Blok test fizika
1. Jumlaning mazmuniga mos so’zni qo’yib, gapni to’ldiring: Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga … deyiladi.
A) Mexanik harakat B) Traektoriya
C) Bosib o’tilgan yo’l D) Ko’chish.
2. Uzunligi 480m bo’lgan poezd tekis harakatlanib, 720m uzunlikdagi ko’prikdan 2 minutda o’tdi. Poezdning tezligi qanday?
A) 36 km/h B) 6 m/s
C) 4 m/s D) 10 km/h
3. Piyodaning tezligi v1=6km/h Undan T=45 minut keyin yo’lga chiqqan velosipedchi piyodani t=9 minutda quvib yetishi uchun qanday v2(km/h)tezlik bilan harakatlanishi kerak?
A)24 B)12 C)36 D)18
4. 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil 270 km masofani necha soatda bosib o‘tadi?
A) 3. B) 2,5. C) 1,5. D) 2.
5. 60 km masofani 2 soatda bosib o‘tgan jism, 120 km masofani necha soatda bosib o‘tadi?
A) 6. B) 4. C) 10. D) 8.
6. Jism gorizontga 600 burchak ostida harakatlanib, qiyalik bo’ylab 300m yurib yuqoriga ko’tarildi. Jism gorizontal yo’nalishdagi ko’chishni aniqlang. (m)
A) 70. B) 173. C) 260. D) 150.
7. Velosipedchi dastlabki 5 s da 60 m, keyingi 10 s da 100 m va oxirgi 5 s da 20 m yurgan. Uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping.
A) 8 B) 9 C) 6 D) 27
8. Futbolchi maydon bo’ylab 40 m sharqqa, 10 m shimolga , so’ngra 10 m sharqqa, so’ngra 47,5 m janubga tomon harakatlandi. Futbolchining ko’chishini aniqlang. (m)
A) 56,5 B) 12,5 C) 76,2 D) 62,5
9. Moddiy nuqta fazoda (1; 2; 3) bo`lgan nuqtadan (4; 6; 8) nuqtaga ko`chdi. Moddiy nutaning ko`chish modulini toping (m).
A) B) C) 5 D) 3
10. Qayiqning oqim bo’ylab tezligi 3 m/s ga, oqimga qarshi tezligi esa 2 m/s gat eng. Oqim tezligi qanday (m/s)?
A) 0,5 B) 0,25 C) 1,5 D) 1
11. Ikki velosipedchining xarakat tenglamalari quyidagicha: x1=5t, x2 =150-10t. Ularning uchrashish joyini toping. A) 10 B) -50 C) 50 D) -10
12. x 1=0,7+4t va x 2=0,5+0,4t qonuniyat bilan harakatlanayotgan moddiy nuqtalar qancha vaqtdan keyin uchrashadi(s)?
A) ular uchrashmaydilar B) 4
C) 5 D) 9.
13. Jism 4 s da 15 m, yana 6 s da 30 m masofa bosib o’tgan bo‘lsa, uning o‘rtacha tezligi (m/s) qancha bo‘ladi?
A) 4. B) 5. C) 6. D) 4,5.
14. Uzunligi 200m bo’lgan poezd 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib, uzunligi 300m bo’lgan tonnelga kirib bormoqda. Necha sekunddan keyin poezd tonneldan butunlay chiqib ketadi?
A) 50 B) 10 C) 20 D) 30
15. Metroning harakatlanayotgan eskalatorida turgan odam Yerga bog’langan sanoq sistemasida tinch holatda bo’lishi mumkinmi?
A) Yo’q B) Mumkin, agar odam eskalatorga nisbatan moduli jihatdan eskalatorning tezligiga teng tezlik bilan unga qarama-qarshi tomonga harakatlansa C) Mumkin, agar odam eskalatorga nisbatan moduli jihatdan eskalatorning tezligiga teng tezlik bilan uning yo’nalisida harakatlansa
D) Ha, tinch tursa
16. 15 m/s necha km/h ?
A) 54 B) 55 C) 36 D) 72
17. Jism R radiusli aylana bo’ylab harakatlanayapti. Aylananing qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi?
A) B) C) D)
18. Agar ikki jismning harakati tenglamaga mos ravishda x1=90-t va x2=2t kabi yozilsa, ularning uchrashuv joyi va vaqti aniqlansin.
A) Koordinatalar boshidan 60 m, 30 s dan so’ng.
B) Koordinatalar boshidan 5 m masofaga, 10 s dan so’ng.
C) Koordinatalar boshidan 65 m masofaga, 140 s dan so’ng.
D) Koordinatalar boshidan 114 m masofaga, 18 s dan so’ng.
19. Mexanik harakat tenglamalari x1=2-3t va x2=1-2t bo’lgan moddiy nuqtalar qancha vaqtdan keyin uchrashadi (s)?
A) 4 B) 1 C) 2 D) 3.
20. Kengligi 500 m bo`lgan daryoda qayiq oqimga tik yo`nalishdan 5 m/s tezlik bilan suzmoqda, oqim tezligi 2 m/s. Qayiqning surulish masofasini toping (m)?
A) 200. B) 250. C) 230. D) 180.
21. Avtomobil 70 km lik halqa yo`lini ikki marta aylanib o`tdi va oldingi vaziyatiga yetib keldi. Avtomobilning yurgan yo`li va ko`chishini toping
(km). A) 70; 70 B) 70; 0 C)140; 0 D) 0; 140
22. Geologlar guruhi oldin g`arb tomon 15 km ni, keyin janub tomon 20 km ni o`tdi. Geologlar guruhining ko`chish moduli va bosib o`tgan yo`lini aniqlang (km).
A) 5; 35 B)25; 35 C) 35; 25 D) 20; 14
23. Geologlar guruhi oldin sharq tomon 6 km ni, keyin shimol tomon 8 km ni o`tdi. Geologlar guruhining ko`chish moduli va bosib o`tgan yo`lini aniqlang (km).
A)10; 14 B) 14; 10 C) 15; 20 D) 2; 14
24. Moddiy nuqta koordinatasi (7; 11) bo`lgan
nuqtadan koordinatasi (4; 7) bo`lgan nuqtaga ko`chdi. Ko`chish modulini toping (m).
A)5 B) 3 C) 2 D) 6
25. Moddiy nuqta koordinatasi (5; 5) bo`lgan
nuqtadan koordinatasi (9; 8) bo`lgan nuqtaga ko`chdi. Ko`chish modulini toping (m).
A) 10 B) 3 C) 2 D)5
26. Moddiy nuqta radiusi 1 m bo`lgan aylananing
yarmini o`tdi. Moddiy nuqtaning yo`li va ko`chishini
toping (m).
A) 3,14 m; 3,14 m B)3,14 m; 2 m
C) 2 m; 3,14 m D) 0 m; 2 m
27. Quyida keltirilgan holatlarni qaysi birida daftarni
moddiy nuqta deb qarash mumkin?
A) stolda yotgan daftarni B) javonda turgan daftarni
C)dalada yotgan daftarni D) xonada yotgan daftarni
28. 5 m/s tezlik bilan esayotgan shamolga qarshi 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning shamolga nisbatan tezligi necha m/s ga teng?
A) 25 B) 20 C) 30 D) 5
29. Piyoda to`g`ri chiziq bo`ylab 70 m masofani o`tdi va to`xtab, ortga 80 m masofani yurdi. Yo`lovchining bosib o`tgan yo`li va ko`chishini toping (m).
A) 760; 52 B) 22; 76 C) 150; -10 D) 200; 150
30. Jism 12 sekundda 250 metr masofa bosganida o‘rtacha tezligi (km/h) qanday bo‘ladi?
A) 20,8. B) 75,0.
C) 70,9. D) 72,9.
Do'stlaringiz bilan baham: |