Бўйича 1-курс талабаси


Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san‘at va musiqa madaniyati rivoj topdi



Download 0,75 Mb.
bet32/97
Sana14.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#603471
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
2 5219736169293546527

Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san‘at va musiqa madaniyati rivoj
topdi.
Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri
xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil
Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va
boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastalik xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ulkuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va
H.Boyqaroning ko’plab bebaho qo’lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat
chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididin Attor, Xo’ja Xofiz, Sa’diy Sheroziy,
Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko’plab
asarlari ham uning betinim sa’y-harakatlari bilan ko’chirilib, avlodlarga armug’on etilgan.
Tasviriy san‘atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy,
Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko’zga tashlanib turadi.
Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o’zining
tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o’g’li) Boysunqur Mirzo homiyligida
bunyod topgan o’ziga xos badiiy akademiya rolini o‘ynagan uning Nigoristonida ijod
qilgan ko’plab mo’yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz
rangli tasvirlar, miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi
«Kalila va Dimna», Sa’diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning
«Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o’z
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Musavvirlik san‘atining tengi yo’q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537)
ijodi ham Temuriylar davri san’atining yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Uning
mo’yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma»,
Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa’diyning «Bo’ston» va «Guliston», Nizomiyning
«Xamsa» asarlariga ishlangan miniatyura namunalari yohud Hirotdagi «Bog’i Behisht»,
«Ov qilayotgan Bahrom Go’r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o’xshash
rassomchilik asarlari bu tug’ma ijodkor iste’dodining yuksak mahorati namunalaridir.
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san‘ati ham alohida o’rin tutgan.
Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo’shiqchiligining sakkiz turi
rivojlanganligini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma,
mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur
bo’lgan siymolardan biri Abduqodir Go’yanda (1334-1435) bo’lib, uning hayotining katta
qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining
o’rni benihoya katta bo’lgan. Hirot musiqashunoslari o’z ijodlarida Navoiyning she’r va
g’azallaridan keng ijodiy foydalanganlar.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish