Бўйича 1-курс талабаси



Download 0,75 Mb.
bet69/97
Sana14.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#603471
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
2 5219736169293546527

Farg‘ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali voqealar
sodir bo’ldi. 45 yil muqqadam Stalin bedodligi natijasida o’z eridan badarg’a
qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga mehribonlik
qilgan edi. Tub erli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab,
inoqlashib yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub erli aholi bilan
mesxeti turklari guruhlari o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. Respublika
rahbariyatining voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur
choralar ko’rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga
aylanib, qon to’kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so’ng
Marg’ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo’jaligi
quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir
bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofiga
tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stantsiyasiga, aloqa
uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga
qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat
komissiyasi tuzildi. 4 iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi.
Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining
13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va
tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq)
tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki
ishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok
bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar
natijasida jami 103 kishi xalok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi.
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya
xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat
binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va
ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi
lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon
posyolkasiga shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda
uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga
ko’chirib olib borib joylashtirildi.
Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar
edi? O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil
23 iyunda bo’lgan XIV Plenumida Farg’ona fojiasi bilan bog’liq masalalarni
o’rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O’zbekiston
kompartiyasi MQning 1989 yil 29 iyulda bo’lgan XV Plenumi tomonidan
ma’qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
> Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o’z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstrimistlarga, poraga sotilganlarga o’z vaqtida zarba berolmadilar.
> Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo etishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdi.
> Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik,
xizmat mavqeini suiste’mol qilish avj olgan edi.
> Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy
beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab
chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko’rgan reja asosida ig’vogarona harakat qildilar,
olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg’onada sodir bo’lgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’,
Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevralmart
oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday
urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar.
O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida
keskinlik bartaraf qilindi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish