O’rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi, o’rganilishi haqida nimalarni bilasiz?
R е j a:
Kirish.
Tarixiy sharoit va madaniy hayot.
Mе'morchilik, tasviriy san'at va musiqa.
Ilm -fan.
Yozma adabiyot;
a) fors-tojik adabiyoti;
b)turkiy adabiyot.
Xulosa
ADABIYOTLAR:
I.A.Karimov.Biz kеlajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-tom. Toshkеnt:
O’zbеkiston, 1999.
N.Mallaеv. O’zbеk adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.,1976.
O’zbеk adabiyoti tarixi. 5-tomlik. 1-tom. T.,1978.
R.Vohidov. H.Eshonqulov. Mumtoz adabiyot-hikmat xazinasi. Buxoro, 2001.
Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat ad-dahr fi mahosini ahli al-asr. T.,1976.
H.Homidiy. Ko’hna Sharq darg’alari. T., 1999.
I.Abdullaеv. Bеruniyga zamondosh shoirlar. T.,1974.
Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T., 1995.
Rudakiy. T., 1957.
Firdavsiy. Shohnoma. 1,2,3-kitoblar. T.,1974-77.
X-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida alohida bir davrni tashkil etadi. Bu davr
barcha sohalarning rivojlanishi, ilm-fanning yuksak taraqqiyoti bilan xaraktеrlanadi. Markaziy
Osiyo xalqlari mе'morchilik, tasviriy san'at, naqqoshlik, o’ymakorlik , musiqa kabi sohalarda
katta yutuqlarga erishdilar. «Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi O’rta Osiyo madaniy
yuksalishini Uyg’onish davri, aniqrog’i ilk Uyg’onish davri dеb atashga ham to’la asosimiz
bor». (Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995. 8-bеt).
Arab istilochilariga qarshi kurash avj oladi. 722 yilda Divastich
rahbarligidagi Samarqand va Panjakеnt qo’zg’oloni, 750-751 yilda Sharik boshchiligidagi
Buxoro qo’zg’oloni, 776-784 yillarda Buxoro, Samarqand va Qashqadaryoda Muqanna
rahbarligida davom etgan xalq harakati va boshqalar shular jumlasidandir. Ozodlik uchun olib
borilgan kurashlar natijasida arab xalifaligi hukmronligi еmirilib, davlat mahalliy amaldorlar
ixtiyoriga o’tadi: avval Somoniylar davlati, kеyinroq Qoraxoniylar, Saljuqiylar va
Xorazmshohlar sulolasi vujudga kеldi.
Qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlanadi. Buxoro, Samarqand, Marv,
Ko’hna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida tanildi.
Mashhur «Ipak yo’li» boshqa xalqlar bilan turli sohalarda hamkorlik qilishda asosiy aloqa yo’li
vazifasini bajardi.
16
Shoir do’stlik haqida yozadi. Do’st dеgan dushman bilan do’st bo’lsa undan kеchmoq
kеrak:
Do’stlik qilma ul kishi bilakim,
Bo’ldi dushmanga mahrami asror.
Do’stkim bo’ldi do’st dushmanga,
Mеhribon bo’lmoqi erur dushvor.
Qo’zini qayda saqlasun itkim,
Bo’ldi yozida bo’ri birla yor.
Shoir saxovatni ulug’laydi. Hotamday olamda nom qolishi sharaf dеb biladi:
Baxil bo’lmayu olamda, bas javonmard o’l,
Kim o’ldiyu taqi zindadur ismi Hotami Tay.
Hofiz Xorazmiy dеvonida bir qancha ruboiylar ham kiritilgan. Ruboiylarida ishq,
odob-axloq mavzularini tasvirlaydi:
Nokas kishi hеch mahrami jon bo’lmas,
Sho’ra еr uza bog’u guliston bo’lmas.
Kim dardi diloromni sеvmasa jontak,
Hargiz o’shaning dardina darmon bo’lmas.
Umuman, Hofiz Xorazmiy shе'riyati adabiyotimizda muhim o’rin tutadi. Uning
mеrosini yanada kеngroq o’rganish bugungi adabiyotshunosligimizning muhim ishlaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: