uchta hokimiyat organi vujudga keldi:
Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo’mitasi
Ishchi, askar deputatlari soveti
Turkiston o’lka musulmonlari sho’rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho’ro
O’lka xalqlarining rahnamolari bo’lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o’z sa’yharakatlarida mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, boshqa mintaqalardagi musulmonlar ommasi, ularning ilg’or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo’lishga intildilar. Shu maqsadda ular 1917 yilning 1-2 mayida Moskvada bo’lib o’tgan Butunrossiya musulmonlari I qurultoyida ishtirok etdilar. Unda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federatsiya asosidagi demokratik respublika bo’lishi ta’kidlandi. Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlari sho‘rosi, uning Ijroiya Qo‘mitasi ta’sis etildi. Ijroiya Qo’mitaga o’lkamiz vakillaridan U.Asadullaxo‘jaev va I. Shoahmedovlar a’zo etib saylandilar. Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917 yilning 21 - 31 iyul kunlari Qozon shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya m u s u l m o n aholisining ozodlik va mustaqillik sari harakatlanish yo’lini aniqlashtirish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bo’ldi. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o’zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya Harbiy Sho‘rosini ta’sis etish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 1917 yilning 17-20 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Umumturkiston musulmonlari vakillarining II Qurultoyi o’lka xalqlari xayotida muhim rol o’ynadi. Unda 500 nafar vakillar ishtirok etdi. Qurultoyda tarkibi 12 kishilik Turkiston o‘lka Qo‘mitasi, 24 kishilik ―Mahkamai Sharik‖ (parlament) tashkil etildi. Qurultoyning maxsus qarorida ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi. Qurultoyda “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”, “Turon”, “Ittihod” va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona “Ittifoqi Muslimin” (“Musulmonlar Ittifoqi”) siyosiy partiyasini tuzish g’o y a s i i l g a r i surildi . Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq so’zlab, hammani birlikka, jipslashishga da’vat etgandi. “Ulug’ Turkiston” gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib, Turkistonning o’z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo’lgan o’lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy o’ringa qo’ygan edi. Shunday qilib, Turkistonning ilg’or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo’lida o’lkadagi barcha sog’lom, vatanparvar kuchlarni bir l ashi b , jipslashib harakat qilishga da’vat etgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, o’z nafsoniyatiga berilgan hamda muxolifatchilik ustivor bo’lgan ayrim mahalliy, milliy tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni ustamonlik bilan o’z izmiga burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo’l keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |