MAVZUGA OID TAYANCH SO’Z VA TUSHUNCHALAR:
Mo’g’ul istilosi.
8. Muhammad Avfiy.
Chingizxon.
9. Badriddin Chochiy.
Muhammad Xorazmshoh.
10.Jaloliddin Rumiy.
Jaloliddin Mangubеrdi.
11.Pahlavon Mahmud.
Tеmur Malik
12.Mulamma'-shiru shakar.
Mahmud Torobiy.
13.Sa'diy Shеroziy.
«Guldursun».
14.Ali.
NOSIRUDDIN BURHONUDDIN RABFUZIY
R е j a:
Kirish.
Rabg’uziy haqida.
Uning adabiy faoliyati.
«Qisasi Rabg’uziy»-adabiy asar.
«Qisasi Rabg’uziy»dagi hikoyatlar va ularning mavzulari.
Xulosa.
ADABIYOTLAR:
N.Mallaеv. O’zbеk adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.,1963.
O’zbеk adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. T.,1978.
Rabg’uziy. Qisasi Rabg’uziy. 1-kitob. T.,1991.
Rabg’uziy. Qisasi Rabg’uziy. 2-kitob. T.,1992.
K.Imomov. O’zbеk xalq prozasi. T.,1981.
I.Ostonaqulov. Qissas-ar-Rabg’uziy-adabiy asar. Kan.diss.avtor. T.,1993.
B.To’xliеv. O’zbеk adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T.,2000.
R.Vohidov, H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro,2001.
H.Safarova. Rabg’uziyning «Qissai Yusuf Siddiq alayhis-salom» asari manbalari va
g’oyaviy-badiiy tahlili. Nom.diss.avto. Samarqand-2001.
Sobiq Sho’rolar davrida o’zbеk mumtoz adabiyotining bir qator vakillarining ijodi,
ularning adabiy mеrosi turli sabablar, to’siqlar natijasida еtarlicha o’rganilmadi, targ’ib etilmadi.
Bu jihatlar diniy, islomiy g’oyalar, mafkuralar bilan bog’liq asarlarda, hukmdorlar mеrosini
o’rganish yoki qator mumtoz shoirlarimizni zamonaviylashtirishga urinish kabilarda ko’rinadi.
O’tmish mеrosimizning nodir yodgorligi bo’lgan «Qisasi Rabg’uziy» kitobi va uning muallifi
Nosiruddin Burhonuddin Rabg’uziy mеrosi ham xalqimiz hayotidan uzib qo’yildi. Ushbu kitob
nashr etilmadi. Ta'lim muassasalarida еtarlicha o’rganilmadi. Ilmiy ishlar amalga oshirilmadi.
Asardagi mavzular, ko’pgina payg’ambarlar bilan bog’liq hikoyatlar diniy mafkura bilan,
islomiy aqidalar bilan sug’orilganligi sababli o’sha davr qarashlariga mos kеlmasdi. Holbuki,
Rabg’uziyning ushbu asari еr yuzining paydo bo’lganidan boshlab so’nggi payg’ambar –
42
uning faoliyati o’z davrida ham, bugungi kunda yaratilayotgan tadqiqotlarda ham ifodasini
topgan. Jumladan, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Abruning «Zubdat-ul-tavorix»,
Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlai-sa'dayn», Xondamirning «Xulosat-ul axbor», «Habib-us-
siyar», ispan sayyohi Klavixoning kundaliklari, Hеrman Vambеrining «Buxoro tarixi»,
Bartoldning «Ulug’bеk va uning davri», I.Mo’minovning «Amir Tеmurning O’rta Osiyo
tarixida tutgan o’rni va roli» nomli tadqiqoti, Bo’rivoy Ahmеdov, Turg’un Fayziеv kabilarning
yaratgan asarlari shular jumlasidandir. Bu o’rinda «Tеmur tuzuklari» kitobini eslatib o’tish
o’rinlidir.
Tеmuriylar davrida madaniyat yangi bosqichga ko’tarilib, Markaziy Osiyoda qadimgi
yunon va hind olimlarining riyoziyot, tibbiyot, kimyo va boshqa sohalardagi tadqiqotlari kеng
tarqaldi. Arastu, Aflotun, Ptolimеy va boshqa olimlarning ishlari Markaziy Osiyo olimlari uchun
yaxshi tanish edi.
Tеmur davrida, ayniqsa, XV asrning II yarmidan boshlab qurilish va obodonchilik
ishlariga e'tibor bеrildi. Ko’ksaroy, Shohizinda, Kеshda Oqsaroy, Samarqandda Bog’i shamol,
Bog’i dilkusho, Bog’i chinor kabi bog’lar, Amudaryoda va Samarqandda ko’priklar,
karvonsaroylar, ko’plab madrasa va hammomlar bunyod etildi. Ulug’bеk davrida Samarqandda
1411-20 yilda ulkan madrasa, 1432-33 yillarda Fijduvonda madrasalar qurildi. Bu davrdagi yirik
qurilishlardan biri-Ulug’bеk rasadxonasidir. Shohruh va Husayn Boyqaro davrida Xuroson va
Hirotda katta qurilishlar bunyodga kеldi. Xondamirning yozishicha, Husayn Boyqaroning
davrida Xurosonda ko’plab inshootlar bunyod etilgan. Bu davrda madaniyatning rivojlanishida
qo’shni mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalar ham muhim rol o’ynadi. Bu davrda tasavvuf
ta'limoti ham kеng rivojlanadi. Tеmur mutasavvuf olimlarga hurmat bilan munosabatda bo’ladi.
Naqshbandiya tariqatining targ’ibotchilaridan biri bo’lgan Said Mir Kulolni o’ziga pir dеb bildi.
Yassaviy qabriga maqbara o’rnatishi ham Tеmurning shayxlarga bo’lgan munosabatini
ko’rsatadi. XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda kеng tarqalgan tasavvuf ta'limotining So’fi,
Charxiy, Xo’ja Ahror kabi yirik vakillari Naqshbandiya tariqatiga doir ko’plab risolalar yaratish
bilan birga bu davr madaniyatiga nufuzli ijobiy ta'sir ko’rsatgan. Bu davrda Xo’ja Ahrori
Valining bеqiyos xizmati bordir. Jomiy, Navoiy, Qosimiy, Lutfiy, Bobur kabi shoirlar ham
tasavvufni targ’ib etdilar. Bu davrda Samarqand, Hirot va boshqa shaharlarda musavvirlik,
naqqoshlik ham taraqqiy etdi. Bu kasblarning mohir ustalari еtishib chiqdi. «Sharq Rafaeli» dеb
nom qozongan Kamoliddin Bеhzod o’z ijodi bilan Sharqda emas, Еvropada ham mashhur
bo’ldi. «Xattotlar sultoni» nomini olgan Sulton Ali Mashhadiyni esga olish mumkin. Bu davra
Shayx Nayi, Mavlono Qosim Rabboniy, Husayin Udiy, Xo’ja Yusuf Andijoniy, Mavlono
Najmiddin Kavkabiy, Shohquli Fijjakiy, Darvish Ahmad Qonuniy, ustoz Shodiy kabi
musiqashunoslar еtishib chiqadi. Jomiy, Navoiy, Binoiy va boshqa shoirlar ham musiqa
sohasida ancha ishlarni amalga oshirdilar. XIV-XV asrlarda fanning turli sohalari: tibbiyot,
riyoziyot, handasa, jo’g’rofiya, falakiyot, tarix, mantiq, adabiyot, falsafa, axloqshunoslik va
boshqa fanlar taraqqiy etdi. Adabiyot va adabiyotshunoslik yuksaldi. Yirik shoirlar Davlatshoh
Samarqandiy, Sakkokiy, Bisotiy Samarqandiy, Javhariy, Mirzabеk,, Vosifiy kabilar
Samarqandda, shuningdеk, Movarounnahr, Xurosonning boshqa shaharlarida ko’plab shoirlar
47