Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi.
Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga
uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.
8-мавзу. Ўзбекистонда давлат мустакиллигининг қўлга киритилиши. Демократик ҳуқуқий давлат ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантириш. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантнриш бўйича ҳаракатлар стратегияси - янги тарихий даврнинг бошланиши
Режа:
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиши ва янги давлатчилик асосларининг шаклланиши.
Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ташқи сиёсати.
Фуқаролик жамияти асосларининг шаклланиши ва ривожи.
Бозор иқтисодиётига ўтиш ва давлат мулкини хусусийлаштириш жараёнлари.
Аграр соҳадаги ислоҳотлар.
Маънавий қадриятларнинг тикланиши ва милллй ўзликни англаш.
Таълим соҳасида ўзгаришлар
Ҳаракатлар стратегияси – Ўзбекистон тарихида энг янги тарихий даврнинг бошланиши
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиши ва янги давлатчилик асосларининг шаклланиши.
O‘zbekiston davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
O‘zbekiston mustaqil davlat SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati
davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi.
1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga
binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston
SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar
vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya
organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy
okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa
muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va
uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif
qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi
to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning
navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat
komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning
SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya
tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum
Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga,
KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini
chaqirib olishga qaror qildi.
1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan
tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov
nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni,
davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz
tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib
chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni
mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi
Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi :
«Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini
va ozod suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali
ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorda:
liL1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash
bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb
atalsin;
2) 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb
belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon
qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan
iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy
jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
> O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi
bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
> O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat
hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham
vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
> O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari
tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo’linmas
bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib
o’zgartirilishi mumkin emas;
> Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va
hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy
boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi,
deb qonunlashtirilib, belgilab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30
sentyabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi.
Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari
«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi
Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb
belgilab qo’yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi.
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida
yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida
chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan voqea sodir bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |