Blok test Morfemika



Download 37,99 Kb.
bet1/9
Sana13.06.2022
Hajmi37,99 Kb.
#666121
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Blok test Morfemika



Blok test Morfemika

  1. Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu gapda necha o’rinda so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan?

  1. 4 ta

  2. 5 ta

  3. 3 ta

  4. 6 ta

  1. Yer — dehqonning joni, suv — qoni ushbu maqolda qaysi qo’shimcha ishtirok etgan?

  1. So’z yasovchi qo’shimcha

  2. So’z yasovchi qo’shimcha va shakl yasovchi qo’shimcha

  3. Lug’aviy shakl yasovchi

  4. Sintaktik shakl yasovchi

  1. Ot+fe’l shaklida yasalgan qo’shma so’z qaysi qatorda berilgan?

  1. Gulhamishabahor

  2. Gultojixo’roz

  3. Qushqo’nmas

  4. Achchiqtosh

  1. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehri daryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Shu bois biz har vaqt onaga nisbat berib «ona yurtim», «ona tilim» deymiz. Ushbu mikromatnda nechta sintatik shakl yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan?

  1. 15 ta

  2. 16 ta

  3. 14 ta

  4. 17 ta

  1. Vatan tuyg‘usi — bu ozod xalqning munosib farzandi, mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo‘lmoqqa intilish tuyg‘usidir. Ushbu gapdagi yasama so’zni toping?

  1. Munosib

  2. Fidoyi fuqarosi

  3. Tuyg’usi, tuyg’usi

  4. Mustaqil fidoyi, intilish

  1. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas. (R. Tagor) ushbu gapdagi ajratilgan so’zning yasalish asosini toping?

  1. Old qo’shimcha olgani uchun yasalish asosini topish shart emas.

  2. Barkamol

  3. Kamol

  4. Bar

  1. Boychechak birinchi bo‘lib ochilgani bois ko‘pincha sovuq shamollarga qurbon bo‘ladi. Ammo u bahorni boshlab kelgani uchun odamlar bu gulni ko‘ziga surtib, e’zozlaydilar matnda nechta yasama so’z mavjud?

  1. 6 ta

  2. 4 ta

  3. 5 ta

  4. 3 ta

  1. Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. Nimaiki bisotida bo‘lsa, barini dasturxonga to‘kardi. Hovlisida pishib yotgan giloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi. Shoirlarning yelkasiga to‘n tashlab, boshiga do‘ppi kiydirardi. O‘g‘il-qizlari odob bilan xizmat qilishardi. (Said Ahmad) so’zlarning tuzilishiga ko’ra qaysi turi ushbu gapda ishtirok etmagan?

  1. sodda tub so’z

  2. sodda yasama so’z

  3. takroriy , juft so’z

  4. qo’shma so’z

  1. Biz borgan joy, haqiqatan ham, go‘zal edi. Bir tomoni – tog‘, bir tomoni – ko‘m-ko‘k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa xuddi mohir to‘quvchi qo‘lida to‘qilgan qizil gilamchaga o‘xshardi. Ushbu matndagi qaysi so’z asos +lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha shaklida qo’shilgan?

  1. Haqiqatan, kumushdek, lolazor

  2. Tovlanib, to’quvchi o’xshardi

  3. Qo’lida oqmoqda , gilamchaga

  4. Tovlanib to’qilgan

  1. Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar... Go‘yo ko‘chaga chiqishingizni kimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan. (O’. Umarbekov) ajratib ostiga chizilgan so’zning yasalish asosi qaysi so’z turkumga mansub?

  1. Fe’l

  2. Ot

  3. Taqlid so’z

  4. Modal so’z

  1. Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Chunki odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik. (O‘. Hoshimov) ushbu gapda nechta so’z so’z yasovchi qo’shimcha ta’sirida fonetik hodisaga uchragan?

  1. 4 ta

  2. 3 ta

  3. 1 ta

  4. 0 ta

  1. Hech bir ism shunchaki tanlanib, bolaga qo‘yilmaydi. Har qanday ismning berilishi zamirida ota-onaning biror maqsadi, orzu-umidlari, farzandining sog‘ligi, kelajagi, istiqbolini ko‘zlagan ezgu niyatlari yotadi. Mana shu niyatlar bolaga ism tanlash va berish uchun asos bo‘ladi. (E.Begmatov) necha so’z yasovchi, nechta lug’aviy shakl yasovchi, nechta sintaktik shakl yasovchi ishtirok etgan?

  1. 19 TA Sintaktik shakl yasovchi 10 ta lug’aviy shakl yasovchi 3 ta so’z yasovchi

  2. 18 ta Sintaktik shakl yasovchi 11 ta lug’aviy shakl yasovchi 3 ta so’z yasovchi

  3. 19 ta Sintaktik shakl yasovchi 9 ta lug’aviy shakl yasovchi 4ta so’z yasovchi

  4. 10 Sintaktik shakl yasovchi 4 ta lug’aviy shakl yasovchi 17 ta so’z yasovchi

  1. Qirqbo’gim so’zi necha qaysi so’z turkumidagi so’zlardan hosil qilingan?

  1. Son+sifat

  2. Son +fe’l

  3. Son+ot

  4. Son+ravish

  1. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari…

  1. Grammatik ma’no

  2. Lug’aviy ma’no

  3. Fonetik tarkibi

  4. Morfemik tarkibi

  1. Ota-bobolarimiz, momolarimiz mehnatkash, toza qalbli, imonli, odobli, e’tiqodli, vijdonli, bir-biriga oqibatli, mehr-muhabbatli, saxovatli insonlar bo‘lishgan. Ushbu gapdagi yasama so’zlar qaysi so’z turkumigam mansub

  1. Ot fe’l

  2. Sifat

  3. Ot sifat

  4. Ot

  1. To‘g‘ri... bilan xiyonat, yolg‘on... bilan diyonat chiqisha olmay... ushu gapda tushib qolgan qo’shimchalar qo’shimchaning qaysi turiga mansub?

  1. So’z yasovchi, so’z yasovchi , lug’aviy shakl yasovchi

  2. So’z yasovchi, lug’aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi

  3. So’z yasovchi lug’aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi

  4. So’z yasovchi, so’z yasovchi, sintaktik shkl yasovchi

  1. Qaysi qatordagi javobda asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha shaklida qo’shilgan?

  1. Qabristonga

  2. Yurishgandan

  3. Yaqinlashganda

  4. Muzlatgichga

  1. -bon, -shunos, -gi, -lar, -imiz, be-, -ib, -li, -ona, -guncha, -soz, -paz, -ga, -siz. Quyidagi qo’shimchalarni jadvalga joylashtiring.

    So’z yasovchi

    Lug’aviy shakl yasovchi

    Sintaktik shakl yasovchi










  2. Boboxon goh o‘chirg‘ichga, goh bug‘doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga, goh Tal’atga qarab hangmang bo‘lib qolgan edi. Qaysi so’z asos+so’z yasovchi qo’shimcha qolipi asosida yozilgan nechta so’z mavjud ?

  1. 1 ta

  2. 2 ta

  3. 0 ta

  4. 3 ta

  1. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning kelajagimizdir. Ushbu gapda arab tilidan o’zlashgan qaysi so’zga qo’shimcha qo’shilgan?

  1. Barkamol

  2. Ilmli

  3. Shijoatli

  4. Zamonaviy

  1. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynamoqda. Ushbu gapda yasama so’zning qolipi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

  1. Asos+s/y+lsh/y

  2. Asos+s/y +ssh/y

  3. Asos+ssh/y

  4. Asos+s/y

  1. So’zlarni tub va yasama so’zlarga ajrating. Ixtirochi, guldon, suhbatlashmoq, ixtiro, tinim, qisqich, to‘g‘ri, gul, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto‘g‘ri, to‘g‘rilanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik.

    Tub so’zlar

    Sodda yasama so’zlar





































  2. Egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl va boshqa qo‘shimchalari bu…

  1. so’z yasovchi qo’shimchalar

  2. lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar

  3. sintaktik shakl yasovchilar

  4. B,C

  1. Tarbiyachi, ozchilik, ovoragarchilik, zargar, fidokorlik, to‘kin-sochinlik, so’zlarning yasalish qolipini yozing

    Yasalishi tahlili

    Morfemik tarkibi































  2. -ni, -roq, -lab, -in, -(i)miz, -dan, -k, -lan, -dor, -i(ng), -gan, -r, -sira, -(a)y qo’shimchalarni quyidagi jadvalga joylashtiring

    So’z yasovchi

    Lug’aviy shakl yasovchi

    Sintaktik shakl yasovchi



















  3. ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qarashlilik, o‘rin-joyga xoslik; sonning ma’noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe’lning bo‘lishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini yasovchi qo‘shimchalar qanday turga kiradi?

  1. so’z yasovchi qo’shimchalar

  2. lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar

  3. sintaktik shakl yasovchilar

  4. B,C

  1. Bugungi kunda madaniy turmushimizni qog‘ozsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uzoq o‘tmishda esa qog‘oz bo‘lmagan. Uning o‘rniga o‘simlik poyalaridan, hayvon terilaridan foydalanilgan. Ushbu so’zda qo’shimchalarning qaysi turi qatnashgan?

  1. So’z yasovchi

  2. Lug’aviy shakl yasovchi

  3. Sintaktik shakl yasovchi

  4. D) A,C

  1. .Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so’zlarning yasalish asosi qaysi so’z turkumiga mansub?

  1. Sifat fe’l ravish

  2. Ot fe’l sifat ravish

  3. Fe’l sifat, ot

  4. Ravish sifat fe’l

  1. Juft so’zlar haqidagi qaysi hukm to’g’ri berilgan?

  1. Ikki asosning takriridan hosil bo’lgan

  2. Qo’shib va ajratib yoziladi

  3. Uyadosh, ma’nodosh, zid ma’noli so’zlardan tuziladi.

  4. -u- yu yuklamalari chiziqcha bilan yozilmaydi.

  1. Asos+so’z yasovchi +so’z yasovchi qolipidan tuzilgan so’zni toping.

  1. Choyxonachi

  2. Ixtirochi

  3. Guldon

  4. Suhbatlashmoq

  5. Ixtirochilik

  6. to‘g‘rilanmoq

  7. Tinimsiz

  8. Guldor

  9. Gulchilik

  1. 1,5,7,9

  2. 2,3,4,6,8

  3. 1,3,5,7,9

  4. 2,4,6,8,9


Download 37,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish