Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o'tkazish.
III. Test yozishga qo'yiladigan talablar haqidagi ma'lumotlarni eslatish.
IV. Quyidagi savollar asosida test olish:
1. "Qizil kitob" ga kiritilgan hayvon va o'simliklar nomi to'g'ri
ko'rsatilgan qatorni toping:
qo'y, echki, moychechak;
Buxoro kiyigi, burgut, bulbul, yo'lbars, tustovuq, lola, xonguli;
d) kalxat, to'qay mushugi, arsion, yovvoyi echki.
2. tabiat in'omlari —bu ...
a) tabiat hodisalari, dov-daraxt, o'simlik, jonivor va qushlar;
b) atrofimizdagi barcha narsalar; d) bizni quvontiradigan qadriyatlar.
3. Maqolning davomini toping: O'tgan kuningni ...
yodingda tut;
unutma; d) eslab qol.
4. Milliy bayramlar nomi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping:
Navro'z, Mehrjon, Hosil bayramlari;
Xotin-qizlar kuni, Ustoz va murabbiylar kuni; d) Bilimlar kuni, Matbuot xodimlari kuni.
5. Sog'lom bo'lish uchun kun tartibiga nimalarni kiritish Iozim?
muzdek suvda cho'milish, to'yib ovqatlanish, o'ynash;
har kuni uyquga yotishdan awal toza havoda 30 daqiqa aylanish, kuniga 8 soatdan uxlash, kuniga kamida 1 soatdan jismoniy mehnat qilish, ertalab kamida 10 daqiqa jismoiny tarbiya qilish;
d) to'yib ovqatlanish, toza havoda 30 daqiqa aylanish, kuniga 8 soatdan uxlash. 6 Bosh qonunimiz — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
nimalar uqtirilgan?
kun tartibiga rioya qilishning zarurligi.
kitob bilim manbayi ekanligi
d) bolalarning bilim olish, dam olish va sog'liqni saqlash fauquqlari mavjudligi
To'g'ri javoblar: 1-d; 2- a; 3-b; 4-a; 5- b; 6- d. V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa: o'tilgan mavzular asosida "Ona Vatanim — go'zal
maskanim" mavzusida ijodiy matn tuzish.
MRO`TIBO`___________
Sana:
Mavzu: Takrorlash.
Maqsad:
ta'limiy: o'quvchilarda insoniy fazilatlarning yaxlitligi haqida tushuncha hosil qilish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda go'zal fazilatlarga ega bo'lishga rag'bat uyg'otish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarda go'zal fazilatlarni tarkib toptirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars
Dars jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
5
|
5
|
3
|
10
|
2
|
I. Darsni tashkil etish.
II. Uyga berilgan vazifani so'rash.
Darsning kirish qismida o'qituvchi bugungi darsda o'tilgan mavzular takrorlanib, umumlashtirilishini aytadi.
Darslikda bo'lim yuzasidan berilgan savollarga o'quvchilarning javoblari tinglanadi.
1.Yaxshi fazilatlar nima sababdan insonning ziynati hisoblanadi?
2.”QIZIL KITOB ”ga kirgan qaysi hayvon va qushlarni bilasiz?
3Nima uchun suvni toza saqlash va tejash lozim?
4.Boshqotirmani yeching.
Savollari:
1.Birga o`ynab,birga yuradigan tengdoshing.
2.Yurak kasaliga shifo bo`ladigan ho`l meva.
3.”Chiq-chiq ” lab vaqt o`lchaydigan uy-ro`zg`or buyumi.
4.Dasturxonni bezaydigan sevimli shirinlik.
V. Javoblar tahlil etilib, o'qituvchi tomonidan kengaytiriladi.
Dam olish daqiqasi (odob-axloq mavzusidagi bolalar qo'shiqlaridan birortasi tinglanadi).
Darslikdan mavzuga oid rebus-jumboq yechiladi: Unda tushirib qoldirilgan "do'st, o'rik, soat, to'rt" so'zlarini o'quvchilar mustaqil ravishda topadilar.
VIII. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi baholanadi.
IX. Uyga vazifa: bo'lim mavzularini takrorlab kelish .
MRO`TIBO`___________
Do'stlaringiz bilan baham: |