Бўйича 1-курс талабаси


Таълим соҳасида ўзгаришлар



Download 0,75 Mb.
bet93/97
Sana14.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#603471
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
2 5219736169293546527

Таълим соҳасида ўзгаришлар



Ta‘lim ravnaqi Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub
o’zgarishlarda yaqqol namayon bo’lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar
tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Yangi oliy o’quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari
bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16
universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida
eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari -
Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki
ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti,
Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1997 yil 27 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
KADRLAR TAYYORLASh MILLIY DASTURI

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:


- maktabgacha ta’lim;
- umumiy o‘rta ta’lim;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Milliy dastur ro’yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9 yillik
maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar
o’rganadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish
umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.
2001 yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida
608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi
va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar
o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha
barcha o’quv fanlaridan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta
maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim
standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos
xususiyati yangi turdagi 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini
yaratishdir. 1998-2004 yillar davomida zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari
bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi.
Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus o’quv
yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el
investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim
standartlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar
yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar
kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi.
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan -
bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv
yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-2004
o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o’qituvchilar
mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan
nomzodidir. O’tgan 4 yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va
magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim
standartlari, o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik
va o’quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga
tarqatildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish,
qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda.
Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini
qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog’lom avlod
uchun”, “Iste’dod” jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida AKSELS,
AYREKS, AQSh kollejlari konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSh),
Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va
mutaxassislar chet elda o’qib keldi. O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kata qiziqish uyg’otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov
O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan
tengi yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi
«Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi.




  1. Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish