GUUAM tashkiloti 1996 yilda Venada Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova
davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik aloqalarini
kengaytirish maqsadida o’ziga xos tuzilmaga asos solgan edi. 1999 yil aprel oyida
O’zbekiston ham unga qo’shildi va bu tashkilot uyushgan davlatlarning nomidan olingan
bosh harflar asosida GUUAM deb yuritiladi.
GUUAM mamlakatlari 1993 yilda Bryuselda asos solingan Evropa-Kavkaz-Osiyo
transport yo‘lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish
masalasida hamkorlik qilmoqda. TRASEKA dasturining amalga oshishi xalqaro yuk
tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb mamlakatlarini bog’lovchi
Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Фуқаролик жамияти асосларининг шаклланиши ва ривожи.
Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi
O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik
jamiyat qurishdan iboratdir.
Demokratik jamiyat kurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar
yo’q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir - biriga
aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q, deganida haqlidir. To’g’ri, demokratik
jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o’z xohishirodasini
erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko’pchilikka bo’ysunishi;
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab
qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston
demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon tsivilizatsiyasiga
asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz
negizlarini, ma’naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy
an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo’lidan bormoqda.
O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda.
Respublikamizda odamlar o’z qobiliyat va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga
oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga
keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli
jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir
insonning taqdiri, turmushi o’ziga bog’liq bo’lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o’rni
uning solohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
Mahalla O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilgan
"Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi qonuniga binoan,
shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’tkaziladigan bo’ldi. Fuqarolarning
yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organi bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001 yil may- iyun oylarida bo’lib
o’tgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga saylovlarda 7840 nafar oqsoqol va
ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning
maslahatchilari o’z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat
mablag’lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mahalla tizimi
jamiyatning negiziga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |