Blazarlar kuzatuvi va taxlili
S.R.Nurmatova
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti “Astronomiya tadqiqot yoʻnalishi” 1-kurs magistranti e-mail: sevaranurmatova666@gmail.com
Blazarlar bu – o‘zagi aktiv galaktikalarning markaziy qismi hisoblanib, ular o‘ta kuchli nurlanish manbaidir va ularning aylanish o‘qi bo‘ylab jet ko‘rinishida modda otilib chiqib fazoga tarqaladi. Bunday plazma oqimini Yerdan turib ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Blazar tarqatayotgan plazma oqimini relyativistik oqim deb ham ataladi. Bunda, kvazar markazidan imodda oqimi o‘zaro qarama-qarshi ikki tarafga favqulodda kuchli quvvat va shiddat bilan otilib chiqib turgan holda kuzatiladi. Ushbu plazma oqimi o‘zining yo‘lidan chiqqan har qanday jismni yo‘q qilib yuborishi mumkin. Agar shunday oqim Yerdan hatto 10 yorug‘lik yili masofasi uzoqligidan o‘tsa ham, u Yerdagi hayotga o‘ta katta xatar tug‘diradi. "Blazar" nomi kvazar, hamda, BL-kaltakesak nomlaridan yasalgan. BL-kaltakesak kvazari bu kvazarlarning blazar turining yaqqol misoli bo‘lib, optik spektrining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ya'ni, bunda kvazarlarga xos keng emission chiziqlar mavjud bo‘lmaydi. Bizdan eng olisda aniqlangan PKS 1424+240 blazar Yerdan 7,4 milliard yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgandir.
O‘zR FA Astronomiya institutining “Galaktikadan tashqi astronomiya” bo‘limi xodimlari Maydanak balandtog‘ observatoriyasida blazarlarni kuzatuv ishlarini olib boradilar va chet ellik xamkorlar bilan birgalikda ushbu ob’ektlarning tasvirlarini kompyuterda qayta ishlab, oligan natijalarni tahlil qiladilar. Kompyuterda tasvirlarni qayta ishlash va fotometrik tahlil uchun maxsus IRAF nomli dasturlar paketidan foydalaniladi. IRAF- inglzcha “Image Reduction and Analysis Facility” jumlasining bosh xariflaridan tuzilgan nom bo‘lib, “ Tasvirga ishlov berish va taxlil qilish vositalari” degan ma’noni bildiradi. Bu qayta ishlash paketi AQSH Milliy Optika Astranomik Observatoriyalarining IRAF guruhi tomonidan yaratilgan [1].
Boshqa dasturlar:
MIDAS - Munich Image Data Analysis System (Janubiy Yevropa observatoriyasi, Germaniya)
AIPS - Astronomical Image Processing System (Milliy radioastronomik observatoriya, AQSh)
STSDAS - Space Telescope Science Data Analysis System (Kosmik teleskop instituti, AQSh)
VISTA - Visible and Infrared Survey Telescope for Astronomy (Janubiy Yevropa observatoriyasi)
Va. boshqalar.
ZAQ-zaryad aloqali qurilma. ZAQ tasvir- ZAQ qurilmada olingan raqamli tasvir. ZAQ tasvirlar: Yordamchi tasvirlar va ishchi tasvirlarga bo’linadi. Yordamchi tasvirlar o’z navbatida bias, dark, flat larga ajraladi. Bias-Nolinchi satxni siljishi Exp=0, ZАQ matrisa yopiq. Dark-Issiqlik ta’sirida yarim o’tkazgichlar o’zidan tartibsiz elektron chiqarishi tushuniladi Exp=exp_obj, ZАQ matrisa yopiq. Flat-tasvir markazga nisbatan uning chetlarini nisbatan qoramtirligi tushuniladi. Filter=Filter_obj, ZАQ matrisa ochiq [2,3].
ZAQ tasvirlarga birlamchi ishlov berish quyidagi etapda olib boriladi:
No’l satxni siljishini ayrish-baysni ayirish;
Tasvir qorong’ulik to’kini ayirish-darkni ayirish;
Yuza tekisligini tuzatish-flatga bo’lish;
Tasvirlarni kosmik zarralardan tozalash.
IRAF paketidagi dasturlar jumlasiga xususan quyidagilar kiradi:
dataio - Data format conversion package (RFITS, etc.)
images - General image processing package
language - The command language itself
lists - List processing package
noao - The NOAO optical astronomy packages
obsolete - Obsolete tasks
plot - Plot package
proto - Prototype or interim tasks
softools - Software tools package
system - System utilties package
utilities - Miscellaneous utilities package
Blazarlarning raqamli tasvirlari IRAF dasturlar paketida birlamchi va fotometrik qayta ishlangandan keyin ularning ravshanlik egri chiziqlari hosil qilinadi. Ushbu ravshanlik egri chiziqlarining tahlil qilish orqali biz bu ob’ektlardagi jarayonlar fizikasi xaqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
BRIAN D. WARNER. A Practical Guide to Lightcurve Photometry and
Analysis //Springer. USA. 2006
ARNE A. HENDEN; RONALD H. KAITCHUCK. ASTRONOMICAL
PHOTOMETRY: A Text and Handbook for the Advanced Amateur and
Professional Astronomer // Published by Willmann-Bell Jnc. Virginia.
USA. 1990.
STEVE B . HOWELL. Handbook of CCD Astronomy // Second edition.
Cambridge university press. 2006
Do'stlaringiz bilan baham: |