil qiladilar.
3-bosqich: Agar barcha ishlar joyida bo`lsa, u xolda tranzaksiyalar tasdiqlanadi va blok zanjirining oxiriga qo`shiladi.
4-bosqich: Jurnal barcha tarmoq ishtirokchilariga tarqatiladi. Uning tarqoq xolatdaligi himoyasini ta’minlab beradi. Istalgan tranzaksiyani falsifikatsiya qilish uchun tarmoq (tugun)lari a’zolarining jurnallarini ham o`zgartirish talab etiladi. Bu esa tabiiyki, mumkin emas. Muhokamaga oydinlik kiritish uchun quyidagi ta’kidlovni keltiramiz: «Bitkoinning blokcheyni birinchi marta bloklar zanjiri sifatida aniqlangan edi. Unda har bir tranzaksiya bloklardan biri bo`lishi uchun shifrovka qilinadi.
Keyingi tranzaksiya ham o`z navbatida undan oldingi blok asosida shifrlanadi va xokazo – xuddi shu amallar ketma-ketligi bloklar zanjiri tushunchasiga yoki boshqa so`zlar bilan aytganda, blokcheyn tushunchasiga olib keldi». Shunday qilib, ishonchli degan statusni olish uchun har bir kelishuv (yoki operatsiya) asimmetrik kriptografiya (ochiq yoki yopiq kalit) yordamida imzolanishi lozim. Shunday qilib, bitkoin turidagi blokcheynda tranzaksiyani amalga oshirish uchun uch xil ma’lumot kerak bo`ladi:
 Debet adresining shaxsiy kaliti
 Kredit adresining umumiy kaliti
 Tranzaksiyaning summasi
Bitkoin adres ABSM (ASCII - American Standard Code for Information Interchange) yoki ma’lumot almashinish uchun ishlatiladigan amerika standart kodi formatida ifodalangan. Bu kodlashtirish tizimida 58 ta alfavit raqamli simvollar mavjud. Ular raqamlar, katta va kichik harflar bo`lib, bitkoinni yaratishda Satoshi Nakomoto I, i, O va o larni chiqarib tashlagan, chunki bir qancha shriftlarda ularning ko`rinishi bir xil ekan. Ilk bora yaratilgan adres esa quyidagicha bo`lgan:
1A1zP1yeP5QGef12DMPTfTLmv7Divfna44
Bitkoin-adres - bitkoinlar olish uchun kerakli bo`lgan birdan bir informatsiyadir. Bitkoinni olish uchun qandaydir dasturiy ta’minotning keragi yo`q, buning uchun adresni ko`rsatish kifoya va yana shunisi ham borki, faqat to`lovchigina tranzaksiyani tarmoqning boshqa qismiga jo`natishga mas’ul bo`ladi xolos. Keng aholi ommasi asta-sekin bitkoin, kriptovalyuta va bitkoin tushunchalarining asl ma’nosiga tushunib borayapti. Ammo xozirgi davrga qadar ko`pchilik insonlar ushbu tizimning o`zi nima ekanligini va u nima uchun xizmat qilishini yaxshi tushunishmaydilar.
Shuning uchun ham xozirgi kunlarni internet yaratilayotgan kunlar bilan solishtirish mumkin – unda ham jamiyatning ko`pchilik a’zolari inqilobiy texnologiya haqida uning tamoillarini tushunmagan xolda eshitishgan va uning jamiyat xayotiga hamda iqtisodiyotga katta ta’sir qilishini aniq sezishmagan. Xozirgi davrda blokcheynning holati brauzerlar paydo bo`lmasdan oldingi internet tizimining xolatiga o`xshab ketadi. Blokcheyn tizimiga ham kelajakda internetdagidek qulay va tushunarli bo`lgan interfeyslar ishlab chiqarilib, u shaffof xolatga keltirilsa, xuddi internet kabi undan ham keng miqyosda foydalaniladi. Klassik tizim bilan blokcheyn tizimining taqqoslanishi quyidagi chizma orqali amalga oshirilishi mumkn:
Download 21,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish