Бўйича 1-курс талабаси


-мавзу. Амир Темур ва темурийлар даврида ўзбек давлатчилиги



Download 0,75 Mb.
bet22/97
Sana14.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#603471
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
2 5219736169293546527

4-мавзу. Амир Темур ва темурийлар даврида ўзбек давлатчилиги
Режа:


  1. XIV аср ўрталарида Мовароуннаҳрда сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий ҳаёт.

  2. Амир Темурнинг марказлашган давлат тузиши.

  3. Амир Темурнинг ҳарбий юришлари.

  4. Амир Темур ва темурийларнинг давлат бошқарув тизими.

  5. Темурийлар даврида Мовароуннаҳр ва Хуросон.

  6. Темурийлар даврида фан ва маданият.




  1. XIV аср ўрталарида Мовароуннаҳрда сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий ҳаёт.



XIII-XIV asrlarda etishib chiqqan badiiy adabiyot namoyandalari


> Jaloliddin Rumiy (1207-1273) («Masnaviyi ma’naviy»)
> Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293) («Guliston»,
«Bo’ston»)
> Qutb («Xusrav va Shirin»)
> Xorazmiy («Muhabbatnoma»)
> Sayfi Saroyi («Suxayl va Guldursin», «Gulistoni bit
turkiy»)
> Amir Xisrav Dehlaviy (1253-1325) («Xamsa»)

Bosqinchi yovlar azaldan yuqori tsivilizatsiya o’chog’i sanalgan, ulug’
ajdodlarimiz aql-zakovati va donishmandligi bilan yaratilgan yuksak moddiy va ma’naviy
madaniyat, betakror obidalar, asori-atiqalar makoni bo’lgan bu azim yurtni qanchalik
xonavayron etmasinlar, biroq xalq irodasini, uning buyuk bunyodkorlik, ijodkorlik
salohiyatini so’ndira olmadilar. Aksincha, bu yurtning mag’rur va erksevar kishilari, bir
tomondan, muqaddas Vatan tuyg’usini dillariga mustahkam jo aylab, ozodlik va
mustaqillik yo’lida jonbozlik bilan kurash olib borgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan esa,
ular asriy xalq an’analari, udumlariga sodiq qolib, yaratuvchilik ishlari bilan mashg’ul
bo’lganlar. Zero, o’lmas xalq dahosi bu davrda ham yangi-yangi salohiyatli ijodkorlar
avlodini etishtira borgan. Shu boisdan sahroyi mo’g’ullar xarobazorga aylantirgan
kultepalar o’rnida ko’p o’tmay yangidan ko’rkam shaharlar, me’morchilik obidalari qad
rostlab, hayot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy xalq orasidan etishib chiqqan
ajoyib me’morlar, naqqoshu-hunarmandlar sa’y-harakati, mahorati bilan betakror moddiy
madaniyat namunalari yaratilib, bundan o’lka hayoti o’zgacha fayzu manzara kasb etib
bordi. Bu davrda bunyod etilib, gavjum savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlariga
aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch, qaytadan ta’mirlanib chiroy ochgan, oldingi
mavqeini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz singari shaharlar, ularning o’ziga
xos me’morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Ko’hna Urganchda qad ko’targan,
balandligi 62 metrli ulug’vor minora XIII asr arxitekturasining noyob yodgorligi
hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmui, Buxorodagi Bayonqulixon, Ko’hna
Urganchdagi Najmiddin Kubro, To’rabekxonim, Muhammad Bashar maqbaralari,
Xo’janddagi Tubaxon maqbarasi va shu singarilar XIV asrning nodir me’moriy
yodgorliklari sirasiga kiradi.
Xalq amaliy san’ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu
jumladan, ko’zalar, chinni buyumlar, uy-ro’zg’or ashyolari, binolar peshtoqiga bitilgan,
san’at darajasidagi nastalik bitiklari - bular O’rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIV
asrlarda ham rivojlanishda davom etganligidan shahodat beradi. Bu davrda ilm-fan,
ayniqsa tarixshunoslik rivojida ham muayyan yutuqlar qo’lga kiritildi. Tarixshunos
Juvaniyning «Tarixi jahongusha» /Jbhon fotihi tarixi/, Rashididinning «Jomeut-tavorix»
/«Yilnomalar majmuasi»/ asarlari mo’g’ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini chuqur
o’rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Shuningdek, o’lkada badiiy adabiyot sohasi ham anchayin ravnaq topdi.

Jumladan, XIII asrning ikkinchi yarmi hamda XIV asrning birinchi yarmida


yashab, ijod etgan yurtdosh daho shoirimiz Pahlavon Mahmud ijodi bu jihatdan ibratlidir. Uning tug’ilgan yili noma’lum bo’lib, vafot etgan davri manbalarda 1322 yil deb ko’rsatiladi. U hunarmand oilada dunyoga kelgan. O’zi ham po’stindo’zlik bilan
shug’ullangan, o’z zamonasining ilg’or, ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Pahlavon
Mahmud nomi bilan zikr qilingan barcha tazkiralarda u g’azal, ruboiy janrlarida samarali ijod qilgan shoir sifatida tilga olinadi. Biroq, Mahmudni elga mashhur etgan, avlodlar ehtiromiga sazovor qilgan narsa, bu, eng avvalo, uning otashnafas ruboiylaridir. Shoirning ijtimoiy, falsafiy qarashlari ham uning ruboiylari mazmunida aks etgan. Umuman Pahlavon Mahmud she’riyatida keng ma’nodagi hayotiy voqealar, insoniy kechinmalar, chuqur axloqiy, falsafiy qarashlar ifodalanganki, bu hol shoirning o’z davrining ijtimoiysiyosiy jarayonlariga faol munosabatda bo’lganidan dalolat beradi. XIII asr oxiri va XIV asr birinchi choragida Turkistonda kechgan adabiy jarayonni Burhoniddin o’g’li Nosiriddin Rabg’uziy ijodisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa bunda uning qalamiga mansub «Qissai Rabg’uziy» asari adib nomini asrlar osha sarbaland etib kelmoqda. Bu asar ilk o’zbek nasrining dastlabki namunasi sifatida qimmatlidir. Rabg’uziy asaridagi dunyoviy ruh bilan sug’orilgan ko’plab she’riy parchalar g’azalchilik janrining keyingi rivoji uchun ham ayricha ahamiyat kasb etadi.
Tarixnavis ham taraqqiy topdi. Juzjokiyning «Tabaqoti Nosiriy» («Nosir
turkumlari»), Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» («Jahon fotihi tarixi»), Rashididdin
G’azlullohning «Jome at-tavorix» («Tarixlar to’plami») kabi tarixiy asarlarda o’sha davr tarixiga doim qimmatli tarixiy manbalardir Shunday qilib, XIII-XIV asrlar davomida Movarounnahr hududi mo’g’ullar hukmronligi bilan bog’liq tarzda qanday ziddiyatli, murakkab jarayonlarni o’z boshidan kechirmasin, uning ko’hna madaniyati, ilm-urfoni an’anaviy ravishda o’ziga yo’l topib, rivojlanishda davom etadi. Xalq dahosi, ijodkorligi uning salohiyatli namoyandalari sa’yharakatlari, tashabbuslari ila sayqal topib, yangi - yangi qirralar kashf etib boradi. Bu esa, shubhasiz, o’lka xalqlari ma’naviy merosi, qadriyatlarining mazmunan boyib, yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan.



  1. Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish